Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#267384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish

Karimov. 

O'zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo'li. Toshkent, , .0‘zbekiston". 1992- y., 20- bet. 




 

 

12 



 

 

 



mumkin: eski o’zbek adabiy tili va hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. 

Eski  o’zbek  adabiy  tili  o’zbek  xalqining  buyuk  mutafakkiri  Navoiy  asos 

solgan  va  keyinchalik  Muqimiy,  Furqat  kabi  demokrat  slioirlar  tomonidan 

rivojlantirilgan  adabiy  tildir.  Bu  adabiy  tilda  yaratilgan  yozma  yodgorliklar 

o’zbek  xalqi  va  uning  tili  taraqqiyot  tarixini  o’rganish  utslum  manba  bo’lishi 

biIan birga, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili uchun ham asos bo’lgan. Hozirgi 

zamon o’zbek adabiy tili yeski o’zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda 

o’zbek  xalqining  iqtisodiyoti  va  madaniyatining  rivojlanishi  asosida  har 

tomonlama boyigan shaklidir. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  bolalarni  har  tomonlama,  ya’ni  jismoniy, 

aqliy,  axloqiy,  estetik  tomondan  tarbiyalashdek  maqsadni  o’z  oldiga  qo’ygan. 

Bu  maqsad  esa  bolalaiga  ona  tilini  o’rgatish  jarayonida  amalga  oshiriladi. 

Bog’chada og’zaqi nutqni o’stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy 

madaniy  saviyasi  oshadi.  Ular  tevarak-atrofdagi  voqea-hodisalar,  tabiat  va 

jamiyat  qonuniyatlarini  tushunib  boradilar.  Bolalarda  nutqning  rivojlanishi 

ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.  

Bola  tashqi  dunyoni  xotira,  tasavvur,  xayol,  tafakkur  kabi  ruhiy  jarayonlar 

yordamida,  shuningdek  nutq  yordamida  bilib  olish  qobiliyatiga  ega.  Ammo 

bolalardagi  intellekt,  ya’ni  ruhiy  jarayonlar  (xotira,  tasavvur,  xayol,  tafakkur 

va  h.  k.)  shunchaki  bola  organizmining  o’sib  borishi  va  takomillashishi 

bilangina  paydo  bo’lmay,  balki  nutqining  rivojlanishi  bilan  paydo  bo’ladi  va 

takomillashadi. 

 Agar  bola  kichik  yoshidan  boshlab  to’g’ri  gapirishga  (so’zlashishga) 

o’rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni a vval 

tasavvur  etish,  kiyin  esa  fikr  yuritish,  xayol  qilish  qobiliyati  paydo  bo’ladi  va 

bu  qobiliyat  har  bir  yosh  bosqichida  takomillashib  boradi.  Bolalarda  intellekt 

bilan  barobar  (parallel)  ravishda  iroda  kabi  ruhiy  jarayon  ham  takomillashib 



 

 

13 



 

 

 



boradi. 

Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to’liq shaxs 

sifatida kamol topmaydi. 

 

Maktabgacha  taълим  yoshi  bolalarning  voqelikni  faol  idrok  qiladigan  va 

tevarak-atrofdagi  hayotga  kirishib  ketadigan  bir  davrdirki,  bu  davrda  ularning  so'z 

boyliklari juda tez o‘sib boradi.  

 

Bolalar  kundalik  hayotdagi  faoliyatlarida  nutqdan  mustaqil  ravishda 



foydalanadilar.  Ammo  ularni  kattalar  nazoratisiz  qoldirilsa,  nutqida  ba’zi  

nuqsonlar  mustahkamlanib  qoladi.  Shuningdek,  yaxshi  tashkil  etilmagan 

mashg'ulot,  o'yin,  mehnat,  maishiy  faoliyat  ham  bola  nutqiga  salbiy  ta'sir 

etadi. 


Bolalarni  tevarak-atrof  bilan  tanishtirish  ularga  aҳloqiy  tarbiya  berish 

vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda 

ularning  sўz  boyligi  o'sib,  to'g'ri  talaffuz  etish  malakasi  ortib  boradi,  ularda  fikrni 

grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. 

Ta'limning  asosiy  shakli  mashg'ulotdir.  Nutq  o'stirish  mashg'ulotlarida 

bola  o'z  nutqini  tarbiyachining  namunaviy  nutqi  bi lan  taqqoslashga,  boshqa 

bolalar bilan o'quv materialini bajarishga, ya'ni tarbiyachining tushuntirishini, 

hikoyasini 

tinglashga, 

birgalikda 

rasmlarni, 

diafilmlarni 

ko'rishga, 

suhbatlashishga,  didaktik  o'yinlarda  ishtirok  etishga,  birgalikda  kuylashga, 

musiqa tinglashga, ma’lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan 

gapirishga o'rganadi. Bolalar mashg'ulotda yangi bilimlar (voqea va hodisalar 

o’rtasidagi  bog'lanishlarga  taalluqli  so'zlar,  nutqning  grammatik  shakllari) 

bilan  tanishadilar,  tarbiyachining  nutqiy  ko’rsatmasi  orqali  o'quv  ishlarini 

bajarishga, o‘z ishtariga baho berishga o‘rganadilar. Mashg'ulotning mazmuni 

va  uni  o'tkazish  uslubiyoti  bolalar  nutqini  rivojlantirishning  maqsad  va 

vazifalariga 

bog'liq 


bo'ladi. 

Tevarak-atrofni 

idrok 

qilishga, 



narsa-


 

 

14 



 

 

 



buyumlarning,  o'yinchoqlarning  nomlarini  bilib  olishga  va  uni  tushunishga 

o'rgatish  bolalarning  ko'ruv,  eshituv  a’zolariga  ta’sir  etish  orqali  amalga 

oshiriladi.  

Maktabgacha taълим yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-

atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari 

juda tez o‘sib boradi. 

Бola  tashqi  dunyoni  xotira,  tasavvur,  xayol,  tafakkur  kabi  ruhiy  jarayonlar 

yordamida, шуningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. 

Ammo  bolalardagi  intellekt,  ya’ni  ruhiy  jarayonlar  (xotira,  tasavvur,  xayol, 

tafakkur  vah.k.)  shunchaki  bola  organizmining  o'sib  borishi  va  takomillashishi 

bilangina  paydo  bo'lmay,  balki  nutqining  rivojlanishi  bilan  paydo  bo'ladi  va 

takomillashadi.  Bolaga  nutqini  o‘stirishda  tevarak-atrof  bilan  tanishtirishni  o'rgatish 

bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi, 

mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi.  

 Bolalarni  tevarak-atrofdagi  buyumlar,  hodisalar,  o'simliklar,  hayvonot 

dunyosi,  kattalar  mehnati  va  h.  k.  lar  bilan  tanishti rish  jarayonida  ularning 

nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan aytamiz.  

Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy 

hayot  hodisalari)  tanishtirar,  ularning  bilish  faoliyatini  yo'lga  qo'yar  va  boshqarar 

ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga 

yangi  bilimlar  beradi,  unda  qiziquvchanlik  va  kuzatuvchanlik  qobiliyatlarini 

tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi. 

Bolalarni  tevarak-atrof  bilan  tanishtirish  ularga  axloqiy  tarbiya  berish 

vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda 

ularning  so

k

z  boyligi  o'sib,  to'g'ri  talaffuz  etish  malakasi  ortib  boradi,  ularda  fikrni 



grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. 


 

 

15 



 

 

 



Bola  nutqining  taraqqiyoti  uning  atrofidagi  odamlar  nutqiga,  tevarak-atrofdagi 

narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog'liq bo'ladi.  

Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan 

hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-

onalari,  tengdoshlari,  tarbiyachilarining  axborotlari  orqali,  shuningdek,  o‘zining 

uncha  ko‘p  bo‘lmagan  so‘z  zaxirasiga  tayanib  bilib  oladi.  Bola  o‘sib  boradi,  uning 

ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. 

Bola  nutqining  taraqqiyoti  ana  shu  xususiyatlari  bilan  katta  kishilar  nutqidan 

farq qiladi. Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo'lgan bola nutqining xarakterli belgisi 

shundaki,  bola  aytadigan  so'zlar  miqdori  juda  kam  bo'ladi,  ya'ni  uning  faol  lug'ati 

juda  sekin  o'sib  boradi.  Bu  yoshda  bola  lug'atining  boyib  borishi  tevarak-atrofdagi 

kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o'sishiga bog'liq bo'ladi. Bola o'ziga aytilgan 

so'zlarni  yaxshiroq  tushunadigan  bo'ladi.  Uning  sust  lug'ati  o'sib  boradi,  o'zi  yaxshi 

gapirmaydi, ammo  boshqalarning  so'zini ko'proq  eshitib, eshitgan  so'z  va  jumlalarni 

o'ziga  singdirib  boradi  va  shuning  zamirida  keyinchalik  o'z  nutqini  yuzaga  keltiradi 

va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan pedagog-tarbiyachi bolalar 

idrok  etadigan  nutq,  so'z  va  gaplarning  mumkin  qadar  boy,  rang-barang  va  to'g'ri 

bo'lishiga  harakat  qilishi  kerakki,  bu  ularda  og'zaki-mantiqiy  fikrlash  qobiliyatining 

paydo  bo'lishiga  ta’sir  etishi  lozim.  Bolada  og'zaki-mantiqiy  fikning  paydo  bo'lishi 

esa  ularning  elementar  tushunchalarni  (balandlik,  yaxshi,  yomon  va  hokazolar) 

o'zlashtirib olishlariga yordam beradi. 

 Nutq  madaniyatining  kamchiliklari  bola  shaxsiyatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. 

Bundan  tashqari,  bunday  bolada  tevarak-atrofni  o‘rganishga  bo‘lgan  qiziqish 

pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtirmaslikka sabab bo‘ladi. 

 

 




 

 

16 



 

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling