Termiz davlat universiteti saidmuradova saxiba jalmuradovna nazar eshonqul asarlarida badiiy psixologizm
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat YANGI
tasvir va badiiy uslub uyg‘unligi” deb nomlangan.
Yozuvchi uslubini xarakterlash, adabiyotdagi uslublar yoʻnalishlarini aniqlashda hamisha bosh masala, bu mahorat masalasi boʻlganligidan adabiyotshunoslarning diqqat- eʼtiborini tortib keladi. Ziyrak kitobxon biron asarni 11 Эшонқул Н. Битик // Эшонқул Н . Момоқўшиқ. Тошкент.: 2019, 256- бет. 12 Юқоридаги манба, 256- бет. 21 oʻqiyotib, uning qaysi ijodkor qalamiga mansubligini payqaydi. Masalan, lirik koʻlam, mukammal hayotiy tasvirlar, oʻziga xos sharqona nazokat ustuvor boʻlgan asarlarni oʻqiyotgan kitobxon, bu Abdulla Qodiriy ijod namunasi ekanligini payqaydi. Shu bilan birga, Tolstoy, Balzak, Dostoyevskiy, Oybek, A.Qahhor kabi yirik nasr ustalarining tasvirlash uslubi umumiy yoʻnalishda mushtarak boʻlganligi bilan, ularning oʻziga xos alohidaliklari ham mavjudligi ilmiy – tadqiqotlar natijasida aniqlanadi. Mazkur yozuvchilarni psixologik tahlil, keng qamrovli epik talqin, yovuzlik va ezgulik munosabatlaridagi yakdillik kabi jihatlar oʻzaro yaqinlashtirib turadi. Nazar Eshonqul, Xurshid Doʻstmuhammad, Gʻaffor Hotam, Xayriddin Sulton, Isajon Sulton, Ulugʻbek Hamdam, Shoyim Boʻtayev kabi Istiqlol davri nasrining navqiron ijodkorlarini mumtoz adabiyot, ilgʻor Yevropa adabiyoti, modern yoʻnalishi, psixologik talqin, sobiq mustabid tuzum kirdikorlarini fosh qilish, mifologik motivlar bilan bogʻliq tomonlari umumiy, uslubiy jihatdan mushtarak qilib turadi. Nazar Eshonqul asarlarida mif va psixologik talqin uslubi ancha yetakchilik qiladi. Nazar Eshonqul oʻz asarlarida, jumladan, “Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romanida folklor asarlariga bevosita murojaat qiladi.Uning munosabatidan ana shunday mif va asotirlarni, umuman, mifologizmni nazariy va amaliy jihatdan ham ancha teran bilishi maʼlum boʻladi. Toʻgʻri, adib “Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romanida aynan qaysi mif, asotir, yoki epos namunasidan misol olganligini uchratmaymiz. Ammo, uning sanʼatkorligi shundaki, eposlarda, anigʻi “Goʻroʻgʻli ” dostonida ifodalangan erk, hurlik, erkin inson orzusi, zulm, bosqin, xiyonat, inson qadrini toptash kabi zoʻravon gʻoyalardan, badiiy namunalardan mohiyatan foydalanganligi, ularni bugungi davr, anigʻi, shoʻro mustabid tuzumiga mazmunan yangi badiiy shaklda tadbiq qilinganligini anglaymiz. Faslda N.Eshonqulning psixologik portret, mutelik psixologiyasi, tush psixologiyasi tasviridagi badiiy mahorati tadqiq etilgan. Bobning uchinchi fasli “Lirik tasvir, majoz va psixologizm dialektikasi” deb nomlangan. Lirizm, lirik qalbli yetuk badiiy obrazlar har bir yetuk asarning eng muhim komponenti, yozuvchining ezgu gʻoyalarini toʻlaroq namoyon qilishga imkon beruvchi vositalardan sanaladi. Shu maʼnoda yuksak ijobiy qahramonlarga xos ezgu jihatlardan biri, ularning goʻzal tuygʻular, goʻzal odatlar va harakatlar bilan bogʻliqligi, vafo, sadoqat egasi sifatidagi jihatlari bilan oʻlchanadi. Ayni vaqtda goʻzallik, moʻtadil ijobiy xislatlar lirizm hodisalarining muhim komponentlari sanaladi. Masalan, Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Otabek, Kumush, Anvar, Raʼno, Yoʻlchi, Gulnor kabi maʼnan yuksak qalbli obrazlar tasvirida ijodkorlar lirik talqin uslubidan foydalanadilar. Lirik talqin inson qalbini mukammal koʻrsatishning tengsiz vositasi sanaladi. Nazar Eshonqulning ishonch bilan taʼkidlashicha, “adabiyot millatning ruhi va qalbi boʻlib qolaveradi” 13 . Inson qalbi va ruhi lirik talqinlarning psixologik tasvir vositalari orqali yaratiladigan namunalari sifatida tasvirlanadi. 13 Адабиёт инсон қалби учун курашдир.(Ёзувчи Назар Эшонқул билан филология фанлари доктори, профессор Ин Гёнг Оҳ суҳбати) “Китоб дунёси”, 2013 йил 27 февраль 22 Nazar Eshonqul asarlarida psixologizmning mifologik motivlar, nutqiy xarakteristika, portret, tush, peyzaj, dialog, lirizm, majoz, ramz kabi komponentlarda namoyon boʻlishi, uning bu masalalardagi novatorona izlanishlarini bildiradi. Lirizm va uning bagʻrida psixologik tasvir mohiyatining namoyon boʻlishi inson qalbi kechinmalari, ayollar olami, sevgi — muhabbat, qoʻshiq, musiqa, peyzaj, maktub, dialog kabi adabiy komponentlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Lirizm masalasi Nazar Eshonqulning “Momoqoʻshiq” qissasida qoʻshiq vositasida ancha mukammal namoyon boʻladi. Qissaning yetakchi obrazlaridan biri Muazzam timsolida asarning lirik – poetik mohiyati oʻz ifodasini topgan. Muazzamning gul bagʻrida, paxta dalalari, ekinzorlar muhitida dilbar qoʻshiqlarni kuylashi asarning barcha komponentlariga estetik joziba, goʻzallik ruhini bagʻishlab turadi. Shoir Shamsi Saloh uning bu yovvoyi maqomlaridan taʼsirlanib, uni katta shaharga, sanʼat va isteʼdod uchun keng imkoniyat mavjud madaniy muhitga borishi haqida eri – brigadir Otaqul bilan jiddiy gaplashadi. Bir qaraganda, havoyi tuygʻular egasi Shamsi Saloh qishloq goʻzali Muazzamning bu turmushdan juda bezganligini aytadi, bu dim va jazirama, uni hech qachon tushunmaydigan qoʻpol, qoʻrs odamlar; qaysidir yovvoyi zamonlardan saqlanib qolgan yovvoyi udumlar, keyin mana bu dalalardagi tashvishlar uning joniga tekganligini taʼkidlaydi. Qishloqning sodda dehqon yigiti Otaqul, avvalo bu balandparvoz, ammo aslida toʻgʻri soʻzlardan lol, boshi qotib qoladi. Muazzamning qoʻshiqchilik isteʼdodi bu erda –qishloqda hayf boʻlib qolishi toʻgʻrisida kuyungan boʻladi: -Menga bu haqda hech qachon gapirmagan... – toʻngʻilladi Otaqul. Xulosa qilib aytganda, jamiyatdagi va tabiatdagi barcha jarayonlar, jumladan, goʻzallik va nafosat, ezgulik va oliyjanoblik neʼmatlarining hosil boʻlishi hamda tasvir va tadqiq etilishi, inson olami goʻzallikka, tabiiylikka dahldor ekanligini anglatadi. XULOSA 1. Olam va odam haqidagi abadiy muammolarni aks ettirgan sanʼat asarlarida badiiy psixologizm bosh omillardan biridir. Psixologik tahlilning mukammalligida lirik talqin, majoz, tragik va dramatik obrazlar uygʻunligi, oʻzaro bir – birini boyitish tendensiyasi Nazar Eshonqul kabi sanʼatkor yozuvchi yaratmalarida oʻz tasdigʻini topadi. 2. Psixologizmning taraqqiyot tadriji, avvalo xalq ogʻzaki ijodi namunalari, yirik eposlar (“Goʻroʻgʻli” , “Alpomish” kabi) davriga borib taqaladi; aruz vazni sheʼr shakllarida yaratilgan namunalardagi anʼanaviy oshiq – maʼshuqa maʼnaviy olami shtrixlari, vafo, xiyonat, noz, ishva, tashqi koʻrkamlik tasvirlari oʻzining psixologik tahlil talqinlari bilan hayotiylik kasb etgan. 3. Jahon adabiyotshunosligida psixologizm muammosi A.Veselevskiy, A.Potebnya, V.Jirmunskiy, M.Baxtin, L.Ginzburg, A.Yesin, I.Straxov, A.Iyezuitov, S.Bocharov, V.Vinogradov, A.Kovalyov, V.Kompaneys, P.Rikkyor kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida chuqur oʻrganilgan. 4. Psixologizm masalasi mazkur dissertatsiyada milliy adabiyotimizning zabardast vakili Nazar Eshonqul asarlaridagi jamiyat va inson psixologiyasining 23 turli qirralari, qahramonlarning bir-biriga munosabati, ichki ziddiyatlari, fikrlar va gʻoyalar toʻqnashuvi, tushlar, portretlar ruhiyatini ochish orqali yoritib berildi. 5. Oʻzbek adabiyotining A.Qodiriy, Oybek, A.Fitrat, A.Choʻlpon, A,Qahhor, O.Yoqubov, P.Qodirov, Sh.Xolmirzayev, Oʻ.Umarbekov, A.Muxtor, E.Aʼzam, M.M.Doʻst, N.Qobul, X.Doʻstmuhammad, N.Eshonqul, U.Hamdam, I.Sulton, Sh.Boʻtayev kabi yozuvchilarning asarlarida psixologizm uslubining turli qirralarini kuzatish mumkin; Dilmurod Quronovning Choʻlpon, Narzulla Shodiyevning A.Qahhor, Abduhamid Xolmurodovning O.Yoqubov, Shahlo Botirovaning U.Hamdam romanlari misolidagi; M.Boboxonov, P.Kenjayeva va M. Sheraliyevalarning Istiqlol davri qissalari va hikoyalari asosidagi psixologizm masalasiga oid tadqiqotlarida psixologik tahlil muammosi qirralari bevosita oʻrganilgan. 6. Oʻzbek folklorshunosligi va adabiyotshunosligida eposlar, mumtoz sheʼriyat namunalari, realistik nasriy asarlarning psixologizm masalalari sistematik tarzda mukammal oʻrganilmagan, bu dolzarb masalaning atroflicha tadqiq qilinishi kun tartibida turgan eng muhim vazifa sifatida olimlarimiz diqqat markazida turishi lozimligi taʼkidlangan. 7.Nazar Eshonqul oʻz asarlaridagi novatorona izlanishlari bilan psixologik tahlil turlari imkoniyatlarini keng aks ettirgan yozuvchi. Adib asarlari jahon adabiyoti tajribalarini badiiy sintez qilishi nuqtai nazaridan betakror yaratmalar sifatida muhimliligi tadqiqotda eʼtirof etildi. 8.Nazar Eshonqulning dastlabki ijod namunalarida anʼanaviy realistik tasvir shakli yetakchilik qilar edi. Adib hikoyalari va qissalarida qahramonlar ichki olamini, iztiroblar silsilasini talqin etish tamoyillari boʻy koʻrsata boshladi. Masalan, “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalarida, “Zulmat saltanatiga sayohat”, “Ogʻriq lazzati”, “Qaytish”, “Xayol tuzogʻi” hikoyalarida, “Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi ” romanida psixologizmning ichki monolog turlaridan naqadar unumli foydalana olganligi bilan ijodiy izlanishlarda muhim yutuqlarga erishganligi isbotlandi. 9. Nazar Eshonqul jamiyatda, adabiy doiralarda eng kuchli psixologik yozuvchi sifatida tanilgan, uning asarlarida odatdagi badiiy asarlarda anʼanaviy tahlil tizimiga aylangan portret, monolog, xarakteristika, tush kabi psixologizm turlari bilan bir qatorda, peyzaj, maktub, dialog, sarlavha, epigraf, qoʻshiq, tanbeh, kinoya kabi psixologik tahlil turlaridan oʻz oʻrnida munosib ravishda foydalana olishi bilan novator adib sifatida ham eʼtiborni tortishi eʼtirof etildi. 10. Yozuvchi oʻz asarlarida va badiiy izlanishlarida, dramatik va tragik obrazlar talqinidan fojiona taqdirlar, adolatsizlik, zulm, zoʻravonlik, bosqinchilik oqibatlarini, yemirilgan taqdirlar, ezilgan, roʻshnolik koʻrmagan kishilar hayotini tasvirlashda unumli foydalana olganligi taʼkidlab oʻtilgan. 11. Nazar Eshonqulning ijodi, erk, ozodlik, maʼnaviyat, oqibat, ezgulik gʻoyalari ulugʻlangan asarlari jahon ilgʻor adabiyoti tajribalarini milliy zaminga, Istiqlol gʻoyalariga uygʻunlashtira olish tajribalari ayni vaqtda milliy mafkura, yuksak demokratik tamoyillarni, milliy manfaat va kelajak uchun fidoyilik maqsadlariga uygʻunlashtira olish, komil inson kamoloti va tarbiyasi uchun dolzarblik kasb etishi taʼkidlandi. 24 12. N.Eshonqul ijodiga xos psixologik mahorat qirralari, lirik-estetik uslub jilolari, modern adabiyoti bilan milliy nasr sathini uygʻunlashtira olish tajribasi adabiyotda sogʻlom anʼana tusini olayotganligi bilan eʼtiborli ekanligi eʼtirof etildi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling