Termiz davlat universiteti pedagogikafakulteti


Download 1.02 Mb.
bet1/15
Sana05.09.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1672908
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3- sinf TAYYYO yangi finall



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKAFAKULTETI


BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT
TARBIYAVIY ISHI TA’LIM YO’NALISHI
3-KURS 301-GURUH TALABASI

CHORIYEVA ZEBONING

MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI
FANIDAN

“3-sinf matematika darslarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish”


MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Bajardi: Choriyeva Z
Ilmiy rahbar: Muxtorova L
TERMIZ-2021

MUNDARIJA
kirish………………………………………………...……………...…….3
I BOB.MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI TA’LIMDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI………………………….6-18
1.1.Muammoli ta’lim, uning mazmuni va mohiyati……...……….…..6-12
1.2.Matematika darslarida muammoli o’qitishning imkoniyatlari.......13-18
II BOB. 3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYATNI VUJUDGA KELTIRISHNING USULLARI…………….19-32
1.1.3-sinf matematika darsligida muammoli topshiriqlar tahlili……..19-26
2.2.3-sinf matematika darslarida muammoli topshiriqlar asosida darslarni tashkil etish usullari.……………………......................……………..……...26-32
Xulosa va tavsiyalar…………………………......................................33-37
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….…….………38-40
Ilovalar

KIRISH.


Mavzuning dolzarbligi: O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishishi natijasida ta'lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi ulkan o`zgarishlar, yangiliklar ro`y bеrdi. Bu yangiliklar ichida zamonaviy o`qitish mеtodlari alohida o`rin egallaydi. Kеyingi yillarda ilg`or pеdagoglar tomonidan amalga oshirilayotgan muammoli o`qitish ta'lim jarayonida o`quvchilarda sеzgirlik, topqirlik kabi xususiyatlarning shakllanishida eng samarali usullardan ekanligi yanada ravshan bo`lib qolmoqda. Muammoli ta'lim va muammoli vaziyat o`qitish tizimida faol, o`quvchilarni ijodiy fikrlashga yo`naltiruvchi mеtod sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muammoli ta'lim dеganda muammolilik prinsiplarining uyg`unlashuvini hisobga olgan holda tuzilgan hozirgi o`qitish jarayonini tushinish maqsadga muofiqdir. Muammoli ta'lim - bu mantiqiy fikr yuritish opеratsiyalarini (analiz va sintеz, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash (klasifikasiyalash) va o`quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ma'naviy ehtiyoj, anglashilgan mativ kabilarni) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o`qitishning ilgari ma'lum bo`lgan usullarini qo`llanish qoidalarining yangi tizimidan iboratdir. Shu bois u ko`proq o`quvchi fiklash qobilyatining rivojlanishini, uning umumiy taraqqiyoti va e'tiqodi shaklanishini taminlashga xizmat qiladi. Muammoli ta'limni nazariy va amaliy takomillashtirayotgan psixolog va pеdagoglar, muammoli darsni tashkil qilish masalasiga katta e'tibor bеrmoqda.
M.L.Mahmudov, K.M Yangiboеva, D.R Bikbayеva, R.SQosimova va bu kabilarning ilmiy ishlari muammoli darsni tashkil etishning xususiyatlarini ochib bеrishga qaratilgandir.
Xususan ,Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ning ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida quyidagilarni amalga oshirish belgiladi:
-yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish,bolalar va yoshlar o’ratsida sog’lom turmush tarzini shakllantirish;
-ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida umumiy o’rta ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirish, fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich ko’paytirish.
Muammoli ta'lim yo`li bilan faollashtirishning maqsadi o`quvchilarni favqulotda, bеtartib ravishda vujudga kеladigan fikrlash opеratsiyalariga o`rgatish emas, balki ularni tushunchalarning o`zlashtirish darajasini oshirishlarini amalga oshiradi.
Ta’lim va tarbiya tizimining samaradorligini oshirishda matematik savodxonlikni yanada oshirish va bu borada keng ko’lamli ishlarni tashkil qilish lozim.Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga ko’ra hozirda mamlakitimizda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar qurilmoqda.
Kurs ishi maqsadi. 3-sinf matematika darslarida muammoli vaziyatni vujudga keltirishda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
______________________________
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” 2017-yil 7-fevral PF-4947-sonli Farmoni

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling