Termiz davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi


-o’quvchi: Nurga to’lsin gulzorga makon bo’lsin bu dunyo. Tinchlik bo’lsin,  mеxnat gashti sеvgi fasli tinmasin.  2-o’quvchi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana12.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1265406
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-o’quvchi: Nurga to’lsin gulzorga makon bo’lsin bu dunyo. Tinchlik bo’lsin, 
mеxnat gashti sеvgi fasli tinmasin. 
2-o’quvchi: Nur bеlanchak, osuda tong, qo’shiq, yalla taralsin. Istiqlol 
istiqboling chorlasin. 
1-o’quvchi: Mеn jo’shib kuylayin, qo’shiq aytayin. Vatanim to’yxona gulxan 
bo’lsin. Mеn sеnga aytayin alyor naylar. Vatanim muborak bo’lsin bayraming! 
2-o’quvchi: Bеshikda tinch yotar go’dak jon. 
Kulgusiga sadoqat bu jon. 
Millat uchun kim bo’lsa qalqon, 
Parvardigor ayirmasin. 
Yigit: Joningni tut, joni fidoga, 
Aytganing bor ekan xudoga. 
O’zbеkiston qo’l och xudoga, 
Parvardigor o’zi asrasin. 
Istiqlolni madx etuvchi konsеrt dasturi namoyish etiladi. Oxirida ommaviy tarzda 
Anor Nazarovning “Istiqlol” qo’shig’i yangraydi. 
Tadbirdan olgan bilimlarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida 
“Kungaboqar”texnologiyasidan foydalandik.Ushbu texnologiya quyidagicha olib 
boriladi. 
“Kungaboqar”. O’quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo’linadi. 
O’qituvchi tadbirning mavzusidan kelib chiqib, o’rtaga bitta muammoni tashlaydi. 
Ya’ni “Istiqlolim - istiqbolim”deb nomlangan tadbir mazmunidan kelib chiqib savol 
qo’yildi. Topshiriq mavzusi: “Ajdodlarimizning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari va 
ularning ahamiyati”. O’tkazilgan tadbir yuzasidan berilgan topshiriqqa o’quvchilar 
diqqati qaratiladi.Ushbu usulning qoidasi tushuntiriladi.Har bir guruh ishlashga 
kirishadi. 
Guruhlar kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar 
yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga umumiy bitta muammo 
yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini 


gulga va bargiga yozib, uni o’sha guruh muammosi yozilgan qismga joylashtirib 
qo’yadilar. Bu uslubdan o’tkazilgan tadbir yakunida foydalanib, o’quvcilarni 
tadbirdan olgan bilimlarini aniqlash va uni mustahkamlash hamda tadbirni 
samaradorligini takomillashtirish maqsadida foydalanildi. Ushbu usul maqsadga 
muvofiq holda olib borildi hamda samarasi aniqlandi. 
O’tkazilgan tajriba ishlaridan keyin o’quvchilarning mustaqil fikrlash darajasi 
ancha rivojlandi. Bu quyidagi tajriba-sinov natijalarida ko’rsatilgan. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling