Termiz davlat universiteti saidmuradova saxiba jalmuradovna nazar eshonqul asarlarida badiiy psixologizm
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Romanda badiiy psixologizm imkoniyatlari va
-“dastasi qorayib qolgan qamchi” umrida halol – pokiza yashagan, polvonlik
va chavandozlik bilan milliy qadriyatlarni himoya qilib oʻtgan, shu fazilatlari bilan mustamlakachi kelgindilar, sotqinlar qurboni boʻlgan Rayim polvon xotirasini bildiradi; -“sopiga gavhar o‘rnatilgan xanjar” ham Rayim polvon siymosining ramzi, “xanjar” yot kuchlardan, dushmandan xalqi va Vatanini himoya qilish ramzi; - “erkak kishining ter hidi kelib turgan kalapo‘shi” — bevaqt umri xazon boʻlgan Bayna momoning oʻgʻli taassuroti; -“zebigardon”, “bilakuzuk”, “kashtali ko‘ylak” eng navqiron kelinlik chogʻlari ham biron marta taqmagan Bayna momoning fojiona umr yoʻllarining ramzi; -“sarg‘ayib ketgan Qurʼon” bosqinchilikning, milliy va islomiy qadriyatlarning toptalganlik ramzi; sargʻaygan Qurʼon esa, muqaddas ilohiy kitobimizning taʼqiqlanganligi boisidan eski sandiqlarga yashirilganligining ramziy – poetik talqini; -“pala – partish o‘rab tashlangan o‘nta odam barmog‘i”, “qon qotib qolgan tumor va tig‘i zanglagan qaychi” – sotqin kimsa bolalarining toʻyi boʻladigan kun oʻldirilishining ramziy belgilari. Yozuvchi bunday psixologik – ramziy talqin ishoralari orqali xalq uchun “turma” boʻlgan mustabid siyosat zulmlarini, zoʻravonliklarini yana bir bor psixologik jihatdan tasavvur qilish, u davr aziyatlarini mukammalroq xayol – xotira prizmasidan oʻtkazish maqsadini koʻzlagan va bunga toʻla erishgan. Uning bunday favqulodda majoziy – psixologik talqinlardan bosh muddaosi ham shu bilan 18 izohlanadi. Bu esa, mustaqillik va istiqlolimiz qadriga yetish daʼvatlari ham hisoblanadi. Bobning uchinchi fasli “Milliy xarakter va psixologizm” deb nomlangan. Nazar Eshonqulning “Momoqoʻshiq”, “Tun panjaralari”, “Qora kitob” singari qissalari, “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib boʻlmaydi”, “Tobut”, “Zulmat saltanatiga sayohat”, “Xaroba shahar surati”, “Qoʻl” singari bir qator hikoyalari nomi ham oʻz mazmun – mohiyatiga koʻra, majoziy – psixologik xarakterga ega. Shu bilan birga, bunday xarakterdagi asarlarning teranligi va bezavolligi, ularda milliy konsepsiya, mahalliy kolorit poetikasi yetakchilik qiladi. Nazar Eshonqul qissalari yoki hikoyalari garchand modernistik adabiyot unsurlariga yaqinroq boʻlib, obrazlar harakati va faoliyatida, oʻy – xayollarida, qiynoq va fojialar girdobida qolgan taqdirlariga monandlikda namoyon boʻlsa-da, bunday jarayonlar ham albatta oʻzining milliy optimistik ruhiga ega boʻlgan ramziy- poetik yaratmalardir. Adabiyotshunos olim Ilhom Gʻaniyev yozadiki, “Dostoyevskiy asarlarida azob chekishga mahkum etilganlar galereyasi yaratilgan. Ularning shafqatsiz hayot tarzi, uqubatlari, qilmish – qidirmishlari bizning koʻzimizni yanada kattaroq ochishga majbur etadi. Hamisha birovdan nimadir kutishga, muruvvat, shafqat, mehrga tashna qalblarimizni bir qadar riyozatga tayyor turishga chorlaydi.” 10 Nazar Eshonqul badiiy obrazlariga oid mashaqqatli faoliyatdan, mahzun kechmishlaridan shunday ibrat va taʼsir ruhini sezamiz. Yozuvchi asarlarida milliy jozibani, milliy qadriyatlarni hayotiy tasvirlar vositasida, psixologik jihatdan jozibador qilib talqin qilishga maxsus eʼtibor beradi. Masalan, bu jihatdan milliy qoʻshiq, ayol hayo va ibosi hamda begʻubor goʻzalligi kabi jihatlar muhim psixologik – poetik vositasi sanaladi. Nazar Eshonqul “Momoqoʻshiq” nomli misoli nasriy nazm ruhida yozilgan, ancha ravon va engil, xushnud va mamnuniyat bilan mutolaa qilinadigan qissasida milliy gʻoya, milliy qadriyatlarni gʻoyatda ixlos va mehr bilan ifodalab bergan. Bunda yozuvchi mahalliy ayollarning soddalik ortidagi goʻzalligini va milliy qoʻshiq ifodasi bilan bogʻliq ruhiy – psixologik usullardan unumli foydalanadi. Qoʻshiq sanʼatning eng qadimiy turlaridan biri boʻlib, xalq yaratgan qoʻshiqlarda xalqning oʻziga xos orzu-umidlari, quvonchlari, qaygʻuli taqdirlari, hatto, motam marosimlari bilan bogʻliq hodisalari oʻz talqinini topgan. Nazar Eshonqul qissasidagi Muazzam kelinchakning sodda va begʻubor goʻzal siyrati, uning gʻoyatda yoqimli qoʻshiqlari orqali oʻzbek ayoli qiyofasi, uning maʼnaviy – psixologik goʻzallik dunyosining sanʼatkorona talqini orqali teran milliy jozibasini koʻrsata olgan. Bunda iqtidorli adib ichki psixologik holatlar, qalb dialektikasi manzaralari begʻuborligini, dardkashlik, bezavollik fazilatlarini umumlashtirishga muvaffaq boʻlgan. Ishning uchinchi bobi “Romanda badiiy psixologizm imkoniyatlari va Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling