Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish
Buyumlar. Buyumlarning o‘ziga xos belgilari va ulardan foydalanish
xususiyatiga ko‘ra guruhlarga ajratish. Temir, yog‘och va matodan ishlangan buyumlar, ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida tushunchalar hosil qilish. Buyumlarning yasalishi va ishlatilishi haqida suhbatlar tashkil etish. Bunda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun “Bolajon" dasturda bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ≪Mustaqillik kuni≫ (1991 yil 1
29
sentabr), O‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer-osti va usti boyliklari, tohlari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu-bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek halqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston halq ho‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlarni aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar so‘z boyligini kengaytirishda respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish; ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning uxshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va to‘g‘iga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning bog‘lanishli nutqi yoshiga ko‘ra orqada qolib, qator kamchiliklar mavjud. Shuning uchun biz ularning nutqini kuzatishda odatdagi hayotiy faoliyatidan chetga chiqmaslikka harakat qildik. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratildi: 1. Ona tili boyligidan unumli foydalanish.
30
2. Nutqni rivojlantiruvchi omillarni to‘g‘ri belgilash. 3. Nutqni rivojlantirish jarayoni. 4. Nutqni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlik. 5. Nutqni rivojlantirish mazmuni. 6. Nutqni rivojlantirish shakllari. 7. Nutqda ijtimoiy-maishiy omillarning o‘zaro aloqasi. 8. Sayrlar, o‘yin va mehnat jarayoni — nutqni o‘stirishning muhim vositasi ekanligi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining katta guruhlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllanganligini aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘xatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda olib boriladi.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling