Termiz davlat universiteti Nurullayev Nodirbek
Download 148.98 Kb.
|
Nurullayev Nodirbek 3-kurs 220-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotuv koʻrsatkichlari oshirilishining korxona IMEga ta’siri tahlili.
- 25-rasm. Korxonaning sotuv koʻrsatkichlari oshishi va ixtiyoriy moliyalashtirishga ehtiyoji
ta’siri tahlili
Ixtiyoriy moliyalashtirish ehtiyoji (IME)ni tasvirlab, biz aks ettirilgan moliyaviy talablarimizni asosiy oʻzgaruvchilarga qanchalik bogʻliqligini tezgina bilib olamiz. Masalan, oldingi misolda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, sof foyda marjasi (SFM) 1%ga, 5%ga, va 10%ga tengboʻlgan holatlarni dividend toʻlovlari koʻrsatkichi 30%, 50% hamda 70% boʻlgan holatlar bilan birga birikmasi orqali ta’siri quyidagicha boʻlishini koʻramiz:
Agar ushbu SFM korxonaning boshidan oʻtkazishi mumkin boʻlgan qiymatlar diapazonining oqilona baholanishi boʻlsa, va korxona dividend toʻlovlarini 30%dan 70%gacha oʻzgarishini qabul qilsa, unda biz korxonaning moliyaviy talablarini $40,000 dan $764,000 gacha baholay olamiz. SFM qancha kichik boʻlsa, shuncha koʻproq moliyalashtirish talab qiladi.Shuningdek, boshqa koʻrsatkichlar oʻzgarmagan holda, dividend toʻlovlari foizi qancha koʻp boʻlsa, shuncha koʻp ihtiyoriy moliyalashtirishga talabni oshiradi.Ushbu holat, katta dividend toʻlaydigan korxona kamroq daromadga ega boʻlishidan kelib chiqadi. Sotuv koʻrsatkichlari oshirilishining korxona IMEga ta’siri tahlili.16.1-jadvalda biz kelgusi yilda sotuv hajmi $10milliondan $12millonga koʻtarilishi kutilayotgan Drew Inc. uchun IMEni tahlil qildik.Eslatib oʻtamiz, sotuv hajmining 20% ga koʻtarilishini ehtimoli, korxonaning moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojini $500,000 ga oshirdi. Biz korxonaning qoʻshimcha moliyaviy ehtiyojini IME deb takidladik, chunki ushbu barcha mablagʻlar bank kreditlari yoki yangi aksiya emissiyalari kabi manbalardan olinishi kerak, va ular oʻz navbatida manba tanlashda boshqaruvchilar oʻz ihtiyoriga qarab ish tutishlarini talab qiladi. Ushbu boʻlimda biz korxonaning IME har xil kutilayotgan sotuv koʻrsatkichlarida oʻsishga qarab oʻzgarishini oʻrganib chiqishni xoxlaymiz. 16.1-jadvalda keltirilgan moliyaviy prognoz 16.2-jadvalda toʻliqroq koʻrib chiqilgan. Xususan, biz 1- jadvaldagi asosiy taxmin va prognoz qilish metodlarini ishlatamiz, va ularni 0%, 20% va 40% savdo koʻrsatkichlari oshishida qoʻllaymiz. Ushbu sotuv koʻrsatkichlarining oʻsishi uchun IME ($250,000) dan $1,250,000 gacha oʻzgaradi.IME manfiy boʻlgan hollarda, korxona prognoz qilingan sotuv hajmini yuzaga keltirishni moliyalashtirish uchun keragidan ortiqroq mablagʻga ega boʻladi.Xuddi shunday, IME musbat boʻlgan holatda, korxona qarz olish yoki aksiya emissiya qilish yoʻli bilan qoʻshimcha mablagʻ jalb etishi kerak boʻladi. 25-rasm. Korxonaning sotuv koʻrsatkichlari oshishi va ixtiyoriy moliyalashtirishga ehtiyojiDownload 148.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling