Termiz davlat universiteti pedagogika fakul


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.05.2020
Hajmi0.69 Mb.
#108697
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish


 

II bob yuzasidan xulosa: 

Bitiruv  malakaviy  ishimizning  II-bobida  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirish  vositalari,  shakl  va 

metodlari  bo‘lib  bunda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida 

milliy  tuyg‘ularni  shakllantirish  vositalari,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari keng 

yoritib o‘tilgan

. 



 

 

I I I. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI 

TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI 

SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI 

 

3.1.  Maktabgacha  talim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi. 

  

Mustaqillik  davridagi  islohotlarning  birinchi  bosqichida  butun  xalqni, 

asosan, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda 

ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishildi. Bu davrda yosh avlod milliy qadriyatlar va 

an’analarning  tub  mohiyatini  bilishdi.  O‘tmishda  ajdodlarimizning  jahon  fani 

ravnaqiga qo‘shgan buyuk ta’limoti bilan yaqindan tanishdi. Boshqacha aytganda, 

yosh avlod o‘zligini angladi. 


 

40 


Darhaqiqat,  Maktabgacha  ta’lim  muassalarida  ta’lim-tarbiya  ravnaqi, 

bolalarning milliy g‘ururini tarbiyalash va yuksaltirish singari ijtimoiy-pedagogik 

vazifalarni amalga oshirishda kuchli ijtimoiy siyosat                         

yaratib  bergan  imkoniyatlar  salmog‘i  katta  bo‘lib,  bunda  tarbiyaviy  ishlar 

yuqoridagi masalani sifatli hal qilishga yo‘naltiridi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  tarbiyalanuvchi  bolalarning  milliy 

tuyg‘ularini  shakllantirish,  tarbiyalash  va  takomillashtirish  jarayonlarini  puxta 

tahlil  qilish,  shu  muhim  muammoni  hal  etish  maqsadida  o‘tkazilgan  tajribalar 

shuni  ko‘rsatdiki,  bolalarda  e’tiqod,  vatanparvarlik,  xalqparvarlik,  mardlik, 

jasurlik,  milliy  tafakkur,  metin  iroda,  kuchli    xotira  va  milliy  tuyg‘ular  orqali 

vujudga keladigan milliy g‘ururni tarbiyalashda milliy qadriyat va an’analar, urf-

odat  va  udumlar,  tarixiy  xalq  qahramonlari  va  davlat  arboblari  faoliyati,  xalq 

og‘zaki  ijodi,  adabiyot  va  san’at,  hozirgi  mustaqillik  davrida  sodir  bo‘layotgan 

olamshumul voqea va hodisalar, mashg‘ulotlar va tarbiyaviy tadbirlar pedagogik-

psixologik omil va vositalar sifatida muhim rol o‘ynaydi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  o‘tkaziladigan  tadbirlar  turli-tuman 

bo‘lishi  kerak.  Tarbiyalanuvchilar  yorqin  ishlarni  uzoq  eslab  yuradilar,  shu  bois 

bunday  ishlarni  takrorlash  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki  u  ahamiyatini 

yo‘qotishi mumkin. Tarbiyaviy-tadbirlarni har doim  yangisini topish qiyin ammo 

ularni topishga harakat qilish kerak. Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli 

tadqiqotlar  mavjud  va  bu  takrorlamaslikni,  aksincha,  aniq  sharoitlar  bilan 

muvofiqlashtirgan holda tarbiyalanuvchini rivojlantirishni kafolatlaydi.    

Milliy  g‘ururni  shakllantiruvchi  tadbirlarni  his-tuyg‘ularning  qudratli 

katalizatori  kabi  loyihalashtirish  kerak.  Ma’lumki,  hayajonga  tushgan  kishi 

nihoyatda  ta’sirchan  bo‘ladi.  Har  bir  tarbiyaviy-tadbir  ishda  tarbiyalanuvchiga 

yaqin, hamohang bo‘lgan jihatlarni topish va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish, 

mustahkam  hayot  tarzini  shakllantirish,  tarbiyaviy-tadbir  ishlar  madaniyatini 

oshirishning  muhim  yo‘llaridan  biri  bo‘lib,  o‘rab  turgan  dunyo  haqiqatini  to‘g‘ri 

tushunishga yordam beradigan qilib yetkazish kerak.        


 

41 


Tadbir ishlarini rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin 

boshlanadi  va  undan  faqat  nazariy  jihatdan  farqlanadi,  ammo  amaliy  jihatdan  bu 

ajralmas jarayondir.  

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish,  bolalar  shuuriga  milliy  istilol  g‘oyasi  asosida  milliy  g‘urur 

tushunchasini  singdirish  hozirgi  davrning  muhim  va  zaruriy  talablaridan  biri 

hisoblanadi.  Bu  siyosiy-pedagogik,  ma’naviy-mafkuraviy  vazifani  amalga 

oshirishda tarbiyachilarning pedagogik mahorati asosiy o‘rinni egallaydi.  

Tarbiyachilar  bu  ishlarni  mashg‘ulot  jarayonida  va  mashg‘ulotdan  tashqari  

tarbiyaviy  tadbirlar  orqali  amalga  oshiradilar.  Shuning  uchun  ular  maktabgacha 

ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilar  ruhiga  milliy  g‘ururni  singdirilish 

ijodkoridirlar.  Bunda,  albatta,  pedagog  ijodkorligi,  avvalo,  o‘z  burchlari  va 

mas’uliyatini his etishlari kerak. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni 

shakllantirish maqsadida turli ma’naviy – tadbirlar  yaxshi natija beradi.  

Milliy tuyg‘uni takomillashtirish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga rahbarlik 

hamda  nazorat  to‘g‘ri  tashkil  qilinsa  va  yo‘naltirilsa,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari tarbiyalanuvchilari faoliyati adolatli baholansa va rag‘batlantirilsa, bu 

borada yaxshi natijalarga erishish mumkin. 

Burch  tushunchasi  har  bir  inson  unga  tegishli  vazifalarni  bekamu-ko‘st 

bajarishni, sodiqlikni, shu jarayonda boshqalar bilan to‘g‘ri va halol munosabatda 

bo‘lishni  anglatadi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida    faoliyat  ko‘rsatuvchi 

pedagoglar  burchi,  birinchidan,  mashg‘ulot  jarayonida  bolalarga  chuqur  bilim 

berish,  ikkinchidan,  bolalar  bilimini  baholashda  ularni    rag‘batlantirish  yoxud 

tanbeh  berishda  adolatli  bo‘lish,  uchinchidan,  mashg‘ulot  va  tadbirlar  davomida 

tarbiyalanuvchilarni milliy tarbiya an’analariga asoslangan holda tarbiyalash, ular 

ongiga  milliy  istiqlol  g‘oyasini,  milliy  ahloq-odobni,  vatanparvarlik, 

insonparvarlik, mehr-muruvvat aqidalarini singdirish va nihoyat milliy tuyg‘ularni 

shakllantirish va takomillashtirishdan iboratdir. 


 

42 


Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchida  mardlik,  do‘stlik, 

vatanparvarlik,  milliy  tuyg‘ularni  o‘stirish,  „Ertaklar  olamiga  sayohat"  kechasini 

o‘tkazish,  ularning  adabiyot,  san’atga  qiziqishlarini  orttirish,  milliy-estetik 

didlarini o‘stirish, shuningdek, hikmatli so‘zlar bilan tanishtirish maqsadida „Dono 

bobo davrasida" kechasini o‘tkazish kutilgan natijani beradi. 

Maktabgacha  talim  muassasalarida  bahor  faslida  „Navro‘z"  bayrami, 

„Sumalak"  sayillarini  o‘tkazish  va  ulardagi  ota-bobolarimizdan  meros  bo‘lib 

kelayotgan  milliy  kurash,  laparlar,  turli  milliy  o‘yinlaru  qizlarning  tol  popuklar 

taqib  yurishlari,  Navro‘z  taomlarini  ulashishlari  bilan  bu  yerdagi  bolalarni  o‘z 

millatiga,  xalqiga,  urf-odatlariga,  milliy  merosiga  mexr-muhabbat  uyg‘otishda 

yaxshi samara beradi. 

Tarbiyachi-pedagoglar  sharqona  ta’lim-tarbiya  yo‘llarini,  ahloq-odob 

mezonlarini, mumtoz pedagoglar merosini, xalq pedagogikasi an’analarini chuqur 

o‘rganishlarida  ularni  tarbiyaviy  -  tadbirlar  jarayonida  tatbiq  etish-lari  maqsadga 

muvofiqdir. 

Biz tadqiqot davomida yuqoridagi vositalardan keng foydalangan holda turli 

tadbirlar o‘tkazdik.  

Masalan,  “Bilimlar  yurtiga  sayohat”.  Bu  tadbirning  maqsadi  maktabgacha 

ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirish,  vatan 

tuyg‘usi,  vatanparvarlik  hislari,  buyuk  siymolar,  mustaqillik  g‘oyasi  hamda  o‘z 

o‘lkasi,  hududi  va  xalqiga  mehr,  sadoqat  tushunchalarini  tarkib  toptirish  va 

rivojlantirishdan iborat. 

Shu  tadbirlar  bolalar  ruhiga  samarali  va  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatish  qudratiga 

ega.  Ular  o‘smirlarda  milliy  tuyg‘uni  shakllantirish  va  tarbiyalashga  yordam 

beradi.  Va  ayni  chog‘da,  o‘sha  pedagogik-tadbirlar  natijasida  hosil  bo‘ladigan 

fikrlar majmuasi milliy tuyg‘ularni tarbiyalash mazmunini belgilaydi. 

Bunda pedagoglar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: 

a) 


suhbat; 

b) 


savol-javob daqiqalari; 

v) 


sayohatlar uyushtirish

 

43 


г) 

turli xil kechalar; 

d) 

uchrashuv kechalari; 



Tarbiyaviy  tadbirlar  –turli  xil  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarga  javob 

beruvchi,  tarbiyaviy  maqsadlarning  yagona  majmuasiga  bo‘ysundirilgan,  bir-biri 

bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy 

ta’sir majmuidir. 

Ta’limda  jarayonida  alohida  mashg‘ulotlardan  tashkil  topgani  kabi 

tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar 

–tarbiya ishlarining bir bo‘lagidir.   

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  milliy  tuyg‘uni 

anglashining  ahamiyati  katta.  Milliy  tuyg‘u  tushunchasini  anglashning    tiklanishi 

esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-

ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.       

Shuning  uchun  ham  milliy  o‘zlikni  tiklash  masalasi  O‘zbekiston 

Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishishdan keyin mamlakatimiz oldida turgan eng 

asosiy vazifalardan biri sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.  



 

 

3.2. MILLIY TUYG‘U HISSINI SHAKLLANTIRUVCHI 

MASHG’ULOTLARNI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI. 

 

Biz bitiruv malakaviy ishimizni Curxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman 

21-Maktabgacha ta’lim muassasasi (5-6 yosh) katta guruh tarbiyalanuvchilarida 

tajriba ishimizni olib bordik. Unda:                            

Tajriba-sinov ishlari: 

Pedagogik tadqiqotni aniqlovchi bosqichi.  

Aniqlovchi sinov ishlarida maqsad va vazifalar belgilanadi.  

Maqsad: Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘usini tarbiyalash 

malakalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash.  

Vazifalar :

 


 

44 


1.  Tarbiyachilarni  katta  guruh  bolalarida  milliy  tuyg‘ularni  tarbiyalshga 

bo’lgan  munosabatlarini  qanday  ish  shakllari  va  metodlari  foydalanish  orqali 

aniqlash. 

2. Bolalarni milliy tuyg‘u tug’risidagi bilimlarini aniqlash.  

3.  Tajriba  guruh  bolalarida  milliy  tuyg‘ularini  shakllanganlik  darajasini 

aniqlash.  

4.  Tarbiyachilarning  ish  faoliyatini  o’rganish  maqsadida  ta’lim  tarbiyaviy 

ishlar, ish rejasi, tarbiyachining kundalik rejalari o’rganiladi.  

Bolalarni  bilim  darajalarini  aniqlash  maqsadida  quyidagi  savollardan 

foydalanildi.  

1. Vatan deganda nimani tushunasiz ?  

2. Siz qaysi viloyatda yashaysiz? 

3.Kelajakda kim bo’lmoqchisiz ?  

4.O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ida nimalar tasvirlangan? 

5. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ida qanday ranglar bor? 

6. O‘zbekiston Respublikasi gerbida nimalar tasvirlangan? 

7. O‘zbekiston Respublikasi gerbida qanday ranglar bor? 

8.  8-dekabr qanday bayram? 

9. 1-sentabrda qaysi bayramni nishonlaymiz? 

10. Navro‘z bayramini bilasizmi? 

11. Navro‘z bayramida qanday milliy liboslar kiyiladi? 

12. Navro‘z bayramida qanday milliy taomlar tayyorlanadi ? 

13. Alisher Navoiy bobomiz haqida rivoyatlar bilasizmi?  

14. Amir Temur bobomiz kim bo‘lgan? 

15. Amir Temur bobomizning xaykali qaysi shaharlarda joylashgan? 

 

Berilgan ushbu savollarga bolalarning javoblari.  



1.  –  darajadagi  bolalar  to’liq  bilimga  ega.  Ularda  milliy  tuyg‘ular  

shakllangan. Bu his tuyg’ular haqida bilimga ega.   



 

45 


2. – darajali bolalarda Vatan haqida bilimga ega, ammo ularda nisbatan mehr 

– shafqat hissi shakllangan.  

3. – darajali bolalarda milliy tuyg‘u haqida aniq bilim, ko’nikma yo’q. 

Aniqlovchi  tajriba  ishlari  jarayonida  olingan  ma’lumotlarni  tahlil  qilib 

shunday xulosaga keldik: 

1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarda o’z Vataniga, oilasiga, yaqin 

insonlariga, do’stlariga muhofaza va yordamga muhtoj odamlarga mehr  – shafqat 

hissini tarbiyalash ishiga kerakli darajada e’tibor berilmagan.  

Bu  borada  bolalarga  ahloqiy  tarbiya  berish  ishning  mazmuniga  ta’sir 

ko’rsatadi. 

- belgilangan maqsadning yo’qligi ; 

-  ahloqiy  sifatlarni  tarbiyalash  bo’yicha  mashg’ulotlar  ketma  –  ketligining 

yo’qligi: 

2.  Milliy  g‘urur  tuyg‘usi  orqali  bolalarda  o’z  Vataniga,  yaqinlariga, 

do’stlariga  mehr  –  muhabbat,  mehr  –  shafqat,  asrab  –  avaylash  maqsadida 

tarbiyalanmaydi. 

Aniqlovchi  tajriba  davomida  amalga  oshiriladigan  ishlar  ketma  –  ketligini 

belgilashga imkon beradi. Bunga mashg’ulotlar, suhbatlar kiradi

Pedagogik  tadqiqotning  shakllantiruvchi  bosqichi:  maqsadi  bolalarga 

миллий туйғулар haqida bilim berib tarbiyalash. 

Shakllantiruvchi tajribaning vazifalari: 

1.  5-6  ёш  guruh  bolalarida  миллий  туйғуларни  tarbiyalash  bo’yicha 

bilimlarni shakllantirish. 

2.  Mashg’ulotlar,  suhbatlar  ketma  –  ketligini  ishlab  chiqish  bunda  bolalar 

o’zlari o’zlashtirgan bilimlarni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. 

3.  Bolalarda  fidoiylik,  миллий  ғурур  туйғуларни  tarbiyalash  bo’yicha 

bilimlarni  shakllantirish  maqsadida  mashg’ulotlar, suhbatlar ishlanmalarini ishlab 

chiqdik. 

Bular quyidagilardan iborat: 

1 – Mavzu: “Kindik qonim tomgan yer” 


 

46 


Maqsad:  Bolalarga  Vatan”,  “O’zbek  xalqi,  uning  farzandlari”  she’rlarini 

o’qib  berib  bolalar  qalbida  ona  yurtiga,  farzandlariga  mehr  –  muhabbat,  mehr  – 

shafqat tuyg’usini kuchaytirishga harakat qiladi.  

 

2. – Mavzu: “O’zbekiston – jonajon diyor muborak – men tug’ilib 

o’sgan yurt”

Maqsad:  Ona  Vatanga  mehr  –  muhabbat,  uning  farzandlariga  mehr  – 

shafqatni tarbiyalash maqsad Ona Vatanga qiziqish bolalarda mustaqil O’zbekiston 

davlati  haqidagi  tushunchalarni  kengaytirish,  O’zbekistonning  gerb,  bayrog’i, 

madhiyasi  bilan  kengaytirish,  shular  orqali  bolalarda  mehr  –  shafqat  tuyg’usini 

tarbiyalash.  



3.  –  Mavzu:  Ona  mamlakatimiz  shifobaxsh  o’simliklari  haqidagi 

bilimlarni kengaytirish ularni asrab – avaylash, ehtiyotlash, bolalarni tevarak 

atrof,  ular  mehrli,  ehtiyotkorlik  tasavvurlarini  kengaytirish,  bilimlarni 

mustahkamlash, chaqqonlik, topqirlik, sezgirlikni shakllantirish.  

4. – Mavzu: “Ma’naviyat davrasi”. 

Maqsad:  Davra  suhbati  orqali  O’zbekiston  haqida,  unda  yashab  o’tgan 

allomalar  haqida  bilgan  bilimlarni  aniqlash  va  ularning  qilgan  ishlari  yozgan 

asarlari,  she’rlari,  odob  –  axloq  haqidagi  so’zlari  orqali  o’z  Vataniga,  ota  – 

onasiga,  do’stlariga  mehr  –  muhabbatni,  mehr  –  shafqatni  va  o’zbeklarga  xos 

bo’lgan qoidalarni bolalarda shakllantirish. 



5. 5-6 yoshdagi bolalarda mиллий туйғу hislarini tarbiyalash bo’yicha 

bayram rejasi namunasi. 

Mavzu: “Vatanni (sevmoq) mardlar qo’rqlaydi”. 

Maqsad: Bolalarda fidoiylik, vatanparvarlik, mehr shafqat, jasurlik hislarini 

tarbiyalash va shakllantirish. 

Har  bir  mashg’ulot,  suhbatlari  va  bayram  kechalari  bolalarga  chuqur  ta’sir 

ko’rsatdi  va  ularda  mehr  –shafqat  hislarini  chuqurroq  shakllantirishga  yordam 

berdi.  


 

47 


Quyida  va  ilovada  tajriba  sinov  ishi  davomida  olib  borilgan  mashg’ulotlar 

suhbatlar va bayram rejalaridan namunalar keltiramiz. 

Mashg’ulotlar nomi “Kindik qonim to’kilgan yer”. 

Maqsad: Bolalarga “Vatan”, “O’zbek xalqi” she’rlarini o’qib berib, bolalar 

qalbida ona yurtiga muhabbat, mehr – shafqat hissini kuchaytirishga harakat qiladi. 

O’lkamiz  tabiati  go’zal  manzaralar  tasvirlangan  san’at  asarlaridan  bahra  olib, 

nafosat tuyg’usini rivojlantirish.  

Mashg’ulotga tayyorlik:  

“O’bekiston”  manzarasi  aks  etgan  asarlar,  “Vatan”,  “Ona  yurt”  mavzusida 

rassomlarning ishlari har bir bola uchun 30 & 40 formatli oq qog’oz, rangli qalam, 

mo’yqalam akvarel.  

Mashg’ulotning borishi:  

Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan Vatan haqida suhbatlashamiz. Qani bolalar 

Vatan deganda kim nimani anglaydi ?  

Rashid: ( 1 ) – “Vatan – bu biz tug’ilgan joy”. 

Malika: ( 2 ) – “Vatan – bu, O’zbekiston”. 

Tarbiyachi  barakalla  qo’zichoqlarim,  menga  javoblaringiz  ma’qul.  Vatan  – 

bu biz tug’ilgan, kindik qonimiz to’kilgan joy, ota – bobolarimiz, ajdodlarimizdan 

meros  qolgan  zamin,  bizlarni  oq  yuvib  oq  tarab  voyaga  yetkazgan  yurtdir.  Vatan 

avvalo  oilamiz,  mahallamiz,  ko’chamiz,  shahrimiz,  qarindosh  urug’larimiz, 

ularning  har  biri  Vatanimizning  uzviy  parchasidir.  Qani  aytinglarchi  biz  yashab 

turgan joyning nomi nima ?  

Diyor: ( 3 ) – O’zbekiston  

Tarbiyachi:  Balli  bizning  vatanimiz  O’zbekiston.  Bu  go’zal  yurtimizning 

tabiati  ajoyib  manzaralari,  dilimizga  huzur  bag’ishlaydi.  Bizning  yurtimiz 

vodiylarga,  vohalarga,  go’zal  bog’u  –  rog’larga,  purviqor  tog’larga,  serhosil  va 

unumdor  zamin  kengliklariga  boydir.  O’zbekistonimizning  go’zal  tabiatini  juda 

ko’p  rassomlarimiz  go’zal  qilib  tasvirlashgan.  Xassos  shoirimiz  Hamid  Olimjon, 

O’zbekiston she’rida Vatan g’oyasini ko’tarinki ruhda madh etadi.  


 

48 


Bolajonlar, biz hammamiz o’zbek millatiga mansubmiz. Biz bu bilan doim 

faxrlanishimiz  zarur,  unga  mehr  –  shafqatli  bo’lishimiz  kerak.  O’zbek  xalqi 

mehnatkashligi, jafokashligi, g’oyat sabrli, bardoshli, keng fe’lli, mehr – shafqatli, 

mehmondo’st, bolajon, rahmdil va vatanparvarligi bilan obro’ qozongan. Kishi o’z 

vatanida  yayrab  –  yashnab  yashaydi,  Vatanni  asrab  avaylaydi,  odamlarga  mehr  – 

shafqat ko’rsatadi. Vatanning mehrli fidoiy kishisi bo’lib yashaydi.   

Bizning o’lkamizda 150 dan  ziyod  millat  va elatlar  yashaydi. Bu  millat va 

elatlar  bir  –  birlariga  mehr  –  muruvvatli,  mehr  –  shafqatlidirlar.  Ular 

O’zbekistonning yanada gullab yashnashi uchun kamarbasta bo’lmoqdalar.   

Bolajonlar  endi  oldingizdagi  oppoq  qog’ozga  o’z  Vatanimiz,  mehrimiz, 

ko’chamiz, bog’chamiz, mahallamiz rasmini tasvirlab berasizlar.  

Mashg’ulotning yakuni. 

Tarbiyachi mashg’ulot so’ngida bolalarning ishlarini kuzatib, yaxshi chiqqan 

rasmlarni bolalarga ko’rsatadi, bolalarni rag’batlantiradi.  

Mashg’ulotning tahlili. 

Kuzatish  shuni  ko’rsatadiki,  bolalarda  mashg’ulot  orqali  ona  yurtga 

muhabbat  hissi  kuchaydi.  Bolalarda  mehr  –  muhabbat,  mehr  –  muruvvat  hissi 

shakllandi.  Mustaqillik  sharofati  bilan  qayta  tiklangan,  xaq  –  huquqlarimiz, 

ozodlik, erkinlik, o’z davlat tiliga ega bo’lish tabiat boyliklaridan xalq baxt saodati, 

manfaati  yo’lida  foydalanish  haqida  bilimga  ega  bo’ldilar.  Vatan  “O’zbek  xalqi” 

she’ri orqali bolalarda Vatan bilan faxrlanish, fidoiylik, mehr – shafqat tuyg’ularini 

o’stirishga imkon yaratildi.  

Mshg’ulotlarda  bolalardan  Ona  yurtni  sevish,  uning  boyliklarini  qadrlash, 

ota – onalariga, do’st – o’rtoqlariga, mehr – shafqat ko’rsatish, o’z ona tuprog’ini 

har  bir  qarich  yerini  asrab  avaylash,  uning  uchun  jonini  fido  qilish  kabi  his  – 

tuyg’ularni shakllantirildi.  

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr – shafqat hislarini tarbiyalashda 

tarbiyachilarning  yana  bir  vazifasi  materialni  jonli  va  qiziqarli  qilib  bayon  qilib 

bolalarda mehr – shafqat hislarini jonlantirish, uyg’otish va shakllantirishdir. Ana 

shu  hislatni  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  tarbiyalay  olsak,  bu  bola  katta 



 

49 


bo’lganda albatta o’z Vataniga, uning xalqiga, katta – yu kichigiga albatta mehr – 

oqibatli, mehr – shafqatli inson bo’lib kamol topadi.  

Mehr  –  shafqat  g’oyalari,  inson  sahovati,  muruvvati  haqidagi  fikrlar, 

“Avesto”  kitobida  qadimgi  bitiklarda  va  boshqa  yozma  manbalarda  o’z  ifodasini 

topgan.  Bulardan  tashqari  o’zbek  xalqi  orasida  keng  tarqalgan  pandnomalar, 

o’gitlar  va  odobnomalarda  diniy  falsafiy  risolalarda  ayniqsa  hodisalarda  komil 

inson, insonparvarlik, mehr – shafqat kabi insoniy hislatlarga keng o’rin berilgan.  

Maktabgacha  yoshdagi bolalarda  bu  xislatlarni shakllantirish  avvalo  oilaga, 

qolaversa  atrof  muhit,  do’stlar,  maktabgacha  tarbiya  muassasasi  tarbiyachilariga 

bog’liq,  ular  orasidagi  munosabatga  bog’liq,  ular  orasidagi  munosabatga  bog’liq. 

Chunki,  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  taqlidchan  bo’ladilar.  Kattalar  tomonidan 

berilayotgan mehr – shafqat albatta kichiklarda o’z aksini topadi.      

Bundan  tashqari  mahoratli  tarbiyachi  katta  maktabgacha  tarbiya  yoshdagi 

bolalarda  mehr  –  shafqat  hislarini  shakllantirishda  o’yin  faoliyatidan  foydalanish 

mumkin.  

O’yinlar asrlar davomida Maktabgacha pedagogikada tarbiya vositasi bo’lib 

hisoblanadi.  Chunki  o’yin  har  bir  sog’lom  bolaga  quvonch  bag’ishlaydi,  uning 

ruhiyatini ko’taradi, tafakkurini o’stiradi, tevarak – atrof bilan tanishuvda yaqindan 

yordam beradi, uni yashashga o’rgatadi, unga mehr  – muruvvatli bo’lish hislarini 

uyg’otadi.  

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  rang  barang  harakatli,  didaktik,  syujetli  – 

rolli  o’yinlarni  o’ynaydilar.  Chunki  syujetli  –  rolli  o’yinlarda  bolalar  o’zlarini 

xuddi o’sha muhitda his qiladilar. Masalan, “Ona – qiz”, “Xola – xola” , “Doktor – 

doktor” , “Maktab – maktab” , “Bog’cha – bog’cha” va hokazolar.  

Tanlangan  rolli  o’yin  bolani  butunlay  chulg’ab  oladi,  uning  aqlli 

hissiyotlariga ta’sir ko’rsatadi.  

Agar  bola  rollardan  qaysi  birini  tanlasa,  u  o’shaning  mag’zini  chaqib  va 

obrazga kirishib uni chuqur his qilgan holda, shunga muvofiq o’zini tutadi. O’yin 

jarayonida bolalar o’zaro munosabatda bir – birlarini tushunishga, hurmat qilishga, 

mehr  –  shafqat  ko’rsatishga  harakat  qiladilar.  Aks  holda  o’yin  buziladi.  Qonun  – 



 

50 


qoidalar  o’yinni  saqlab  qolishiga  yordam  beradi.  Uning  barcha  qatnashchilarini 

uyushgan holda harakat qilishga majbur etadi. Shu tariqa bola ham o’zi sezmagan 

holda tengdoshlari, jamoasi orasida o’zini qanday tutish lozimligini o’rganib oladi.  

Sheriklari  bilan  birgalikda  harakat  qilishda  uyushqoqlik  talab  etadigan  individual 

va hamkorlikdagi o’yinlar jarayonida bola uyushqoq intizomli bo’lishni o’rganadi.

                                                   

 

                                                 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling