Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси


Kirish   Mavzuning dolzarbligi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#267384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish

Kirish  

Mavzuning dolzarbligi:   

Respublikamizda  maktabgacha  ta’lim  allaqachon  davlat  siyosati  darajasiga 

ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat 

miqyosida  hal  qilinmoqda.  O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqllikka  erishishi  tufayli 

barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi.  

Bu  o‘zgarishlar  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  ham  tegishli  bo‘lib,  maktabgacha 

ta’lim  zimmasiga  alohida  mas’uliyat  yuklaydi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 

2017—2021 

yillarda  maktabgacha  ta’lim  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida  2016-yil,  29-dekabrdagi  2707-sonli  PQ 

da  maktabgacha  ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog’ini  kengaytirish,  malakali 

pedagog  kadrlar  bilan  ta’minlash,  bolalarni  maktab  ta’limiga  tayyorlash  darajasini 

tubdan  yaxshilash,  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  zamonaviy  ta’lim  dasturlari  va 

texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va 

jismoniy  rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  maqsadida  bir  qator  chora 

tadbirlar belgilab qo‘yildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  PF-4947-sonli 

farmoni harakatlar strategiyasining 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida 

ham  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog‘ini  kengaytirish  va  ushbu 

muassasalarda  bolalarning  har  tomonlama  intellektual,  estetik  va  jismoniy 

rivojlanishi  uchun  shart-sharoitlarni  tubdan  yaxshilash,  bolalarning  maktabgacha 

ta’lim  bilan  qamrab  olinishini  jiddiy  oshirish  va  foydalanish  imkoniyatlarini 

ta’minlash,  pedagog  va  mutaxassislarning  malaka  darajasini  yuksaltirishga  alohida 

e’tibor qaratilgan. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

“Ta’lim 

to‘g‘risida”gi 

Qonunda 

ham 


ko‘rsatilganidek  maktabgacha  ta’lim  bola  shaxsini  sog‘lom  va  yetuk,  maktabda 


 

 



 

 

 



o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Yosh avlod shaxsini 

shakllantirish vazifasini esa maktabgacha ta’limning, samarali psixologik-pedagogik 

metodlarini yaratib, amaliyotga joriy etmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi.  

Ma’lumki,  bolalarni  maktabga  tayyorlashda  tevarak-atrof  bilan  tanishtirish 

muhim o‘rin tutadi. Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini 

qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritish, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga 

yordam beradi. Tovush va so‘zni tug‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida 

katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.  

Shu  sababdan  tevarak-atrofni  o‘rganishga  oid  mashg‘ulotlar  jarayonida 

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  nutqini  shakllantirishga  alohida  e’tibor  berilmog‘i 

lozim.  

Hozirgi zamon talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar adabiy talaffuz 

meyorlariga  binoan  faol  o‘z  lug‘atidagi  barcha  tovush  va  so‘zlarni  aniq  va  tiniq 

talaffuz etib, urg‘ularning to‘g‘riligiga rioya qilmog‘i lozim.  

Tevarak-atrof bilan tanishtirish maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining 

oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir. 

 Maktabgacha  taълим  yoshi  bolalarning  voqelikni  faol  idrok  qiladigan  va 

tevarak-atrofdagi  hayotga  kirishib  ketadigan  bir  davrdirki,  bu  davrda  ularning  so'z 

boyliklari  juda  tez  o‘sib  boradi.  Tarbiyachi  bolalarni  tevarak-atrof  bilan  (narsalar, 

jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini 

yo'lga  qo'yar  va  boshqarar  эkan,  har  bir  bolaga  uning  to'plagan  tajribasini  tartibga 

solishda  yordamlashadi,  unga  yangi  bilimlar  beradi,  unda  qiziquvchanlik  va 

kuzatuvchanlik  qobiliyatlarini  tarbiyalaydi,  o'zini  qurshab  turgan  olamni  bilishga 

bo'lgan qiziqishini o'stiradi. 

Bolalarni  tevarak-atrof  bilan  tanishtirish  ularga  aҳloqiy  tarbiya  berish 

vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda 

ularning  sўz  boyligi  o'sib,  to'g'ri  talaffuz  etish  malakasi  ortib  boradi,  ularda  fikrni 



 

 



 

 

 



grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. 

Agar  bola  kichik  yoshidan  boshlab  to'g'ri  gapirishga  (so'zlashishga)  o'rgatib 

borilsa, u vaqtda bunday bola меъёр holatda rivojlanadi, ya’ni awвal tasavvur etish, 

kеyin  esa  fikr  yuritish,  xayol  qilish  qobiliyati  paydo  bo'ladi  va  bu  qobiliyat  har  bir 

yosh  bosqichida  takomillashib  boradi.  Bolalarda  intellekt  bilan  barobar  (parallel) 

ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.  

Bola  tashqi  dunyoni  xotira,  tasavvur,  xayol,  tafakkur  kabi  ruhiy  jarayonlar 

yordamida,  шуningdek  nutq  yordamida  bilib  olish  qobiliyatiga  ega.  Ammo 

bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur vah.k.) 

shunchaki  bola  organizmining  o'sib  borishi  va  takomillashishi  bilangina  paydo 

bo'lmay,  balki  nutqining  rivojlanishi  bilan  paydo  bo'ladi  va  takomillashadi.  Bolaga 

nutqini o‘stirishda tevarak-atrof bilan tanishtirishni o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni 

maktabda  muvaffaqiyatli  o'qishlari  uchun  zamin  tayyorlanadi,  mehnat  faoliyatiga 

ijodiy yondashishga o'rgatiladi.  

Ko'pgina  tajribalar shuni ko'rsatdiki,  nutqi  rivojlanmagan  bola to'liq  shaxs 

sifatida kamol topmaydi. 

Yuqoridagi  fikrlarga  asoslanib,  biz  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishimizda 

maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  tevarak-atrofni  o‘rganish  jarayonida  nutqni 

rivojlantirishning  samarali  yo‘llari  hamda  vositalarini  ishlab  chiqishda  tayanch 

bo‘ladigan tavsiyalarni yoritishga qaror qildik. 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling