Qo’limiz ko’ksimizda, salom-assalom!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz
mehmonlar, ustozlar, qadrli o’quvchilar. Mana bugun
maktabimizda katta tantana.”Qushlar bayrami” mavzusiga bagishlab
o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsizlar!
( Davraga qaldirg’och kiyimidagi bola keladi.)
O’quvchilarga qarab:
Qaldirg’ochman qaldirg’och
Men keldim yozib quloch.
Horib keldim men shu choq
Ko’kka solib arg’imchoq
O’quvchilar:
Qaldirg’ochjon kelaqol,
Bizga mehmon bo’laqol.
Boshlovchi:
Qaldirg’och do’stlaring qani,
Qaldirg’och:
Ularga yo’lda bir yomon bola duch keldi. Ular kelishga qo’rqishyapti.
( Davraga yomon bola qiyofasidagi bola kirib keladi.)
Yana qaldirg’och: U qushlarga tosh otadi.
Boshlovchi: Bolalar aytingchi qushlarga tosh otgan bola qanday bola?
Hamma:
Yomon bola
1- o’quvchi:
Yaxshi bola
emasdir- u,
Sizga aytar so’zimdir bu,
Qushlar bilan do’stlashmay,
Ularga tosh otgan bola.
2- o’quvchi:
Uni derlar berahm,
Qilar ishi doim zahm.
Bebosh, nodon, kaltafahm
Qushlarga tosh otgan bola.
Boshlovchi: Mana do’stlar, qushlarga ozor bergan bolalar yomon bola bo’ladi. Biz
qushlarga don berib, uyalar yasab berishimiz kerak. Sizlar qushlarni
qiynamaysizlarmi?
Hamma:
Yo’q,
Boshlovchi:
Ularga yordam berasizmi?
Hamma: Ha.
Yomon bola qilmishidan uyalib kechirim so’raydi, shundan so’ng bolalar
qushlarni chaqirishadi:
Hoy qushlarjon kelinglar,
Bizga mehmon bo’linglar.
( Qushlar kiyimidagi bolalar kirib keladi: kaptar, turna, chittak, kaklik,
bulbul, turg’ay, zag’izg’on, musicha, qizilishton)
Do'stlaringiz bilan baham: