Termiz davlat universiteti Nurullayev Nodirbek
Download 148.98 Kb.
|
Nurullayev Nodirbek 3-kurs 220-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Drew Inc.ning 2014 yil uchun moliyaviy ehtiyojlarini prognoz qilishda savdolar foizi metodidan foydalanish
- Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadigan
Sotuvlar foizi metodi kelajakdagi davr uchun xarajatni, aktiv yoki majburiyatni sotuvlarning bir qismi sifatida baholashni prognoz qilishni oʻz ichiga oladi.
Ishlatiladigan foiz miqdori eng oxirgi moliyaviy hisobotga asosan joriy sotuvlar foizidan, bir necha yillar uchun hisoblangan oʻrtacha miqdordan, tahlilchining fikridan, yoki ushbu manbalarning jamlanmasidan kelib chiqadi.ʻ 1-jadvalda Drew Inc. kompaniyasi uchun moliyaviy prognozda sotuvlar darajasi foizi metodi qoʻllanilgan toʻliq misol keltirilgan.Ushbu misolda korxonaning buxgalterlik hisobidagi har bir oʻzgarib turuvchi koʻrsatkich 2013- yilgi sotuvlarning ($10 million) foizi sifatida keltirilgan.2014-yilda aks ettirilishi rejalashtirilayotgan muddat uchun balansdagi har bir element foizni $12 million ga koʻpaytirish orqali hisoblanadi. Ushbu metod korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini baholashda nisbatan arzon va ishlatishda oson boʻlgan yoʻl taklif qiladi. Eslatib oʻtish kerakki, 1-jadvaldagi misolda joriy va asosiy aktivlar sotuv darajasiga qarab oʻzgarib turadi. Buning ma’nosi, korxona prognoz qilinayotgan sotuv hajmini oshiraoladigan ishlab chiqarish quvvatiga ega emas.Ya’ni, agar sotuvlar $1 ga oshsa, asosiy aktivlar $0.40 ga yoki aks ettirilgan sotuv darajasi oʻsishining 40% iga oshadi. Agar hozirda korxona aks ettirilgan sotuv darajasini ushlab tura oladigan darajada asosiy aktivlarga ega boʻlganda edi, aktivlar sotuvlar darajasi foizi oʻzgarmas edi vaprognoz etilayotgan muddatda oʻzgarmay turishi aks ettirilar edi. Bundan tashqari, e’tiborga olish kerak boʻlgan jihat: kreditorlik qarzlari va hisoblangan chiqimlar sotuvlar darajasiga qarab oʻzgarishi mumkin boʻlgan yagona majburiyatlardir. Ushbu ikkita majburiyatlarning haqli ravishda, korxonaning sotuv koʻrsatkichlariga qarab oshishi yoki kamayishini kutish mumkin.. Chunki ushbu ikki joriy majburiyatlar kategoriyasi odatda toʻgʻridan toʻgʻri sotuv darajasiga boʻgliq ravishda oʻzgaradi, koʻpincha ular oʻz-oʻzidan (spontan) moliyalashtirish manbalari bilan bogʻlanadi. Oʻz oʻzidan moliyalashtirishga korxonaning kunlik faoliyati tufayli oʻz oʻzidan yuzaga keladigan savdo kreditlari va boshqa kreditorlik qarzlari kiradi. Toʻlanadigan veksellar, uzoq muddatli qarzlar, oddiy aksiyalar, va toʻlangan kapital kabilar korxonaning sotuvlari darajasi oʻzgarishiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq emas. Ushbu moliyalashtirish manbalari, diskret moliyalashtirish deb ataladi, va ular har gal mablagʻ jalb etilganda korxona boshqaruvchilari tomonidan aniq qaror talab qiladi. Misol uchun banknota, muzokaralar olib borilishini va moliylashtirish sharoitlari bayon etilgan kelishuv imzolanishini talab qiladi. Nihoyat, taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichi rejalashtirilgan sotuv hajmiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Taqsimlanmagan foyda koʻrsatkichining kutilayotgan oʻzgarishi soliqlar toʻlangandan keyingi taxminiy foyda (aks ettirilgan sof foyda) ya’ni sotuv hajmining 5%idan ($ 600,000) oddiy aksiyalarning dividendlarini($ 300,000) ayirmasiga ga teng. 24-jadvalda keltirilgan Drew Inc. misolida, korxonaning sotuv hajmi $10milliondan $12milliongacha oʻzgarishini taxmin qildik, va bu oʻz navbatida korxonaning umumiy aktivlarga ehtiyojini $7.2 milliongacha oshishiga sabab boʻldi. Ushbu aktivlar $4,9 million miqdorida mavjud majburiyatlar va tabiy majburiyatlar orqali; $1.8 million miqdorida tasischilar mablagʻlari orqali, qoʻshimcha $300,000 miqdoridagi kelgusi yildagi sotuvlarning taqsimlanmagan foydasini oʻz ichiga oladi; va nihoyat, $500,000 miqdoridagi diskret moliyalashtirish orqali moliyalashtiriladi; ushbu mablagʻlar toʻlanadigan veksellar nashr qilish, obligatsiyalarni sotish, aksiyalar emissiyasini taklif qilishlar orqali, yoki ushbu manbalarning kombinatsiyasi orqali olinishi mumkin. 24--jadval Drew Inc.ning 2014 yil uchun moliyaviy ehtiyojlarini prognoz qilishda savdolar foizi metodidan foydalanishYakunida, biz korxonaning ixtiyoriy moliyalashtirish ehtiyojlarini (IME) moliyaviy prognozda sotuvlar hajmi foizi metodini ishlatgan holda baholab, ushbu toʻrt qismga boʻlamiz: qism: Korxonaning sotuv darajasiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlgan har bir aktiv va passiv hisoblarning koʻrinishini joriy yildagi sotuv hajmining foizi koʻrinishiga oʻzgartirish. 𝐽𝑜𝑟𝑖𝑦𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟 $2𝑀 𝑠𝑜𝑡𝑢𝑣𝑙𝑎𝑟ℎ𝑎𝑗𝑚𝑖 = $10𝑀 = 0.2 𝑦𝑜𝑘𝑖 20% qism: Buxgalterlik hisobotidagi har bir aktiv va passiv hisob koʻrsatkichlarini uning sotuv hajmidagi foizini aks ettirilgan sotuvga koʻpaytirish orqali tasvirlash, yoki hisob sotuv darajasiga bogʻliq boʻlmagan hollarda hisob balansini oʻzgarishlarsiz qoldirish. 𝐴𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟 = 𝑎𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑠𝑜𝑡𝑢𝑣𝑙𝑎𝑟 × = $12𝑀 × 0.2 = $2.4𝑀 𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟 𝑠𝑜𝑡𝑢𝑣𝑙𝑎𝑟 qism: Korxonaning operatsiyalarini moliyalashtirishda yordam berish uchun taqsimlanmagan foydaga qoʻshimchalarni aks ettirish. Ushbu koʻrsatkich berilgan muddatdagi aks ettirilgan sof foydadan rejalashtirilgan umumiy aksiyalarning dividendini ayirishdan kelib chiqadi. 𝑇𝑎𝑞𝑠𝑖𝑚𝑙𝑎𝑛𝑚𝑎𝑔𝑎𝑛 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎𝑔𝑎 𝑎𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑞𝑜′𝑠ℎ𝑖𝑚𝑐ℎ𝑎 = 𝑎𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑠𝑜𝑡𝑢𝑣ℎ𝑎𝑗𝑚𝑖 𝑠𝑜𝑓𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎 = × 𝑠𝑜𝑡𝑢𝑣ℎ𝑎𝑗𝑚𝑖 × (1 − 𝑑𝑖𝑣𝑖𝑑𝑒𝑛𝑑𝑙𝑎𝑟 𝑠𝑜𝑓𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎 ) = = $12𝑀 × 0.05 × (1 − 0.5) = $300,000 qism: Korxonaning IME aks ettirilgan umumiy aktivlar ayrilgan aks ettirilgan majburiyatlar va ustav fondi. 𝐷𝑀𝐸 = 𝑎𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑢𝑚𝑢𝑚𝑖𝑦 𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟 − 𝑎𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑢𝑚𝑢𝑚𝑖𝑦 𝑚𝑎𝑗𝑏𝑢𝑟𝑖𝑦𝑎𝑡𝑙𝑎𝑟 − 𝑎𝑘𝑠 𝑒𝑡𝑡𝑖𝑟𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑢𝑠𝑡𝑎𝑣 𝑓𝑜𝑛𝑑𝑖 = $7.2𝑀 − $4.9𝑀 − $1.8𝑀 = $500,000 Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadiganDownload 148.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling