7
Har bir formula u joylashgan bob tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil
ketma-ketlikda, formulaning o‘ng tomonida
qavs ichida raqamlanadi
(masalan: «(1.1)») (6-rasmga qarang).
6-rasm. Dissertatsiyadagi formulalarni yozish bo‘yicha namuna
Dissertatsiya matnida ko‘rsatilgan shaxslarning F.I.O. hamda tashkilot va
mahsulotlarning nomlari va boshqa atoqli otlar o‘zgartirilib yozilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyaning ilovalari
alohida betlarda yoziladi, izchil ketma-ketlikda
raqamlanadi va «ilova» degan so‘z bilan ifodalanadi (masalan: «1-ilova»).
Ilova tegishli sarlavhaga ega bo‘ladi. Ilovalar dissertatsiyadan alohida jildda
rasmiylashtirilganda, jildning titul varag‘ida dissertatsiya mavzusining nomi
va uning ostida bosh harflar bilan «ILOVALAR» degan so‘z yoziladi (7-
rasmga qarang).
7-rasm. Dissertatsiyadagi ilovalarni yozish bo‘yicha namuna
8. Magistrlik
dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar
ro‘yxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa bo‘lishi tavsiya etiladi.
9. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o‘qigan tilda (kafedra yoki
magistratura bo‘limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi.
Chet tilda
tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova