Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish
I. БОБ.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHINING ILMIY ASOSLARI.
BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA TEVARAK-ATROF BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI. Ma’lumki, bolalarni maktabga tayyorlashda tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim o‘rin tutadi. Tevarak-atrofni o‘rganish narsa va hodisalarni idrok etish, o‘zini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida fikr yuritis h, o‘ylash, nutq o‘stirishni rivojlantirishga yordam beradi. Tovush va so‘zni tug‘ri talaffuz etish bola shaxsining shakllanishida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta'Iim va tarbiya berislida eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o‘rgatishdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish. Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda yerta paydo bo’ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so’zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik yesa bu so’z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish yehtiyo ji o’sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o’z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o’ziga qarata aytilgan ‘nutqni, so’zlar ma’nosini tushuna boshlaydi. Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo’libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so’zlar va so’z shakllarini o’zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o’rtasidag i o’zaro bog’liqlik haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
10
SHuni ta’kidlab o’tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq -atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya’ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan jarayondir. SHuning uchun ham fikrning realligi tilda nanioyon bo’ladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq—hulqni, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo’ladi. Demak, kishilar til yordamida o’zlaridan ilgari yasliagan kishilarning hayotini, bolib o’tgan voqea va hodisalarni bilib oladilar. SHu bilan birga, o’zlari yashayotgan davrda bo’layotgan voqea va hodisalarni, yangiliklarni o’rganib, bilib oladilar. Til kishilarning eng qulay aloqa-aralashuv vositasidir. Inson til orqali: o’z fikrini bayon qiladi— axborot beradi; boshqalarning fikrini anglaydi — axborot qabul qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berislida yeng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o’rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o’rgatishdir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bolmaydi. CHunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat yesa aloqasiz rivojlanmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari, tarbiyachilarining axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi.
11
Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshkqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so‘zlar miqdori ustida yetarlicha o‘ylab ko‘rilmaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim olishga (maktab ta’limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o’rin egallaydi. „... Xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish ...demakdir" 1 , deb ta’kidlab o’tgan edi Respublikamiz birinchi Prezidenti 1. A. Karimov. Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan beri mavjud. U o’rta asrlardagi G’arb va SHarq mutafakkirlarining asarlarida ko’rib chiqilgan. O’sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga bekiyos hissa qo’shdilar. O’tgan davrlarda mehnatkashlaring o’z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maksadida qo’lga qo’yish borasidagi tajribalarini nafakat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni bosh qaruvchi ob’ektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o’rganish lozimO’zbek adabiy tili o’zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og’zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. O’zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko’ra ikki adabiy tilga ajratish
1 I.A.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling