Termiz davlat universiteti pedagofika insituti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta
II.Bob.O‘simliklarni bitlaridandan himoyalashning tabiiy usullari
Download 92.5 Kb.
|
MAMADAMINOVA ZILOLANING
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻSIMLIK BITLARI
II.Bob.O‘simliklarni bitlaridandan himoyalashning tabiiy usullari
2.1.Xalq xo`jaligida O‘simliklarni bitlaridandan himoyalash usullari 23 Parazitlardan farq qilib o`simlik bitlarining yirtqichlari tur tarkibining xilma—xilligi bilan ajralib turadi. Ahamiyatiga qarab o`simlik bitlari yirtqichlarini quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: 1) Sirfid pashshalar; 2) Tugmacha qo’ng’izlar; 3)Yirtqich qandalalar; 4) Oltinko’zlar; 5) Gallitsalar. Yirtqichlarning tur tarkibi 1.1 -jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, o`simlik bitlari bilan 70 ga yaqin hasharotlar oziqlanadi. Bu yirtqich hasharotlarni oziqlanishiga qarab polifag (oziq spektiri keng) va oligofag (oziq spektori tor) larga ajratish mumkin. O`simlik bitlari bilan chalaqattiqqanotlilar (qandalalar) turkumining 3 ta oilasiga mansub 9 ta turi oziqlanadi. Yirtqichlarning 7 ta turi to’rqanotlilar turkumi Chrysopidae oilasiga mansubdir. O`simlik bitlarining yirtqichlari orasida Coleoptera va ayniqsa Diptera turkumlari ajralib turadi. Qo’ngizlarning Coccinellidae (tugmacha qo’ng’izlar) oilasiga mansub 16 ta turining o`simlik bitlari bilan oziqlanishi aniqlangan. Shira bitlari bilan oziqlanadigan yirtqich pashshalar 3 ta oilaga mansub 36 ta turni o’z ichiga oladi. Bu turlarning 30 tasi Syrphidae, 3 tasi Chamaemyiidae va 3 tasi Itonodidae oilasiga mansubdir. Yuqorida ko’rsatilgan yirtqich hasharotlarning shiralar sonini kamaytirishdagi ahamiyati bir xil emas. Qandalalar, qo’ng’izlar va ninachilar polifag bo’lganligi sababli turli-tuman hasharotlar bilan oziqlanadi va o`simlik bitlarini sonini kamaytirishda uncha katta ahamiyatga ega emas. Ikki qanotli yirtqichlar esa oligofagdir, ya’ni faqat shiralarni yeb kun ko’radi. Shu sababli ularning shiralar sonini kamaytirishdagi ahamiyati nihoyatda katta. OʻSIMLIK BITLARI, shiralar — tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi maʼlum. Tana uz. 0,5—6,0 mm, tuxumsimon yoki 24 oval shaklda, rangi och yashildan qoʻngirgacha. Boshi kamharakat, sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati xartum koʻrinishida boʻlib, boshining orqa qismidan boshlangan boʻgʻimlardan tashkil topgan. Moʻylovlari 3—6 boʻgʻimli. Koʻpincha qanotsiz. Toʻptoʻp boʻlib yashaydi. Qanotlilari bir oʻsimlikdan boshqasiga koʻchib oʻtadi. Oʻsimlik bitlarining rivojlanish sikli: odatda, tuxum holida ikki yoki koʻp yillik oʻsimliklarda qishlaydi; bahorda tuxumdan qanotsiz urgʻochi — asoschi vujudga kelib, 50—70 lichinka tugʻadi, bular tez orada rivojlanib voyaga yetadi; ikkinchi va navbatdagi keyingi avlodining voyaga yetgan individlari ham qanotsiz (partenogenetik, tirik tugʻib koʻpayadi va qanotsiz qiz avlodni vujudga keltiradi). Rivojlanish sikli urugʻlangan tuxum qoʻyish bilan tugallanadi (mas, dukkaklilar va lavlagi Oʻ.6.). Oʻ. b. larining rivojlanish davri havo haroratiga bogʻliq holda 3—20 kun. Mavsumda 2026 avlod beradi. Urgʻochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urgʻochilar kuniga 1 —2 lichinka, qanotsizlari esa 5—10 lichinka tugadi. Ozgina yogʻingarchilik shiralarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi; yirik tomchili, surunkasiga yoqqan shiddatli yomgʻirlar ochiq yashovchi shiralarni yuvib, nobud qiladi. Oʻsimlik bitlari bargnovdadagi shirani soʻradi. Natijada oʻsimlik poyasi va ildizidagi uglevodlar zaxirasi keskin kamayadi. Bu esa barglarning buralishi, novdalarning qingʻirqiyshiq oʻsishi, toʻqimalarning kasallanib shish, bujgʻun va boshqalar har xil oʻsimtalar hosil qilishiga sabab boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning hosildorligi 15—20% ga kamayib ketadi. Bundan tashqari, Oʻsimlik bitlari kasal oʻsimlik bitlarini soʻrish bilan birga xavfli kasalliklarni tarqatadi ham. Oʻsimlik bitlarida mayda yaydoqchilarning koʻpgina turlari, jumladan, afelinuslar, shuningdek, vizildoq pashshalar, toʻrqanotlilar lichinkasi, koʻpgina koksinellidlar parazitlik qiladi. 25 Kurash choralari: birlamchi xoʻjayinoʻsimlik bilan ikkilamchisini bir-biriga yaqin ekmaslik; hasharotlar shikastlashiga chidamli navlarni yetishtirish; hasharotlarning tabiiy kushandalari entomofaglar (mas, oltinkoʻz) dan foydalanish, oʻsimliklarga kimyoviy vositalar — fosfororganik preparatlar purkash. Ajdodlarimiz o‘simlik zararkunandalariga qarshi kuzatuvlari va yillar davomida orttirgan tajriba hamda imkoniyatdan kelib chiqib, mahalliy xomashyodan keng foydalanganlar. Masalan, daraxtning pastki qismini ohak eritmasi bilan oqlash azaldan mavjud. Sababi, daraxt po‘stlog‘i ostidagi zararkunandalarning tuxumi ohak tarkibidagi ishqor ta’sirida nobud bo‘ladi. Erta bahorda qilingan bu usul yaxshi samara beradi, daraxt mevasining sifati va hosildorligining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, atrofga o‘zgacha chiroy bag‘ishlaydi. Yurtimizning ko‘p hududlari, ayniqsa, qishloq joylarda bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadigan keksa, tajribali dehqonlar tomorqalaridagi ekin, daraxt bargiga shiracha tushganda ertalabki shabnamda oddiy kul sepishadi. Kul tarkibidagi o‘yuvchi modda ta’sirida shira bitlari o‘z faolligini yo‘qotadi, ya’ni o‘ladi. Qishloq xo‘jaligida begona o‘t va zararkunandalarga qarshi kurashishda ko‘p holatda tarkibida kimyoviy zaharli modda bo‘lgan turli pestitsidlardan foydalaniladi. Pestitsidlar, yuqorida aytilganidek, birinchidan, inson organizmi va atrof- muhit uchun zararli sanaladi. Ular bilan ishlaganda, albatta, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart. Chunki ular tarkibidagi kimyoviy moddalar nafas yo‘lini zaharlab, butun organizmga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchidan, bu kimyoviy preparatlar zararkunandalarning tabiiy dushmani, ya’ni foydali hasharotlarni ham qirib tashlaydi. Shu sababli bu preparatlardan faqat o‘ta zararlangan joyga so‘nggi chora sifatida foydalanish mumkin, aks holda u ham o‘simlikka, ham foydali hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: uni umumiy 26 holda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uchinchidan, ushbu kimyoviy preparatning narxi qimmat, iqtisodiy jihatdan zarar keltiradi. Pirovardida o‘z-o‘zidan mahsulot tannarxi oshadi. Biroq zararkunandalarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida qo‘llanilmasa, mevali daraxtlarni shira bosadi, bit va kanalar ko‘payadi va ular bahor faslining oxirida boshqa o‘simlik va sabzavotlarga ham o‘tishi mumkin. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish uchun tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan, ekologik jihatdan toza kompleks birikmadan keng miqyosda foydalanishni tavsiya qilmoqda. Uzoq yillik tajriba va kuzatuvlar asosida eng samarali birikma tanlab olinadi. Uning tarkibi bir qator foydali, dorivor xususiyatlarga ega mahsulotlardan tashkil topgan. Masalan, yong‘oq bargi o‘zida juda ko‘plab makro va mikro, jumladan azot, oltingugurt, fosfor, magniy, temir va boshqa elementlarni saqlaydi, shuningdek, turli organik kislotalar, efir moylar, glikozidlar, alkaloidlar, vitamin va minerallarga boy. Aminokislotalar tarkibining boyligi, askorbin kislotasi, Ye, RR va V guruhi vitaminlarining mavjudligi yashil xomashyoni mukammal tiklovchi vosita sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Yong‘oq barglari o‘g‘it sifatida ham boshqa barglarga nisbatan juda yaxshi samara beradi. Uning tarkibida katta miqdori foydali elementlarning organik moddalari mavjud. Tarkibida zaharli moddalar yo‘qligi sababli yong‘oq barglaridan olingan kul nafaqat mevali daraxtlarni, balki yumshoq va injiq sabzavotlarni parvarish qilish, zararkunandalarga qarshi kurashda ham yaxshi samara beradigan tabiiy o‘g‘it sirasiga kiradi. Sarimsoqpiyoz tarkibidagi allitsin zamburug‘larga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Sarimsoqpiyoz tarkibi dorivor xususiyatiga ega bo‘lib, unda bakteriya va viruslarga qarshi tabiiy kurashuvchanlik xossalari, aniq qilib 27 aytganda, o‘simliklarni parazit va bakteriyalardan himoya qiluvchi uchuvchi moddalar — fitonsidlar mavjud. Sarimsoqpiyoz tarkibi kaliy, kalsiy, fosfor, S va V guruh vitaminlari, selen, marganets, yod va efir moylarga boy. Kulning kalsiy karbonati metabolik jarayonlarni yaxshilaydi, o‘simliklarning yanada barq urib gullashiga yordam beradi. Kalsiy silikati esa o‘simlikka vitaminlarni singdirishga ko‘maklashadi, kasallik va noqulay iqlim sharoitiga chidamliligini oshiradi. Ildizlarning rivojlanishi va o‘sishini tezlashtiradi. Kalsiy xloridi fotosintez jarayonida ishtirok etadi, fermentlarning shakllanishiga yordam beradi, o‘simliklarning immunitetini, sovuqqa chidamliligini oshiradi. Kaliy ortofosfati o‘simliklarga suv muvozanatini tartibga solishga, qishning sovug‘iga bardoshli bo‘lishga yordam beradi. Magniy silikati, magniy karbonati, magniy sulfati, natriy xloridi va natriy ortofosfatlari uglevodlarni shakllantirishda ishtirok etadi, ulardan keyinchalik sellyuloza va kraxmal hosil bo‘ladi, o‘simliklar tarkibidagi suv muvozanatini me’yorlashtirishga, shuningdek, fermentlar faolligini oshirishga hissa qo‘shadi. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Tomorqa xo‘jaligidagi meva-sabzavot va poliz ekinlari joriy yilda bahorning seryog‘in kelishi oqibatida shira, turli o‘simlik bitlari va boshqa zararkunandalar bilan sezilarli darajada zararlandi. Bu holatda birdaniga kimyoviy preparatlardan foydalanish bir tomondan foyda bo‘lsa, ikkinchi tomondan ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan zararlidir. Shu bois, olimlarimiz ota-bobolarimiz qo‘llab kelgan noan’anaviy usullarga murojaat qilib, tabiiy dorivor o‘simliklardan tayyorlangan kompleks birikmani tajribada sinab ko‘rdi va samarali natijalarga erishdi. Ushbu kompleks birikma Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi olimlari hamda “Elektrokimyozavod” QK AJ mutaxassislari hamkorligida yaratilgan va ishlab 28 chiqarilayotgan “ElSMiK” preparati bilan birga qo‘llanilganda yanada yaxshi natija berishi kuzatildi. Bu sohadagi tajribalarni turli ekinlarda qo‘llash va undan yanada keng foydalanish jarayoni davom etmoqda. Xulosa: Xulosa qilib ayutishimiz mumkunki Oʻsimlik bitlari, shiralar — tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi maʼlum. Tana uz. 0,5— 6,0 mm, tuxumsimon yoki oval shaklda, rangi och yashildan qoʻngirgacha. 29 Boshi kamharakat, sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati xartum koʻrinishida boʻlib, boshining orqa qismidan boshlangan boʻgʻimlardan tashkil topgan. Moʻylovlari 3—6 boʻgʻimli. Koʻpincha qanotsiz. Toʻptoʻp boʻlib yashaydi. Qanotlilari bir oʻsimlikdan boshqasiga koʻchib oʻtadi. Oʻsimlik bitlarining rivojlanish sikli: odatda, tuxum holida ikki yoki koʻp yillik oʻsimliklarda qishlaydi; bahorda tuxumdan qanotsiz urgʻochi — asoschi vujudga kelib, 50— 70 lichinka tugʻadi, bular tez orada rivojlanib voyaga yetadi; ikkinchi va navbatdagi keyingi avlodining voyaga yetgan individlari ham qanotsiz (partenogenetik, tirik tugʻib koʻpayadi va qanotsiz qiz avlodni vujudga keltiradi). Rivojlanish sikli urugʻlangan tuxum qoʻyish bilan tugallanadi (mas, dukkaklilar va lavlagi Oʻ.6.). Oʻsimlik bitlarilarining rivojlanish davri havo haroratiga bogʻliq holda 3—20 kun. Mavsumda 2026 avlod beradi. Urgʻochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urgʻochilar kuniga 1 —2 lichinka, qanotsizlari esa 5—10 lichinka tugadi. Ozgina yogʻingarchilik shiralarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi; yirik tomchili, surunkasiga yoqqan shiddatli yomgʻirlar ochiq yashovchi shiralarni yuvib, nobud qiladi. Oʻsimlik bitlari bargnovdadagi shirani soʻradi. Natijada oʻsimlik poyasi va ildizidagi uglevodlar zaxirasi keskin kamayadi. Bu esa barglarning buralishi, novdalarning qingʻirqiyshiq oʻsishi, toʻqimalarning kasallanib shish, bujgʻun va boshqalar har xil oʻsimtalar hosil qilishiga sabab boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning hosildorligi 15—20% ga kamayib ketadi. Bundan tashqari, Oʻsimlik bitlari kasal oʻsimlik shirasini soʻrish bilan birga xavfli kasalliklarni tarqatadi ham. Oʻsimlik bitlarida mayda yaydoqchilarning koʻpgina turlari, jumladan, afelinuslar, shuningdek, vizildoq pashshalar, toʻrqanotlilar lichinkasi, koʻpgina koksinellidlar parazitlik qiladi. 30 Kurash choralari: birlamchi xoʻjayinoʻsimlik bilan ikkilamchisini bir-biriga yaqin ekmaslik; hasharotlar shikastlashiga chidamli navlarni yetishtirish; hasharotlarning tabiiy kushandalari entomofaglar (mas, oltinkoʻz)dan foydalanish, oʻsimliklarga kimyoviy vositalar — fosfororganik preparatlar purkash. Kurs ishim xalq xo`jaligida o`simlik bitlarini zararsizlantirishni ochib beradi . Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling