Termiz davlat universiteti saidmuradova saxiba jalmuradovna nazar eshonqul asarlarida badiiy psixologizm
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat YANGI
shakllari” deb nomlangan va uch fasldan iborat. Birinchi fasl “Romanda dramatik
va tragik obrazlar tizimi” deb nomlangan. Obrazlar oʻz xarakter – xususiyatiga 10 Ғаниев И. Достоевскийни тушуниш ёки мангу бедорлик сири. Тошкент, “Фан”, 2006, 100- бет 19 koʻra, bir necha turlarga boʻlinadi: satirik obraz, yumoristik obraz, komik obraz, tragik obraz, dramatik obraz, tarixiy shaxslar obrazi, afsonaviy obrazlar, noreal obrazlar. Masalan, Nazar Eshonqul asarlaridan shu tipdagi quyidagi obraz namunalarini eslash mumkin: Muazzam (“Momoqoʻshiq” qissasi) – dramatik obraz; Zamon otboqar (“Shamolni tutib boʻlmaydi” hikoyasi) – tragik obraz; Rassom chol (“Maymun yetaklagan odam” hikoyasi) — tragik obraz; shahar meʼmori (“Tobut” hikoyasi) – tragik obraz; Rassom (“Sanʼat-1” hikoyasi) – dramatik obraz; N. (“Goʻroʻgʻli ” romani) – dramatik va tragik obraz; Gʻanim (“Istilo” hikoyasi) – satirik obraz; Sulaymon Paygʻambar (“Tun panjaralari” qissasi) – noreal obraz; Choʻqqi soqol (“Qora kitob” qissasi) – satirik obraz va hokazo. Obrazlarni sof salbiy yoki ijobiy, satirik yoki dramatik, tragik yoki afsonaviy obrazlar sifatida tushunmaslik kerak. Inson obrazi mohiyatan bir – biriga uygʻun, sinkretik shakllarda eʼtiborni tortadi. Bu hayot qonuni boʻlib, bir shaxs albatta ijobiy xislatlar egasi, boshqa bir odam nuqul munofiq xarakterli satirik mohiyatiga ega boʻlmasligi mumkin. Masalan, Gyotening “Faust” tragediyasidagi bosh obraz Faust qanchalik bilimdon, ezguqalb inson boʻlmasin, unda beixtiyor ravishda kamchiliklar, yetishmovchiliklar ham mavjud. Hatto, yovuz shayton timsoli Mefistofel qiyofasida yaxshilik, achinish kabi ijobiy xislatlar ham koʻzga tashlanadi. Bunday talqin asarlarga hayotiylik pafosini bagʻishlaydi. Adibning yuksak mahorat bilan yaratilgan “Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romaniga toʻxtaladigan boʻlsak, asarda dramatik va tragik obrazlar tizimidagi adabiy qahramonlar, hatto kichik personajlarning ham hayoti dramalarga boy, ular qiyofasidagi ijobiy va salbiy jihatlar ham qorishiq holda tasvirlangan. Chunonchi, inson sof oliyjanob yoki sof munofiq boʻlmasligi ijtimoiy hayot muvozanatiga toʻgʻri kelmaydi. Yozuvchi “Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romanida ichki ziddiyat – ruhiy psixologik, dramatik yoki tragik hollarni real hayotda borligicha eng koʻp fojiaviy qismatlar tasvirida ochib beradi. Bosh personaj N.ning boshiga tushgan koʻrgulik uni esankiratib qoʻygani sababli u ruhiy azoblar iskanjasida qolganligi va aʻlal — oqibat hayoti fojiaviy yakun topganligi kitobxonni toʻlqinlantiradi. Shunday qahramonlar ham borki, ularning oʻz ichki oʻy- xayollari, kechinmalari, hayotga munosabatlari ham ziddiyatli. Ana shunday ziddiyatli obrazlardan biri – Havo ismli biroz suyuq, yengiltaksifat, istarasi issiq boʻlsa — da, kishiga tik va behayo boqadigan ayolning portreti orqali yozuvchi, uning maʼnaviyati aytarli sogʻlom shaxs emasligini taʼkidlaydi. Nazar Eshonqulning yozuvchi sifatida oʻziga xosligi, individual uslubi uning voqelikka estetik munosabatida, hayotning ziddiyatli, qarama-qarshiliklarga boy, dramatik va tragik keskinlik oqibatida yuzaga keluvchi psixologizm asosida badiiy voqelikni tasvirlashida koʻrinadi. Adib oʻzining “Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romanida ijtimoiy voqelik manzaralarini mantiqiy davomiylikda tasvirlagan. Taʼkidlash joizki, Nazar Eshonqul asarlarida sof ijobiy shaxsiyatli timsollardan koʻra koʻproq, dramatik va tragik obrazlar, noreal yoki afsonaviy timsollar koʻlami eʼtiborni tortadi. Nazar Eshonqul uslubining oʻziga xosligiga binoan romanda dramatik va tragik obrazlarga koʻp eʼtibor berilishining asosiy sabablaridan biri – shoʻro tuzumi zulmini tortgan bandalarining shoʻr 20 taqdirini qalamga olishi bilan bogʻliqdir. Noreal, afsonaviy yoki majoziy obrazlarga eʼtiborining boisi esa, avvalo, yozuvchi ijod karʼyerasining romantik – poetik ohangdorlikka moyilligining, hayotni, hayot haqiqatlarini xayoliy — majoziy, xayoliy-lirik koʻlamida aks ettirishga eʼtibor berishining sabablaridan qidirish lozim boʻladi. Yozuvchi asarlarining jozibadorligi esa, uning psixologik tasvirga bevosita urgʻu berishi va shu uslubga tayanishi bilan aloqador. “Bekatlararo taksi yon tomondan kelib urilgan “KaMAZ”ning zarbiga dosh berolmay, avval bir yonga ogʻdi, keyin gursillab quladi; shofyor va yoʻlovchilarning koʻzlari chaqchayib ketdi – qoʻrquv va dahshat aralash baravar baqirib yuborishdi, ularga nariroqdagi bekatda turganlar ham joʻr boʻldi. “KaMAZ” haydovchisi sakrab tushib, taksiga qarab yugurdi: u sportchilar kamzulini kiyib olgan, barvasta, juhudbashara, shop moʻylovli odam edi.” 11 “Bitik” hikoyasi shunday koʻngilsiz va noxush voqelik – avtohalokat hodisasi roʻy berishi bilan boshlanadi. “KaMAZ” haydovchisining – shu avtohalokat sababchisi boʻlgan kishining psixologik portreti tasviridagi barvastalik, juhudbashara, shop moʻylovlik, sportchilar kamzulini kiyganligi uning nopisandligini, mashina boshqaruvida beparvo va oʻziga ishonchini pisanda qiluvchi ruhiyatini tushunish imkonini beradi. Shu bois ham, oʻz yoʻlida bezavol harakatlanayotgan taksini ogʻir mashinasining urib yuborishi, uning ichidagi odamlarning zararlanishi, qattiq qoʻrqib qolishlari, tabiiy hol. “KaMAZ” haydovchisi yuqoriga yana uchta yoʻlovchini tortib chiqaradi – ularning hech joyiga jarohat yetmagan edi, yohud hali oʻzlariga toʻla kelmagan, shu sababli oʻzlarini soppa — sogʻday tutishardi. Ular nariroqqa borib, tomoshabinlar safiga qoʻshilishdi. Taksi haydovchisining chap yuzi pachoq boʻlgan edi. U garchi gapirayotgan boʻlsa ham, oʻzini allaqachon oʻlik hisoblab, choʻzilib yotib oladi. “Yana bir yoʻlovchi bor ovozi bilan “qovurgʻam... qovurgʻamning abjagʻi chiqdi” deb baqirardi. Uni mashina ichidan tortib, oʻtloqqa yotqizib qoʻyishdi. Shu payt uzun boʻyli, oqquva militsioner yetib keldi. U odamlarni turtib — surtib oldinga oʻtdi.” 12 Katta mashina haydovchisi, garchand yoqimsizroq raftorli kishi boʻlsa-da, vijdon amri bilan taksi ichidan jabrlangan kishilarni olib chiqishga masʼuliyat bilan harakat qiladi. Yozuvchi taksi haydovchisining, gapirib turgan holida, oʻzini erga tashlab, yotib olishida uning oʻzini jabrdiyda qilib koʻrsatish payida boʻlayotganligini psixologik jihatdan ancha yorqin talqin etgan. Unchalik jarohatlanmagan uchta yoʻlovchining ham tomoshabinlar safiga borib qoʻshilishlarida anatomik ruhini asoslashni koʻzlagan. Bobning ikkinchi fasli “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi” romanida psixologik Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling