Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Taraqqiyotning normativligi prinsipi 2
Download 3.08 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya(1)
1. Taraqqiyotning normativligi prinsipi
2. "Yuqoridan pastga" tuzatish prinsipi. 3. Psixik taraqqiyotning sistemaligi prinsipidir. Taraqqiyotning "normativligi" prinsipi psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini hisobga olishni, bola shaxsi rivojlanishi uchun taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligini ta‘minlaydi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan bunday yuqori talabchanlikka misol sifatida ota - onalarning diqqatini bir joyga to‘play olmaslik, qaysarlik, aytgan ishini bajarmaslik kabi bolalar ustidan qilgan shikoyatlarini keltirish mumkin. Taraqqiyotning normativligi prinsipi bilan "yuqoridan - pastga" tuzatish prinsipi uzviy bog‘langan. Bu prinsipda bola psixik taraqqiyoti uchun ta‘limning yetakchi roli e‘tiborga olinadi. "Pastdan -yuqoriga" tuzatish tarafdorlari tuzatish ishlarining asosiy mazmuni sifatida boladan mavjud 164 psixologik qobiliyatlarni mashq qildirishni ko‘rsatadi. Bu erda ta‘lim taraqqiyotdan keyin keladi. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta‘limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. 1984 yilda Moskvada SSSR FA psixologiya institutida «SSSR da psixologik xizmat muammolari bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi. Sobiq sovet Ittifoqida birinchi bo‘lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, YU.L.Sыerd bo‘lib, tarbiyasi qiyin o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir. Download 3.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling