Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

 
2.3.Ong va ongsizlik (anglanmagan, ong darajasiga borib yetmagan 
harakatlar) holatlari 
XX asr g‘arb psixologiyasining yana bir nufuzli yo‘nalishi - psixoanalizdir. U 
ko‘pincha avstriyalik psixiatr va psixolog Z.Freydning nomi bilan freydizm deb 
ham yuritiladi. Freydizm nuqtai nazaridan olganda, odam amalda ijtimoiy hodisa 
emas. Kishi xulq-atvori ikkita: «Huzur-halovat yo‘nalishi» va «Reallik yo‘nalishi» 
yo‘nalishlarga 
bo‘ysindiriladi. 
Psixoanalitiklar 
anglanilmaganlik 
psixik 
g‘o‘zo‘ovchilar bilan avval boshdanoq odamga dushman bo‘lgan ijtimoiy muhit 
o‘rtasidagi homiy qarama – qarshilik to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqib, 
individ, bir tomondan vijdon, nomus, qo‘rquv va shu kabilar shaklida o‘z boshidan 
kechiradigan qatag‘onlarni yaratuvchi muhitning talablar, ikkinchi tomondan esa 
hukmini o‘tkazuvchi anglanilmagan mayllarning bir –birini sig‘ishtirmasligi bilan 
bog‘liq ichki konflikt holatga muqarrar tushadi, deb da‘vo qilishgan edi. Kishi 
bunday vaziyatlar oqibatida vujudga kelgan tanglikdan shahvoniy g‘ayrat ijtimoiy 
jihatdan maqbul yo‘lgaburib yuboradigan himoya mexanizmlarini ishga solgan 
tarzda qutiladi. Katta yoshdagi odamning anglanilmagan holda yo‘naltiruvchi xatti-
harakati, uning ilk bolalik davrida shakllangan maqsad-istagining qaramligida 
bo‘ladi va amalda uning butun umri bo‘yi sira o‘zgarasdan faqat ongning 
«senzurasi» bilan murosaa qilish zaruratidan niqoblarib qolib ketadi. Freyd 
psixologlarning anglanilmaganlik va psixolog himoya muammolariga, katta 
yoshdagi kishining xulq - atvoriga, bolalikdagi voqealarning ta‘siriga va 
boshqalarga jalb qiladi, lekin bu muammolarni tubdan to‘g‘ri, shaxs 
psixologiyasini biologiyalashtirgan, shaxsning hatto ijtimoiy kuch deb ta‘riflagan 
holda anglanilmaganlakning ongdan ustunligi va kishi xulq – atvorining shahvoniy 
mayllarga bo‘ysinishi to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqib talqin etgan edi. 
Freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat 
haqidagi umumiy ma‘lumotga aylantirib g‘arb mamlakatlarida katta e‘tibor 
qozondi.Psixoanalitik asarlarning umumiy tavsifi go‘yo ichidan turib kishini idora 
qiladigan induktiv mayllarning boshqarilmaydigan holatdagi o‘zini eplay 
olmaydigan qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘yadigan qorong‘i, ongsiz kuchlar haqida 
Freydning ta‘limoti hush keladigan jamiyatning idiologik kurashga, aylanishiga 
imkon yaratib beradi. Psixoanaliz—ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyalarga 
asoslangan psixologik ta‘limot hamda psixoterapiya metodi. Psixoanaliz XIX asr 
oxiri XX asr boshlarida avstriyalik vrach va psixolog Z.Freyd tomonidan asab 
kasalliklarining umumiy nazariyasi va ularni davolash metodi sifatida ilgari 
surilgan. Erkin assotsiasiyametodiga asoslangan Freyd ta‘limotiga ko‘ra 


20 
psixo‘analizda insonni psixik hayoti tug‘ma, ongsiz mayllarga bog‘lanadi; 
insondagi turli ruhiy kechinmalar, amalga oshmagan istaklar butunlay yo‘qolib 
ketmaydi, balki ong doirasidan ongsizlik holatiga o‘tib, psixik hayotga faol ta‘sir 
ko‘rsatadi va bu hol ko‘pincha asabiylik alomatlarida namoyon bo‘ladi, deb 
ko‘rsatiladi. Psixoanalizning asosiy davolash usuli instinktlarni g‘ayritabiiy yo‘l 
bilan qondirish yoki ularni boshqa faoliyatga ko‘chirishdan iboratdir. Psixoanaliz 
namoyondalari salbiy ijtimoiy hodisalarni ham «biologik » sabab bilan 
tushuntirishga harakat qiladilar. Psixoanliz Evropada ayniqsa, birinchi jahon 
urushidan so‘ng keng tarqaldi. 
Insondagi ruhiy kasalliklarning rivojlanishi ijtimoiy-hayotiy sharoitlarga bir 
jihatdan bog‘liqligi ilmiy ravishda isbotlangan. 
Zigmund Freyd inson ruhiyatini tahlil qilar ekan, uning ichki qonunlari 
ongsizlik borasida yashirinib yotgan tomonlariga alohida e‘tibor berdi. Inson 
borlig‘ining muhim jabhasi, ruhiy dunyosi modelini yaratdi. Olim xulosasiga 
binoan, bu model uch qismdan iborat bo‘lib, asosini avvalo «U»(anglab etilmagan 
g‘ayri shuuriylik yoki ongsizlik) tashkil etadi. Keyingi qismi esa «Men» (ong) 
hisoblanadi. Bu insonning ongli faoliyati bo‘lib, matematik formulalar va turli 
belgilar bilan ifodalanadi.
Uchinchisi «Mendan ulug‘» (shartli ravishda ijtimoiy ong deb atasa bo‘ladi) 
holatdir. Freyd birinchisini lotincha «Id», ikinchisini «ego», uchinchisini esa 
«Super ego» deb nomlaydi.Inson ichki dunyosi asosan ana shu «uchlik»dan tashkil 
topadi, deb tushuntiradi.
Inson ichki dunyosi, ruhiyatini mazkur uchlik vositasida o‘rganar ekan, olim 
«Id» ongsizlikni chopqir otga o‘xshatadi. «Men» (ego)-ong, onglilikni 
chavandozga o‘xshatadi. Chavandoz turli maqsadlari yo‘lida otni xohlagan 
tomonga yo‘naltira oladi. Biroq kuch-qudrat, energiya manbasi chavandozda emas, 
otda bo‘lib, u butun yumushni bajaradi. Shu tufayli olim, butun energiya, kuch-
qudratning manbasi ongsizlikda deb ko‘rsatadi.
Ongsizlik nimaga kerak, bilish jarayoni uchun qanday ahamiyatga ega? 
Insonning bunday faoliyati xilma-xil ruhiy holatlar, jarayonlardan iborat bo‘lib, 
bunga uyqu, tush, intuitsiya, ongosti, ongoldi hodisalari kiradi. Ijodning vujudga 
kelishida ana shu jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi, demak, har qanday 
ijodning genezisi, kelib chiqishi ongsizlikdan kelib chiqadi, deydi Freyd. Bundan 
tashqari, «ongosti»ga ham alohida e‘tibor beradi. U psixoterapevtik faoliyatda 
muammoning kelib chiqishini ong ostidan qidirgan va bu yuzasidan 
muvofaqqiyatga erishgan. 
Psixika voqelikning kishi yamisidagi aksi sifatida har-xil darajalari bilan 
farqlanadi. 
Ongsizlik kishini o‘zini tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan ta‘sirotlar bilan 
bog‘liq psixik jarayonlar, xarakatlar holatlar yig‘indisidir. Psixik holat (bundan 
shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga
qaraganda kenroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir 
shakti hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o‘rnini mo‘ljal qilish yaxlitligi
yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, 
onglilikdan farqli o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan xarakatlarini maqsadga 


21 
muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham 
amri maholdir. 
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz 
beradigan psixik hodisalar (tush ko‘rish: sezilmaydigan, lekin haqiqatdan ham 
ta‘sir ko‘rsatadi, o‘zgartuvchilarga «subsensor» yoki «subseptiv» javob 
reaksiyalari oldinlari ongli harakat bo‘lib, lekin takrorlanaverib, avtomatlashib 
ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglanmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar
faoliyatga undovchi ammo maqsad hissidan anglamaydigan ayrim mayllar va 
hakozo. Ongsizlik hodisalarga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan ba‘zi 
bir patologik hodisalarni- alahlash, ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinishi va shu 
kabilarni ham qo‘shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-
qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lur edi. 
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u 
kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan, qisman aksi tarzida
inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan. 
Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi
muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular psixik moslashtirish
programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshirildi) siftaida bundan 
keyingi o‘rganish psixikaning rivojlanishi problemasiga murojaat qilish 
zaruratini tug‘diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo‘lganini, 
rivojlanganini, evolyusiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o‘zgarib 
borganini, kishi ongi qanday paydo bo‘lgani va shakllanganini tushunib 
olganidagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarni ochib beri shva jiddiy psixik 
faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling