82
tanlash kеrak, chunki ularning psixik xususiyatlariga mutanosib kasbni
tanlash
profеssional tanlash d еyiladi; 2) shaxslarning individual
xususiyatlarin hisobga olish joiz; 3) t еmpеramеntga xos kamchiliklarni
(salbiy illatlarni)
bartaraf etish lozim; 4) insonlarda individual uslubni
shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli ,
faol va ijodiy
munosabatda bo‘lish muvaffaqiyatlar garovidir.
8-MAVZU: XARAKTER.QOBILYAT
Reja:
8.1.Xarakter haqida tushuncha. Xarakter tipalogiyasi, Xarakter tarkibi.
8.2.Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. Xarakter aksentuatsiyasi.
8.3.Qobilyat haqida tushuncha.
8.4.Qobilyat tuzilishi. Talant paydo bo‟lishi va tuzilishi.
Tayanch so‟z va iboralar
Xarakter, tamg‟a, belgi, aksentuatsiya, destim, piknik, qobilyat, istedod, talant,
maxorat.
8.1.Xarakter haqida tushuncha. Xarakter tipalogiyasi, Xarakter tarkibi
Bizga ma‘lumki, har qanday odamlar boshqa odamdan o‘zining individual-
psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bundan ma‘lum
bir odamga xos
bo‘lgan hislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs
uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo‘ladigan, tipik sharoitlarida
ko‘rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati
bilan belgilanadigan
individual psixik xususiyat yig‘indisi tushuniladi. Xarakter termini fanda qadimgi
yunoncha «tamg‘a», «xususiyat» ma‘nosini anglatadi. Teofrast o‘zining xarakterga
bag‘ishlangan «Traktat»ida 30 xil xarakterni ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: