Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 3.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana20.09.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1682871
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
umumiy psixologiya(1)

boshqarib bo‟lmaydigan jarayon deb ta‘kidlaydilar. Lekin uni butunlay 
boshqarib bo‘lmaydigan stixiyali ravishda tartib topadigan jarayon deb atash 
noto‘g‘ri,-bu hol aniq maqsadni ko‘zlab ta‘lim berish g‘oyasining o‘ziga zid bo‘lar 
edi. Biroq o‘qituvchi ta‘limni tashkil etadi, unga rahbarlik qiladi, uni amalga
oshiradi va yo‘naltiradi, degan fakt ta‘lim etarli darajada boshqariladigan va 
tartibga solinadigan jarayondir degan ma‘noni anglatmaydi, chunki biz 
boshqariladigan ta‘lim deb, shunday, shunday ta‘limni ayta olamizki, bunda har 
bir bolaning harakatidagi har bir qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har bir 
o‘quvchining har bir bosqchida muayyan bilimlarni o‘zgartirishi yoki muayyan 
ko‘nikma va malakalar hosil qilishi haqida uzluksiz axborot olib turadi, yangi 
material avvalgi materialni o‘zlashtirish xarakteriga qarab taqdim qilinadi. 
Albatta, o‘qituvchi ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish 
jarayonini va aqliy rivojlanishning borishi har bir paytda, har bir o‘quvchiga
nisbatan hamma tafsilotni nazorat qilmaydi va nazorat qila olmaydi. 
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan material qanday o‘zlashtirilayotgani 
haqida juda umumiy tasavvurgagina ega bo‘ladi, o‘qitishda esa u odatda har 
kimning individual imkoniyatlarini emas, balki o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchi 
ko‘zda tutadi. Mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri-o‘zlashtirish jarayonini berilgan 
topshiriqni o‘zlashtirish jarayoni sifatida maxsus tashkil etishdir. Bu jihatdan ancha 
ishlangan sistema P.YA.Galperinning aqliy harakatlarini etap bo‘yicha tarkib 
toptirish nazariyasiga asoslangan ta‘lim toptirish nazariyasiga asoslangan ta‘lim 
sistemasidir. Bu nazariya L.S.Vigotskiyning takliflari asosida vujudga kelgan 
bo‘lib, A.N.Leontevning aqliy harakatlarini tarkib toptirish jarayonining o‘ziga 
xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarida rivojlantirilgan mazkur nazariya 
odamning psixik faoliyatini tarkib toptirishga oid umumiy nazariyaning tarkibiy 
qismidir. Ana shu nazariyaga muvofiq, odamning anogenetik rivojlanishida 
harakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya‘ni tashqi harakatlarning sekin-asta 
ichki, aqliy harakatlarga aylanish jarayonlari ro‘y beradi. 
Ta‘lim jarayonini boshqarishning boshqa imkoniyatlarini qidirish 
programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘limning psixologik asoslarini ishlab 
chiqish 
bilan 
bog‘langan. 
Psixologik 
nuqtai-nazardan 
qaraganda, 
programmalashtirilgan ta‘lim nima u odatdagi ta‘limdan nima bilan farq qiladi?
Buni tushunish uchun o‘quv jarayonini uning qatnashchilari ta‘lim beradigan, 
bilimlarni etkazadigan o‘quvchi tomonidan sxematik tarzda tasavvur qilib 
ko‘rmoq kerak. O‘qituvchi bilan o‘quvchi, ma‘lumki o‘quv jarayonining ikki 
qismidir. O‘qituvchi tushuntiradi, isbotlaydi, dalil keltiradi, chizadi, rasm soladi, 
tajriba qilib ko‘rsatadi, o‘quvchi ko‘radi, tinglaydi, tushunishga, o‘zlashtirishga, 
esda olib qolishga harakat qiladi, fikr yuritadi, umumlashtiradi. Buning ma‘nosi 
shuki, «to‘g‘ri aloqa kanali» orqali axborot sub‘ektidan ob‘ektga, o‘qituvchidan 


135 
o‘quvchiga etkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchining qanday ta‘lim olayotgani haqida 
axborotga ega bo‘lmay turib, ko‘r-ko‘rona ta‘lim bera olmaydi. 
Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘limda oddiy, an‘anaviy ta‘limning 
barcha ana shu salbiy tomonlariga barham beriladi, programmalashtirilgan ta‘lim 
o‘quv jarayonini domiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta‘minlaydi. 
Programmalashtirishgan ta‘limning mohiyati uning mashinalashgan 
bo‘lishida 
(texnika 
vositalarini 
qo‘llash 
holda) 
ham, 
shuningdek 
mashinalashmagan bo‘lishida ham emas. Programmalashtirilgan ta‘lim o‘qitishni 
shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘rganayotgan o‘quvchi oldingi 
materialni egallab olmasdan turib o‘zlashtirishda navbatdagi qadamni qo‘ya 
olmaydi. 
Buning uchun o‘quv materiali qat‘iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan 
kichik qismlarga bo‘linadi. 
Programmalashtirilgan (rejalashtirish) ta‘lim bilish faoliyatining har bir 
qadamini haqiqatda nazorat qilishni ta‘minlaydi va bu bilan o‘quv jaaryonini to‘la-
to‘kis boshqarish imkonini beradi. Qaytarma aloqa hamma vaqt harakatda bo‘ladi 
va o‘zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini 
tartibga solib turish imkonini beradi. Programmalashtirilgan ta‘lim o‘qituvchini
chetlashtirmaydi, uning o‘quv jarayoniga o‘tkazadigan ta‘sirini pasaytirmaydi, 
balki uni qora, texnik ishlardan xolos qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quv 
jarayonining borishiga aktivroq ta‘sir ko‘rsata oladi, ta‘limga individual 
yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi, tarbiya jarayoniga ko‘proq 
e‘tibor 
bera 
oladi, 
ko‘rsata 
oladi, 
ta‘limga 
individual 
yondoshishni 
muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi. 
Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy 
potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib
qo‘yadi. 
Ta‘limdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Ulardan 
birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning 
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirish. Ana shu maqsadlar boshqarishning 
vazifalarini belgilab beradi. Demak, ta‘lim jarayoni boshqarishning; 
-birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta‘lim va tarbiyasi 
bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish; 
-ikkinchi vazifasi-bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarin qondirishga 
yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. SHuningdek, bu vazifa 
o‘quvchilarning ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv jarayonidagi ishchanlikni 
yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida
boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e‘tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vaziifa 
o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va 
xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir. 

Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling