Термиз давлат Университети Педагогика факулътети Психология таълим йўналиши битирувчиси Нормуродов Ғайратнинг “Тадбиркорлик фаолияти хусуси


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#267384
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini ostirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish

mavzuida suhbat. 

Bu suhbat maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisiga gul o‘tkazilgandan keyingi 

kun bo‘lishi mumkin. 



 

 

49 



 

 

 



Tarbiyachi: Bolalar, biz bog‘cha hovlisiga qanaqa gullarni o‘tazdik? Kim qanday gul 

ko‘chati olib kelgan edi? 

Bolalar: Biz atirgul, ra’nogul, lola, gulsafsar, karnaygul, xrizantemalarni o‘tkazdik. 

Lola: Men atirgul olib keldim. 

Zuxra: Men ra’nogul ko‘chatini olib keldim. 

Mehriniso: Men xrizantema ko‘chatini keltirdim. 

Bahrom: Men lola piyozini olib keldim. 

Tarbiyachi: Kimning guli qayerda o‘sayotganini qanday qilib bilib olasiz? 

Lola: Gullarimiz ochilganda bilib olamiz. 

Tarbiyachi: Ularni kim parvarish qiladi? 

Bolalar: Xammamiz parvarish qilamiz. 

Shoxruh: Bog‘bon bobomiz parvarish qiladilar. 

Tarbiyachi: Bolalar, biz parvarish qilamizmi, bog‘bon bobomizmi? 

Gulnoza: Bog‘bon bobomiz keksalar. Biz u kishiga gullar parvarishida yordam 

qilishimiz kerak. 

Tarbiyachi: To‘g‘ri, bu gullarni biz o‘tkazdik, endi ularning parvarishiga yordam 

beramiz. Aytingchi, gullar qanday parvarish kilinadi? 

Shohsanam; Suv quyamiz. 

Lola: Tagini yumshatib, chopiq qilamiz. 

Gulnoza: O‘tlardan tozalaymiz. 

Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri javob berdingiz. Orangizda o‘sayotgan gullarni payhon qilib 

tashlaydigan bolalar ham bormi? 

Nosir: Yuk, biz unday bolalarni gulzorimizga qo‘ymaymiz. 

Lola: Gullarni yulib bo‘lmaydi, deb tushuntiramiz. 

Tarbiyachi: Juda yaxshi aytdingiz. Gullarni payhon qilib bo‘lmaydi. Har bir bola 

bittadan gul uzaversa, nima bo‘ladi? Gullarni yulib ham bo‘lmaydi. Chunki ular 

hayotimizni yanada go‘zal qiladi. 



 

 

50 



 

 

 



Lola: Hayotni go‘zal qiladi, degani nima degani? 

Tarbiyachi: Gulzorda hamma gullar ochilganda, bog‘cha xovlisi chiroyli bo‘lib 

ketadi. Bundan xammamiz quvonamiz. Bog‘chaga borgimiz kelaveradi. Kayfiyatimiz 

ko‘tariladi. Xamma yugurib-yelib ish qilgisi keladi. 

Ana shularning barchasi hayotning go‘zalligini anglatadi. 

Sarvar: Demak, xonamizdagi gullarni ham parvarish qilsak, ularni ko‘paytirsak, 

xonamiz ham chiroyli va go‘zal bo‘ladi. 

Sevara:  Bog‘chamiz  shinam  bo‘lad,  biz  quvonamiz  har  kuni  bog‘chamizga, 

guruhimizga kelgimiz kelaveradi. Bolalar guruxi bilan suhbat uyushtirilganda, suhbat 

uchun  ularning  kundalik  turmushida  uchraydigan  transport  turlari  tanlandi.  Suhbat 

quyidagi savollar asosida olib borildi: 

1.  Odamlar  bir-birlarinikiga,  ishga,  o‘qishga  nimada  boradilar?  (yengil 

avtomobil, tramvay, trolleybus, avtobus). 

2. Quruqlikda yuradigan qanday transport turlarini bilasiz? (tramvay, avtobus, 

trolleybus, poyezd, yuk mashinalari, yengil mashinalar). 

3.  Suvda  qanday  transport  turlari  yuradi?  (paraxod,  qayik,  kater,  suv  osti 

kemalari). 

4. Xavoda-chi? (samolyot, vertolyot, raketa, kosmik kema). Suhbat jarayonida 

bolalarning  mavzudan  chalg‘ib  ketish  hollari  ham  bo‘lib  turadi.  Shuning  uchun 

yo‘naltiruvchi  savollardan  ham  foydalanildi.  Bu  xildagi  suhbatlarda,  albatta, 

bolalarning barchasi qatnashishi maqsadga muvofiq. 

Yuqoridagi  guruh  bilan  navbatdagi  suhbat  sayrga  chiqish  jarayonida  olib 

boriladi. Sayrga ota-onalardan 2 kishi hamrohlik qilishi mumkin.  


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling