Termiz davlat universiteti pedagogika fakul
Milliй туйғуларнинг maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob yuzasidan xulosa
1.2. Milliй туйғуларнинг maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati G’urur deganda, ko‘z o‘ngimizda hak va haqiqat gavdalanadi. Bobolarimizning hammasi g‘ururli zotlar bo‘lganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Ulug‘bek, Aliisher Navoiy, Boburlar o‘z g‘ururlarini minordek tutishgan. Shunday ekan, bugungi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bobolari merosiga sodiq qolib, ular yaratgan odob-ahlok meyorlariga sodiq bo‘lishi lozim. G’ururli bo‘lish, birinchi navbatda, xalq manfaatini yoqlash, elga foyda keltirish. 15
Xalqimiz o‘z hayoti, turmush tarzida eng olijanob g‘oyalarni mujassam etgan ahlok-odob qoidalariga, ma’naviy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shunday ilg‘or g‘oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo‘ylik, halollik, pokizalik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, nogironlarga mehrli bo‘lish, odamiylik, qardoshlik, vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshka insoniy fazilatlar rivoj topgan. O‘zbek xalqining g‘ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm- rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an’analar mavjud. Jumladan, o‘zbek xonadonlarida ota nomi mag‘rur va ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota- ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O‘zbekiston fuqarosi g‘urur va iftixor bilan yashaydi va uning meyoriga amal qiladi. Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odatlar alohida hrin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o’ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq. “An’ana” – tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy – ijodiy faoliyati asosida, atrof – muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o’tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o’ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy–madaniy merosga aylangan. Urf – odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy- 16
xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo’ni- qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalq iga xos yaxshi odatlar hisoblanadi. Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi. An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi. Marosim – inson hayotidagi muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ism qo’yish, nikohdan o’tish, dafn qilish, xotiralash, urug’ qadash marosimlari. Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim vo qealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga bo’layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlarcha qiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo’lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo’ladi. Inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi. Buni quyidagi bir misolda ko’rish mumkin: yoshlar voyaga yetganda yigitlar uylanadi, qizlar turmushga chiqadi. Bu avloddan-avlodga o’tib keladigan an’ana sanaladi. Yigit va qizning oila qurishi uchun nikoh to’yi o’tkaziladi. Nikoh to’yini o’tkazish esa insoniyat hayotiga singib ketgan qoidaga ega bo’lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to’ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinning nikohdan o’tishidir. har bir davrda bu to’y bilan bog’liq o’ziga xos urf-odatlar 17
vujudga keladi. Masalan: hozirgi paytda maxsus bezatilgan mashinalarda ko’chalarda yurish, guvohlar bilan baxt uyiga borish, kerakli hujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini almashish kabi odatlarga amal qilinadi. Bu rasmiy va tantanali ravishda o’tadigan marosimdir. “An’ana”, “urf-odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog’li q hodisa sanaladi. SHu bois an’analarning tarkibiy qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo’lishi mumkin. Ba’zi holatlarda “an’ana”, “odat” va “marosim” tushunchalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi ham mumkin. Bunday paytda ularga ani q lovchi so’zlar qo’shilib, masalan “an’anaviy bayram”, “mukofotlash marosimi”, “to’y marosimi”, “nafa q aga kuzatish marosimi” tarzida qo’llaniladi. Marosim so’zi jamoatchilik ishtirokida o’tkaziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi. Eng qadimiy odamlarning turmushi bilan bog’li q an’analar: to’da bo’lib yashash udumlari; sardorlik, o qso qolik uchun olishuvlar; bolalikdan o’spirinlikga; o’spirinliklan erkaklikga o’tish marosimlari; turli ko’rinishli dafn odatlari; qurbonlik marosimlari oila va to’y marosimlarining poydevori bo’lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibtidoiy jamoa tara q qiyotida jiddiy rol o’ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning masha q qatli hayotida erishilgan tajribalarni asrash va ko’paytirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Јadimiy odatlarni o’rganishda “Avesto” kitobi eng qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanib qolgan. Ular ichida eng kattasi Navro’z bayramidir. Kasallikni oldini olish yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda xovlini tozalash, yuvinish, o’choqga olov yo q ish kabilar zardushtiylardan o’tib kelayotgan odatdr. Oilaviy marosimlar oila paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Shu bilan birga o’zgargan rivoj topgan. Taraqqiyot, zamon talabiga javob bermagan odat marosimlar unitilgan. Ularning o’rnini esa oila ehtiyojlarini qoniqtiradigan yangi marosimlar egallagan. O`zbek xalqining oilaviy marosimlari ham tarixiy zururiyat asosida vujudga kelgan va zamon chig’iriqlaridan o’tib, muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq 18
topgan. Sho’rolar davrida har bir kishi yaxshi yashay olmasa, butun jamiyat ham yaxshi yashay olmasligi uqturiladi. Bu davrda asosiy e’tibor umumdavlat ishlariga qaratildi. Shaxs, oila ehtiyojlari esa diqqat markazidan tushib qoldi. Jumladan, katta davlat bayramlari birinchi darajali, oilaviy – maishiy bayramlar ikkinchi darajali bo’lib qoldi. Xal q ning asrlarmobaynida to’plangan bebaho boyligi – shaxs va oila hayoti bilan bog’liq marosim va bayramlar unutila berdi. Hozirgi paytda jamiyatimiz oldida shaxs, oila turmush tarzini yaxshilash va u bilan bog’liq oilaviy an’analar, urf-odatlar, marosimlarga e’tibor qaratish muhim muammo bo’lib turibdi. Xal q imizning avloddan-avlodga o’tib kelayotgan oilaviy marosimlari sho’rolar davrida jiddiy to’siqlarga uchragan bo’lsa ham mustaqillikka erishilgandan so’ng ular qayta tiklana boshladi. Bu an’ana, urf-odat va marosimlar to’g’risida qator kitoblar chop etildi. Oilaviy marosimlar xalq ma’naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyati, ta’sirchan tarbiya vositasi sanaladi. Oilaviy marosimlar jarayonida namoyon bo’ladigan axloq-odob, mehr-oqibat kabi xislatlar yoshlar ma’naviyati shakllanishida muhim ahamiyatga eag. Xalq an’analari qadrlanadigan oilalarda tarbiya topgan yoshlar ibratli axloqi bilan bosh qalardan ajralib turadi. Bunday oilalardan jinoyatchi, bezori kishilar chi q maydi. Shu bois xalq an’analari va oilaviy urf-odatlar yordamida yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xal q larining urf-odatlarini, axloq odobini o’rganishga bag’ishlagan ekan. o’sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o’rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o’rgangan bilimlarimni 15 yoshli o’zbek qizalog’ining, o’rnidan turib, qo’lini ko’ksiga qo’ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”– degan edi. Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning qo’limizdadir.
19
1.3. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning mavjud holati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab xalqimizning qadriyatlari, azaliy an’analari, udumlari, tili, dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib ish ko‘rayotganimiz o‘z samarasini bermokda. Darhaqikar, yosh avlod tarbiyasiga bizning davlatimizdek qayg‘uradigan va uning kelajagi tug‘risida g‘amhurlik qiladigan biror mamlakat bo‘lmasa kerak. Maqsadimiz buyuk davlat qurish bo‘lgan jamiyatda yoshlarga nisbatan shunday siyosat olib borish tabiiy. Axir, mustaqil davlatimizning ertangi kuni hozirgi yosh avlod qo‘liga o‘tadi. Ular O‘zbekiston o‘z Vatani mustaqilligining muqaddas bo‘lishi, uning rivojlangan va gullab-yashnagan o‘lkaga aylanishi uchun bor kuch va aql-zakovatini safarbar qilishini barchamiz istaymiz. Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri-bu mustaqil davlat talablariga javob beradigan yosh avlodni voyaga yetkazish, kadrlar tayyorlash, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini milliy qadriyatlar va urf-odatlarimiz asosida yaratilishi. Mamlakatimiz maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat berilmokda. Bu borada muayyan ishlar kilingan. Umuman, yosh avlod tarbiyasida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachi va murabbiylarning ma’suliyati haqida ham unutmaslik kerak. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da maktabgacha ta’lim davlatimizning uzluksiz ta’lim tizimida ilk pag‘ona ekanligini ko‘rsatib berilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi yosh avlod shaxsiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: ”Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan kat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”-deb ta’kidlangan. Maktabgacha ta’lim 20
muassasalarida tarbiya berishning bosh maqsadlaridan yana biri, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishdir. Milliy tuyg‘uni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari qalbiga singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘usini o‘yg‘otish. Negaki milliy g‘urur xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘z ona tiliga asoslangan. Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirishning mavjud holati o‘rganilishi lozim. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayoti tarziga ijobiy ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim–tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, ma’sul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota- onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida “Bolajon” tayanch dasturi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Konun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi hamda maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini asosida ishlab chiqildi. “Bolajon” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan dastur hisoblanadi. Dasturda bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish, bolalarni erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ahloqiy va milliy g‘ururli va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlardan iboratdir. “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini”ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni
21
qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Ta’lim jarayonida tarbiya - uzluksiz jarayon bo‘lib, u pand-nasihatlar berish bilan cheklanmaydi, balki maktabgacha ta’lim muassasasida bu ikki yul bilan: kattalarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari, o‘gitlari va asarlarini o‘qib berishi va rivojlantiruvchi muhitni yaratib, bolaning mustaqil fikrlashi, atrofdagi odamlar hatti-harakatlarini kuzatishi natijasida to‘g‘ri xulosalar chikarib olishga yordam berish orqali tarbiyalanadi. Bolalar qalbida o‘z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini tarkib toptirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, ularga o‘zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo‘st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O‘zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog‘i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadida o‘tilayotgan mashg‘ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob-axloqli, milliy g‘ururli komil inson bo‘lib tarbiyalashiga yordam bermog‘i lozim. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda milliy g‘ururni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari, balki oilaning ham mavjud holatini o‘rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo‘sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o‘tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota- onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o‘ylamasak xato bo‘ladi. Milliy tuyg‘uning bir jihati Vatanga, millatga, elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanini sevmagan, millatining tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Inson kamolotida nafaqat maktabgacha ta’lim muassasalari balki, oilaning roli beqiyos katta ekanligi ma’lum. «O‘zbeklarning aksariyati, - deb yozadi I. A. Karimov, - o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon esonligi
22
to‘g‘risida g‘amho‘rlik kilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir». Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning hulk-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi hulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi. Imom ibn Kudoma o‘zining: “Minxojul-kosidin” nomli kitobida bir necha odoblarni zikr qiladi: “Bola voyaga yetib, unda fikrlash alomatlari namoyon bo‘lsa, uni yaxshi kuzatish va ahvolini o‘rganish lozim bo‘ladi. Chunki bolaning qalbi sodda va toza bo‘lib, u har qanday naqshni qabul qilishga tayyor. Agar yaxshilikka odatlantirilsa, yaxshilik bilan ulg‘ayadi. Agar yomonlikka odatlansa, yomonlik bilan ulg‘ayadi va javobgarlik uning yaqinlari bo‘yniga tushadi”. Milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, har bir ota - onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchidir. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining kelgusida qanday inson bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisiga, eng
yaqin kishilari: ota-onalarining o‘zaro muomala madaniyatlariga, aloqalariga bog‘liqdir. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ota-onalari bilan ham milliy g‘urur, mafkuraviy ta’lim ishlarini olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini yoshlikdan xalq va yurt taqdiri uchun fidoiylik tuyg‘usini shakllantirish mafkuraviy tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Buning uchun bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab uni narsalar olami bilan tanishtirishning milliy an’analarimizga xos shakllarini qo‘llash lozim.
23
Chunki, davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat va millatning hamda ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Yosh avlodni bolaligidan boshlab milliy g‘ururli, kishilarga mehr muhabbatli, izzat- hurmatda bo‘lish, vatanning qadriga yetish va hurmat qilish kabi ijobiy hislatlarni tarbiyalab borish barchamizning vazifamizdir.
Bitiruv malakaviy ishimizning I bobi “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari” deb nomlanib, unda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milli tuyg‘ularning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish mavjud holati keng yoritilgan.
II. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARI 2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari. Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan bosh maqsad kelajak avlodni ulg‘ayayotgan farzandlarimizni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o‘sib kelayotgan avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o‘gitlari asosida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Farzand ulg‘aya borar ekan ijtimoiy hayot ijtimoiy munosabatlar atrofdagi hodisalarga o‘z nuqtai nazari bilan moslasha boradi.
24
Bolada bu jarayonning kechishi shaxsni o‘rab turgan muhitning, jamoaning, oilasining qaydarajada milliy va dunyoviy munosabatlarga munosabati asosida vujudga keladi va shu osnoda jamiyatni borliqni, unda shakllangan ong dunyo qarash orqali idrok qiladi. Bir qaraganda bu jarayon-ijtimoiy muhit ko‘rinishida sodda ko‘rinsada, xalkaro miqyosida, turli davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan etnik tarbiya vujudga kelayotganini ko‘rasiz. Shu o‘rinda bizning yurtimiz tarixiy madaniyati-ma’naviyati, milliy an’nalari va qadriyatlari bilan o‘zbek xalqining qalbiga tushirilgan ming asrlik tarixini namoyon etib kelmokda. Xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘z qimmatini saqlab kelmokda. O‘zbek xalqining milliy g‘urur umuminsoniy qadriyatlar katta bir jarayoni tashkil etadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar takomilligi ulkan hissa qo‘shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘ri kenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassamdir. Xuddi shunday milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or nomus, sharmu hayo, ibo iffat, betakror fazilatlar va xalkimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘ri kenglik, mehmon do‘stlik oq ko‘ngillik xususiyatlari ham xalkimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh g‘oyalaridan biri qilib quyish lozimdir. Shu bilan birga diniy qadriyatlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biz xammamiz. “Alxamdullox, musirmon”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz. Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgani. Bu - inkor etib bulmaydigan hakikat. Shunday ekan farzandlarimizni 25
muqaddas dinimizning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu tariqa farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz va urf -odat, qadriyatlarimizga asosan mintolitetimiz asosida hayotga moslashishi, komil inson tarbiyasidagi buyuk maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu qadriyatlar milliy xususiyatlarni o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin: - xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi; - jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el yurt tushunchalarning muqaddasligi; - ota- ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor; - millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat; - kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat; - sabr - bardosh va mexnatsevarlik; - halollik, mehr oqibat. Kabi masalalar ta’limning mazmuni bo‘lishi davr talabidir. Bugun biz ko‘pdan ko‘p masalalar ustida bosh qotirayapmiz. Jamiyatimiz rivoji uchun o‘z hissamizni boricha qo‘shishga harakat qilmokdamiz. Bularning hammasi kelajak avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir. O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyondalari, ona-Vatani bilan fahrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishi va barkaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham milliy g‘urur ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim. Maktabgacha ta’lim 26
muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladigan boy ma’naviy merosga egamizki, bu meros yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida buyuk siymolar, ertaklar, dostonlar, afsonalar, hadislar, maxsus risolalar, bukletlar tarzida taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalk baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini bahshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, Jaloliddin Manguberdi ona Vatan, xalk dahlsizligi uchun qayg‘urdi. Uning ana shunday ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib qoldi. Jaloliddin Manguberdi - vatanparvarlikning jonli timsoli bo‘ldi. U o‘z yuragidagi Vatanga bo‘lgan otashin muhabbatdan kuch olib, dushmanga dahshat soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan domidan tirik chiqib ketadi. Dushman 1231 yilda Jaloliddinni g‘aflatda qoldirib, yelkasiga nayza sanchadi. Uning ko‘zi Jaloliddin belidagi sanochga tushadi. U Jaloliddinnning belidan tikmachoq xaltani oladi, bag‘riga bosib, bir dunyo boylikka ega bo‘ldim, deb sevinadi. Ammo bu boylik Jaloliddin asrab yurgani Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi. Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir Temur (1335-1405) bir umr haqiqat uchun kurashdi, uning shiori ham "Rusti-rosti" - "kuch adolatda" degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan halos etdi. Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas va olamshumul xizmati mo‘g‘ul istilochilari zulmidan vatanni ozod etishi bo‘ldi. Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir. "Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir!", Amir Temurning xalqqa bo‘lgan muhabbatini ana shu otashin va ezgu so‘zlaridan ham bilish mumkin.
Sohibqiron har qachon qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin xalkning dardlariga darmon bo‘lishni eng oliy maqsad deb biladi. U o‘z xalqini sevgan va 27
ona Vataniga sadoqatli odamlarni izzat- hurmatda tutgan, hatto bu mavzudagi vokea-hodisalarni faxr bilan so‘zlab, ko‘plarga ibratmatal tarzida o‘qtirgan, o‘zi esa bunga qatiy amal qilgan. Sohibqiron davlatni boshqarishda o‘z atrofiga halol, diyonatli, ishning ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yo‘lini tayin etib qo‘yadiki, xatto o‘zi ham davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi. Amir Temur bobomiz buyuk imoratlar barpo etadi va ularni ulkan bog‘u rog‘lar bilan o‘raydi, shahar va qishloqlarni tiklaydi, suv inshootlari barpo etadi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi an’analar Amir Temur davrida gullab- yashnaydi va mangu umr topadi. Amir Temur mamlakat obodonchiligiga shu qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut- saodat, Dor ut-tilovat, Gumbazi Sayidon kabi mahobatli qasrlar va maqbaralar quriladi. Masjid, Madrasa, karvonsaroy va hammom kabi jamoat binolari barpo etiladi. Amir Temur nafaqat Movarounnahr va Turkiston, balki boshqa mamlakatlarda ham qal’alar (Afg‘oniston), qasrlar, shaharlar va nahrlar (Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ihlos- e’tiqod bilan Turkistonda Ahmad Yassaviyga maqbara qurdiradi. Toshkent viloyatidagi Zangiota maqbara- xilxonasini ta’mirlab, go‘zal va fasoxatlix, olg‘a keltiradi. Amir Temur dildagi go‘zallik va yuksaklikka bo‘lgan muhabbat uning ona Vatani va xalqiga bo‘lgan buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi. Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni ulug‘lovchi she’r, xikoya va ertaklarni bilishad-yu, milliylikning mohiyatini yaxshi anglashmaydi. Bu tuyg‘ularni tarbiyalash yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tadqiqot jarayonida aniqlandi. Demak, Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun: - milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; 28
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish; - umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usini o‘stirishga qaratilmagan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish uchun bu jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik- psixologik omillarni aniqlab olish taqozo etiladi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling