Termiz davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
XULOSA Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan bayram tadbirlarini turlari, tashkil etishning yo’l-usullari, vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Natijada, quyidagi xulosalarga keldik: 1. Bayram tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, his- tuyg’ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda qolmasligi kerak; 2. Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan, shuningdek ularning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o’qituvchi va o’qituvchilarning mazkur faoliyatga maxsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir. 4. Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni keng yo’lga qo’yish zarur. Bu o’rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija yuqori bo’ladi. 5.Bayram tadbirlarini o’tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va takomillashtirishga doir metodik qo’llanmalar, ko’rsatmalar tayyorlanishi va nashr etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir. TAVSIYALAR Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari bayram tadbirlariga rahbarlik qilishda, avvalo milliy qadriyatlarga, ularning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e’tibor berish kerak (masalan, ertak va maqollar vositasida; tarixiy mavzular yoki milliy bayramlar: “Navro‘z”, “Mustaqillik kuni”, “Bilimlar kuni” va shu kabilar); 2. Yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish; 3. Darsdan tashqari tadbirlar orqali o‘quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yo‘llarini izlash; 4. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta’siri vositasida ba’zi o‘quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish; 5. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bunday tadbirlarda zo’r ishtiyoq bilan qatnashadilar. Ba’zan hamma o‘quvchilar ham birdek talabga javob bera olmaydilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling