Tadqiqotning dissertatsiya bajarilayotgan oliy taʼlim muassasasining
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Termiz
davlat
universiteti
ilmiy-tadqiqot
ishlari
rejasining
№
OF-07
”Adabiyotshunoslikning nazariy masalalari va folklorshunoslik muammolarini
tadqiq etish”mavzusidagi(2017-2021y.y.) ilmiy-tadqiqot doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi – Nazar Eshonqul asarlarida ifodalangan badiiy
psixologizm hodisasini yondosh adabiy tushunchalar bilan uygʻunlikda ilmiy tadqiq
etish hamda shu orqali adib ijodining milliy adabiyot taraqqiyotidagi oʻrnini, komil
insonni tarbiyalashdagi amaliy ahamiyatini belgilashdan iboratdir.
Tadqiqot vazifalari:
- Nazar Eshonqul asarlarida badiiy psixologizm koʻrinishlari va shakllarini
tadqiq etish natijasida milliy nasrimiz taraqqiyot tamoyillarini belgilash;
- yozuvchi asarlarida jahon adabiyotining badiiy sintezi taʼsirida yaratilgan
nasr namunalarida badiiy psixologik tasvir uslubining rivojlanish tamoyillarini
belgilash;
- Nazar Eshonqulning romanga xos obraz yaratishdagi mahoratini badiiy
psixologizm tadqiqi orqali ochib berish hamda “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi”
romanida psixologik tasvir va badiiy uslub uygʻunligini tadqiq etish;
- Nazar Eshonqul asarlari asosida lirik tasvir, majoz va badiiy psixologizm
dialektikasini ilmiy tadqiq qilish.
Tadqiqotning obyekti. Dissertatsiya obyekti sifatida Nazar Eshonqulning
“Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romani, “Momoqo‘shiq” qissasi, “Tobut”, “Maymun
yetaklagan odam”, “Ajr”, “Ogʻriq lazzati”, “Bevaqt chalingan bong”, “Shamolni
tutib boʻlmaydi” kabi bir qator hikoyalari tahlil uchun tanlangan.
Tadqiqotning predmetini badiiy psixologizmning oʻzbek adabiyotida
vujudga kelishi, takomili, voqelanish shakllari; badiiy psixologizm uslubidan
foydalanish borasida N. Eshonqul ijodida namoyon boʻladigan xususiyatlar: milliy
xarakter va badiiy psixologizmning oʻzaro aloqadorlik dialektikasi, milliy obraz va
psixologik tasvir muvozanati, psixologik mahoratning majoz, lirizm bilan
aloqadorligi tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |