Bayram tayyorgarligi: Bayram o’tkaziladigan joy va uning jihozi: zal bayramona
bezatilgan. Sahna atrofiga har xil qushlar surati aks etgan plakatlar, “Qushlar
bizning do’stimiz “, “Qushlarni seving” shiorlari osilgan, qafaslarda
jonli qushlar
keltirilgan, ora-surada bedana qushining jarangdor, sayroqi ovozi eshitilib turibdi.
Sahna milliylikka yo’g’rilgan ruhda.
Mas’ul shaxslar: ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha diriktor o’rinbosari, sinf
rahbari, ota-onalar qumitasi raisi va sinf faollari.
Bayram rejasi:
1. Kirish. ( Kechani ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari ochib
beradi)
2. Asosiy qism: O’quvchilarga bayram ochiq deb e’lon qilinadi;
Tadbir boshlanadi.
3. O’quvchilar ishi bo’yicha “Yosh musavvirlar” musobaqasi uyushtiriladi.
4. Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi.
5. Tadbir yakunlanadi.
Tadbir syenariysi:
Bayram jarchilarning chiqishi bilan boshlanadi:
1- jarchi: Bolalar-u bolalar,
2- jarchi : Yurtdagi gul- lolalar!
1- jarchi: Eshitmadim demanglar,
2- jarchi: Eshitganlar
jilmanglar,!
1- jarchi: Bugun maktabimizda
2- jarchi: Katta tadbir bo’ladi, ho-ho-hoy!
1-2- jarchilar:
“Qushlar bayramiga xush kelibsizlar!!!
Sahnaga 2 ta boshlovchi chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: