10
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-adabiyotda psixologik tasvirning imkoniyatlari va o‘zbek adabiyotidagi psixik
hodisaning subyektiv-obyektiv shakllari, psixologik tasvir
tamoyillarining xarakter
yaratishdagi o‘rni, ilmiy-amaliy ahamiyati, uning o‘zbek nasri namunalarida badiiy-
psixologik joriylanishi kabi masalalar N.Eshonqul asarlariда psixologik vositalar -
ichki monolog, nutqiy xarakteristika, psixologik portret,
hislarning tashqi
ekspretsiyasi vositasida yoritilgan;
- Nazar Eshonqulning hayot haqiqatini ijodiy qayta ishlab badiiy haqiqatga
aylantirishda, shuningdek, milliy xarakter yaratishda badiiy psixologizmdan
foydalanish
mahorati aniqlangan;
-Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi” romanida badiiy obraz
genezisi va takomili, tasvirda psixologik imkoniyatlarning personajlar ruhiyatini
ochishdagi o‘rni asoslangan;
-badiiy adabiyotda psixoanalitik
metodning shaxs va jamiyat, shaxslararo
munosabatlarni yoritishdagi ilmiy-nazariy ahamiyati ochib berilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Nazar Eshonqul ijodi misolida badiiy psixologizm hodisasining oʻzbek
adabiyotidagi genezisi,
takomili aniqlanib, taraqqiyot tamoyillarining umumiy
yoʻnalishlari belgilandi; Nazar Eshonqulning hikoya va qissa janrida badiiy
psixologizmdan foydalanish
mahorati shaxs va jamiyat, turli shaxslar oʻrtasidagi
munosabatlar misolida dalillangan;
Dramatik va tragik obrazlarni talqin qilishda psixologik tasvirning ahamiyati
“Goʻroʻgʻli yohud hayot suvi” romani tahlili orqali aniqlanib,
yozuvchi ilgari
surgan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar adib asarlari tahlili orqali
umumlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: