Termiz davlat universiteti magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana20.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1103380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

Taqrizchilar:
R.To‘rayev- TerDU, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, f.-m.f.n., dotsent. 
U.B.Abdiyev-TerDU, “Nazariy fizika” kafedrasi mudiri, p.f.d., dotsent. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Termiz davlat universiteti o‘quv-metodik Kengashining 2021-yil 25-
dekabrdagi №5 son yig‘ilishi bayonnomasi bilan nashr qilishga ruxsat berilgan. 



I. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga 
qo‘yiladigan talablar 
1. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi 
kerak: 
 
titul varaq (1-ilova); 
 
ikki tilda (o‘qitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining 
qisqacha annotatsiyasi (2-ilova); 
 
mundarija (3-ilova); 
 
kirish; 
 
asosiy qism; 
 
xulosa; 
 
adabiyotlar ro‘yxati (4-ilova); 
 
ilovalar (mavjud bo‘lsa). 
2. Kirish quyidagilarni qisqacha o‘z ichiga olishi lozim: 
 
1. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; 
2. 
tadqiqot obyekti va predmeti; 
3. 
tadqiqot maqsadi va vazifalari; 
4. 
ilmiy yangiligi; 
5. 
tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; 
6. 
tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); 
7. 
tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi; 
8. 
tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; 
9. 
ish tuzilmasining tavsifi. 
NAMUNA 
Dissertatsiya avtoreferatlari kirish qismidan magistrlik dissertatsiyasining 
kirish qismini yozishda uslubiy adabiyot (namuna) sifatida foydalanish mumkin. 
Quyidagi QR-kod orqali barcha sohalarga tegishli avtoreferatlarni qidirib topish 
mumkin (1-rasmga qarang) 
* Kamida uchta xat boshidan iborat bo’lib, unda: 
1-xat boshi: dissertatsiya mavzusi bo’yicha qo’llanilayotgan amaliyot va uning dolzarbligi 
ko’rsatiladi. 
2-xat boshi: dissertatsiya mavzusi bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning dolzarbligi 
ko’rsatib beriladi. 
3-xat boshi: dissertatsiyaning mavzusining Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan ustivor 
yo’nalishlarga mosligi va dolzarbligi ko’rsatib beriladi. 



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling