Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi kimyo


Download 14.35 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi14.35 Kb.
#1473443
Bog'liq
Ilmiy raxbar xulosasi


Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi kimyo (fan yo’nalishi bo’yicha) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Bo’riyev Sayfiddin Amirqul O’g’lining “Nikil (II) ionining EDE -10P ioniti bilan koordinasion birikma xosil qilinishi sorbsion-fotometrik usulda o’rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
XULOSASI
Bo’riyev Sayfiddin Amirqul O’g’lining “Nikil (II) ionining EDE -10P ioniti bilan koordinasion birikma xosil qilinishi sorbsion-fotometrik usulda o’rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi yakunlangan ilmiy ish bo‘lib, nanozarrachalar, nanokompozitlar va unga doir ilmiy ishlar soni ham anchagina kam. Shu bilan birga, olingan Nikil (II) ionining EDE -10P ioniti bilan boshqa olingan birikmalardan farq qiladi va yangi imkoniyatlarini ochib beradi.
Dissertatsiya ishida keltirilgan izlanish natijalari va xulosalarning aniqligini va asoslanganlik darajasini qayd etgan holda, ko‘rilgan ish zamonaviy tadqiqot va tahlil usullaridan foydalanilgan holda yuqori ilmiy tadqiqot darajasida bajarilgan. Ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar yetarli darajada asoslangan va isbotlangan.
Bo’riyev Sayfiddin Amirqul O’g’lining ushbu magistrlik ishida Epixlorgidrin va polietelenpoliamin olingan EDE -10P ioniti ularni hususiyatlari tashqi tasirlarga chidamliligi,fizik kimyoviy xossalari, strukturasi shu bilan birgalikda IQ - spektori va rentgen fazoviy analizini o’rganish maqsad qilingan. Mazkur tadqiqot yo‘nalishida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, hozirda olingan natijalarni tahlil qilish va yanada samaradorlikni oshirish hamda ishlab chiqarishga tavsiya etish rejalashtirmoqda.
Bo’riyev Sayfiddin Amirqul O’g’lining o‘z magistrlik ishida fanda EDE -10P ioniti o‘rganishda qo‘llanilayotgan ilmiy tekshirish usullaridan keng foydalangan, ayniqsa EDE -10P ioniti xossalarini o‘rganishda qiyosiy usullarni qo‘llaganligi maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi IQ- spektroskopiya kabi zamonaviy usul yordamida eksperimental natijalar olinganligi bilan asoslangan. Olingan natijalar fizik kimyoviy usuli yordamida qayta ishlangan. Olingan ma’lumotlar jamlanib, jadval va chizmalar holatida tasvirlangan, boshqa nanozarralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan taqqoslangan va tahlil qilingan.
Chiqarilgan xulosa va tavsiyalar ilmiy jihatdan to‘g‘ri va yetarli dallilarga asoslangan. Bo’riyev Sayfiddin Amirqul O’g’lining o‘z ishida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni to‘liq bajarmoqda.
Dissertatsiya ishi bo‘yicha tayyorlagan materiallar yetarli unga ijobiy baho beraman va himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar: K,f,n dots. Eshqurbonov .F.B
Download 14.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling