Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#267384
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish

Kattalar  mehnati.  Bolaning  kattalar  mehnati  haqidagi  tasavvurlarini 

rivojlantirish.  

O‘zbek  xalqi  qadim-qadim  zamonlardan  beri  dehqonchilik  (paxta,  bug‘doy, 

arpa,  sholi,  makkajo‘xori  va  b.)  va  chorvachilik  bilan  shug‘ullanishi  haqidagi 

tasavvurlarni  shakllantirish.  Chorvachilikka  oid  kasblar  (cho‘pon,  otboqar,  sut 

sog‘uvchilar) haqidagi tushunchalarini kengaytirish.  

Kishilarning  bog‘,  poliz  va  dalalardagi  mehnatlari  haqidagi  bilimlarini 

mustahkamlash. Masalan, dehqon kuz faslidan yer haydab, kelgusi yil hosilini ekish 

uchun  tayyorlashi,  o‘g‘itlashning  ahamiyati,  erta  bahordan  yerga  urug‘  ekish,  uni 

parvarishlash, vaqtida sug‘orish va h.k.  

Bolani  paxtakorlarning  mehnati  bilan  tanishtirish,  uning  yerga  ishlov  berib, 

chigit ekishi,  hosilni yig‘ib-terib  olguncha  g‘o‘zani  asrab-avaylab o‘stirishi, vaqtida 

sug‘orib,  ishlov  berish  bilan  birga,  bu  ishlarda  ob-havo  injiqliklarini  yengishi 

kerakligi haqida tushuncha berish.  

Pilla, pillakorlar, pillaning ipakli gazlama holiga kelgungacha bo‘lgan mehnati 

bilan tanishtirish. Ipak qurti tut bargi bilan oziqlanishi va pilla o‘rashi, undan ipaklar 




 

 

27 



 

 

 



yechilib  o‘ralishi  va  ipakdan  turli  gazlamalar  –  atlas,  adraslar  to‘qilishi  haqida 

suhbatlar o‘tkazish.  

O‘zbek  paxtasi  va  pillasi  jahon  bozorida  o‘z  o‘rniga  egaligi  haqida  qisqacha 

so‘zlab  berish,  bola  qalbida  muvaffaqiyatlarimizdan  faxrlanish,  iftixor  tuyg‘usini 

shakllantirish.  

Xalq  xo‘jaligining  muhim  tarmog‘i  hisoblangan  qurilish  haqida  tushuncha 

berish.  Bola  e’tiborini  o‘lkamizda  bo‘layotgan  katta  o‘zgarishlarga,  qad 

ko‘tarayotgan  mahobatli  binolar,  zamonaviy  uylar,  keng  yo‘llar,  mustahkam 

ko‘priklar  qurilib,  ishga  tushirilayotganiga  qaratish.  Quruvchilarning  mehnat 

natijalari, quruvchilik kasbining ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazish.  

Bozor,  do‘kon,  sotuvchi,  xaridor  haqida,  sotuvchi  va  xaridor  o‘rtasidagi 

muomala madaniyati haqida tushuncha berish. Bozor va do‘konlarning turlari (oziq-

ovqat, kiyim-kechak, xo‘jalik mollari) haqida tasavvurlarini mustahkamlash.  

Bolaning shifokorlar mehnati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.  

Kattalar  mehnatiga  hurmat  hissini  tarbiyalash,  ilk  mehnat  ko‘nikmalarini 

o‘rgatish  maqsadida,  tevarak-atrofda,  uyda,  guruh  xonasida  doimiy  tartibni, 

ozodalikni  saqlashga,  atrofdagilar  uchun  foydali  bo‘lishga  intilishga;  navbatchilik 

vazifasini  mustaqil  va  sidqidildan  bajarishga;  stolni  ovqatlanishga  tayyorlash; 

ovqatdan  so‘ng  idish-tovoqlarni  yig‘ishtirish,  stollarni  artish;  tarbiyachi  tomonidan 

mashg‘ulotlar  uchun  tayyorlangan  material  va  qo‘llanmalarni  stol  ustiga  terib 

qo‘yish;  ijodiy  o‘yin  burchagini  tartibga  keltirish,  o‘ynalgan  o‘yinchoqlarni  yig‘ib 

joyiga  qo‘yish,  o‘yinchoq  shkafni  tartibga  keltirish;  guruh  va  yuvinish  xonalaridagi 

shkaflarni,  deraza  tokchasidagi  changni,  o‘yinchoqlar  va  qo‘llanmalarni  artishga 

odatlantirish.  

Kitoblarni,  o‘yinchoqlarni  tuzatish  ishlarida  bolaning  faol  qatnashishiga 

erishish.  




 

 

28 



 

 

 



O‘yin  maydonchasi  va  yo‘lkalardagi  barglarni  terishga,  tozalashga 

odatlantirish. Qum idishdagi qumni kovlab yumshatishga o‘rgatish.  

Bolada  mehnat  madaniyatini,  xona  ichidagi,  maydonchadagi  tozalik  va 

tartibdan mamnun bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish.  

Kasb  –  hunarga  o‘rgatuvchi  “Do‘kon”,  “Dehqon  bobo”,  “Pochta”,  “Chevar”, 

“Haydovchi”,  “O‘qituvchi”,  “Hamshira”,  “Bozor-bozor”,  “Oshpaz”  “Bog‘bon-

bog‘bon”, “Kim chaqqon?”, “Nimaning o‘rni o‘zgardi?” kabi o‘yinlarni o‘ynash.  


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling