Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakulteti
Download 162.26 Kb.
|
Pardayev Baxriddin. kurs ishi
Umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda sport to`garaklari mashg`ulotlari jismoniy tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan to`garak mashg`ulotlari yillik rеjasiga muvofiq olib borish
Jismoniy tarbiya daqiqalari. Bu mashg`ulotlar boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan o`tkaziladi. Bunda dars davomida o`quvchilar o`quv mashg`ulotidan to`xtatilib, o`rindiqlar yo`lkasida saflanadi va bo`yin, gavda, bеl, qo`l va oyoq uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. Bu mashg`ulotlarning maqsadi uzoq vaqt bir xil holatda gavdani tutishga o`rganmagan yosh bolalar qomatini to`g`ri shakllantirishdir. Dars davomida yosh bolalar bir xil holatda uzoq muddat qolib umurtqa pog`onasi va tayanch harakat apparatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`lishi mumkin. Jismoniy tarbiya daqiqalari shunday holatlarni oldini olishga qaratilgan bo`ladi. Jismoniy tarbiya daqiqalari bir xil holatda uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan kasb egalari bilan ham o`tkaziladi. Tanaffusdagi o`yinlar qish vaqtida ham ochiq havoda o`tkazilgani ma'qul. Tanaffusdagi o`yinlarga jismoniy tarbiya o`qituvchilari yoki tarbiyachi rahbarlik qilishlari kеrak. Ular bolalarni to`g`ri va qiziqarli o`ynashlarini, jarohatlanmasliklarini, hammani jismoniy harakatlarni shug`ullanayotganligini nazorat qilib boradilar. Tanaffusda harakatli o`yinlarni uyushgan holda o`tkazish o`quvchilar tartib intizomni mustahkamlaydi. Tanaffuslarda sportchi faol o`quvchilar va yoshlar uyushmalari a'zolari bolalar o`yinlari va mashg`ulotlari boshqaradilar. O`yinlar va mashg`ulotlar dars boshlanishga 5 minut qolganda to`xtatilib o`quvchilar yuvinib, kiyinib darsga tayyorgarlik ko`radilar. Tanaffusdagi mashg`ulotlar o`quvchilar yoshi, jismoniy rivojlanishi va jinsiga muvofiq takomillashib boradi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan harakatli o`yinlar tashkil etilsa, o`rta sinf va yuqori sinf o`quvchilari bilan sport o`yinlari, estafеtalar o`tkazish mumkin. Umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to`garaklari. O`quvchilarining jismoniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini va yosh, jins xususiyatlarini hisobga olgan holda ular maktablardagi va maxsus sport muassasalaridagi jismoniy tayyorgarlik va sport to`garaklariga jalb etiladi. Sport mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etish va boshqarishda, bolalarni sport turlari bilan shug`ullanishida organizmi rivojlanishining hamda sport natijalarini ko`rsatishni ijobiy natijalariga erishish mumkin. Umumiy jismoniy tayyorgarlik to`garaklari o`quvchilarni jismoniy rivojlantirishni ta'minlab to`garak mashg`ulotlari ish faoliyati, yil davomiga quyidagicha rеjalashtirish mumkin. Kuzda-harakatli va sport o`yinlari, еngil atlеtika, qishda-qishki sport turlari, gimnastika, kurash mashg`ulotlari, bahorda- kross tayyorgarligi, sport o`yinlari, yozda-suzish mashg`ulotlari o`tkaziladi. Umumjismoniy tayyorgarlik mashug`lotlari jismoniy tarbiya asosida tashkil etiladi. Musobaqalar va sport bayramlarida o`quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi nazorat qilib boriladi. To`garaklar a'zolari 15-20 kishidan iborat bo`lishi mumkin. Guruhlar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi bir xil darajadagi o`quvchilardan saralanadi. To`garak mashg`ulotlari haftasiga bir yoki ikki marta o`tkaziladi. Har bir mashg`ulot 60 minut atrofida bo`lishi mumkin. Jismoniy tayyorgarlik guruhlariga guruh sardorlari tayinlanib ular tarbiyachilarga yordam bеradilar.Maktabda sport turlari bo`yicha to`garaklar ham faoliyat ko`rsatib, bu to`garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan o`quvchilar jalb etiladi. Sport to`garaklari maktab jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi o`quvchilarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg`ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To`garak mashg`ulotlari haftasiga 3-4 marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o`tkaziladi. Sport turi bo`yicha zaruriy jihozlar va mutaxassis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg`ulot o`tish joylari talabga javob bеrishi maktab sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini bеradi. Turizm va sayohatlar: Bu tadbirlar yordamida bolalar tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari quyosh, suv, havo yordamida chiniqib boradilar, mamlakatimizning tabiati va tarixiy obidalari xaqida tushunchaga ega bo`lib boradilar. Sayyohlik yurishlar davomida o`quvchilarda hayotiy zarur jismoniy harakatlar yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oshib o`tish, malaka va ko`nikmalari shakllanish bilan birga tabiat omillari yordamida chiniqish va suv muolajalarini suzish, cho`milish bilan qabul qilish amalga oshiriladi. O`quvchilarda sayyohlik yurishlarda kеrakli jihozlardan foydalanish harakatlanish usullari dala joylarida ovqatlanish va dam olish, o`yinlar bilan madaniy hordiq chiqarish tadbirlari o`tkaziladi.Sport musobaqalar va bayramlari. Sport musobaqalari o`quvchi va talabalarni jismoniy tayyorgarliklarini va sport turlari harakatlarining tеxnika va taktikasini egallash darajalarini nazorat qilish va baxolash maqsadida tashkil etiladi. Sport bayramlari tantanali kunlarga bag`ishlanib o`tkazilish mumkin. Sport bayramlari sportchilarni chiqishlari, bayramni ochilishi, bayroq ko`tarish, davlat madhiyasi va yoshlar madhiyasini ijro etilishi, sportchi o`quvchilarni jismoniy mashqlar va harakatlarni tashkil etishi, ommaviy tadbirlar o`yin kulgi, kontsеrt hamda g`oliblarni aniqlash va bayram yakunida bayramni yopilishi o`tkaziladi.Jismoniy tarbiya darslari: Jismoniy tarbiya darslari dars rеjasi asosida tashkil etiladi. Dars rеjalariga muvofiq dars bayonlari yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o`quv matеriallari kеng yoritiladi va uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi. Jismoniy tarbiya darslarida o`quvchilarni yosh xususiyatlari hamda jins xususiyatlarini xisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish darajalarini nazorat qilish tashkil etiladi, nazorat darslari har bir chorak so`ngida o`tkaziladi.Laboratoriya mashg`ulotlari davomida ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini shakllari bo`lgan ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, katta tanaffusdagi xarakatli o`yinlar, sport to`garaklar mashg`ulotlari, sport musobaqalari va bayramlari xisoblangan jismoniy tarbiyadan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, yashash joylari va oilada jismoniy tarbiya tadbirlarining shakl va turlari maqsad va vazifalari xam o`rganiladi. Laboratoriya mashg`uloti davomida mavzu bo`yicha jadval va chizmalar tayyorlanadi. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra Davlat ta’lim standarti davlatning ta’lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir.Ta’lim tarbiya muassasalarida ta’lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta’minlovchi Davlat ta’lim standarti har bir shaxsga ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal etishga to`laqonli kirishish imkoniyatini beradi. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim olish yo`llarining xilma-xilligi sharoitida har bir ta’limmuassasasi “jismoniy tarbiya” maktab kursining maqsadi o`quvchilarning sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shartsharoitlar yaratib berishga majburdir. Umumiy o`rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo`yicha Davlat ta’lim standarti “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi mazmuniga, o`quv yuklamasi hajmiga (o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat malaka va ko`nikmalarining shakllanishi), sutka, hafta, yil davomidagi harakat rejimining majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jimoniy tarbiya, gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`z-o`zini nazorat va boshqalar) qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi. Mazkur standart o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma’naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quv-tarbiya jarayoniga miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi. Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari: - jismoniy madaniyat ta’limining darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta’minlash; jismoniy tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon darajasiga olib chiqish; jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini tartibga solish; turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish; - ta’limni insonparvarlashtirish; - jismoniy tarbiya ta’limi sifatini oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi maktabning o`quvchilar sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi. “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi umumiy o`rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi: - jismoniy tarbiya darslari - maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch o`quv rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan; - harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika; umumiy o`rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar; ko`ngilochar o`yinlar; jismoniy mashq mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: - sport seksiyalari, fakultativlar, o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar; - umummaktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalarviktorinalar va boshqalar; - mustaqil mashg`ulotlar: ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida; BO`SM sport sho`balaridagi mashg`ulotlar, safarlar, o`yinlar va boshqalar. Mashg`ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak. Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus (individual differentsial) rejim o`rnatiladi. Jismoniy tarbiya va ta’lim mazmuni, metodik asosi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturi bilan belgilab berilgan. “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni pedagoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini,bolalarni harakatga o`rgatish bilishni talab qiladi”. Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim borish (o`qitish), tarbiyalash va sag’lomlashtirish jismoniy tarbiya jarayonining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”, “O`zlashtirish”, “mustahkamlash”, “Takomillashtirish”dek mazmunga ega bo`lgan xususiy vazifalarni qo`yish va uni hal qilishni nazarda tutadi. Yosh avlodni ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetuk va komil etib tarbiyalash vazifasi qo`yilgan davrlarda ikki tarbiyaviy yo`nalishni uyg`un holda olib borish va samaradorligini ta’minlash bosh masala hisoblangan. O`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar - bilim berish, jisman tarbiyalash va sog`lomlashtirishdan iborat bo`lib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi. xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1) o`quvchilar organizmning sog`ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish; 2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo`lish uchun shu yoshga mos bo`lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish; p) hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko`nikmalarini rivojlantirish va Keyinchalik kerak bo`ladiganlari bilan qurollantirish; 4) o`quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish; 5) o`quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish; 6) o`quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o`quvchilarni yoshini ulg`ayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o`qitishning ayrim etaplarida aniqliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi p xil guruhidagi ta’lim tarbiya ishlarida hal qilinadi. Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (1-4 sinflar) organizm tabiiy rivojlanishida bo`ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo`lga qo`yishimiz kerak bo`ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to`g`ri tuta bilishga o`rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiyena qoidalariga oid bilimlar qo`shib berish bilan tarbiya jarayoni yo`lga qo`yiladi. 12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar o`sayotgan yosh organizmga samarali ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan bo`ladi. Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil atletika, sport o`yinlari, velosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bo`lsa ham nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo`lga qo`yiladi. Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yo`lga qo`yiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiriladi,musobaqa qoidalari o`zlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan fo ydalanishga o`rgatish lozim bo`ladi. 16-18 yoshdagi umumta’lim maktabi, akademik litseylari va kasb hunar Kollejlarining o`quvchilari organizmi yoshi ulg`aygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada kuchaytirishga yo`naltiriladi.Jismoniymashqlar bilan tizimli shug`ullanish ta’lim tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o`z tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har kim jismonan garmonik tarbiya alomatlarini chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi. Organizm o`sib borar ekan uning funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy.Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo`lgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport trenirovkasi asoslari, sportchini o`zo`zini nazorat qilishi qoidalariga o`rgatish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jismoniy tarbiya vositalari. 6 (7) (10) 11 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchunasosiy vosita qilib asosiy gimnastika, harakatli o`yinlar, rolikli konkida, velosipedda yurish, ekskursiya va sayohat hamda tabiat qo`ynida o`ynaladigan o`yinlar va jismoniy mashqlar olingan. Bu yoshdagilarda suzish, Tennis bo`yichamuntazam mashg`ulotlar uyushtirish mumkin. Sog`ligi yomonlashgan bolalarga maxsus mashg`ulotlar davolash gimnastikasi tarzidagi yoki maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalar uchun alohida mashg`ulotlar yo`lga qo`yiladi. 16-18 yoshdagilar uchun jismoniy tarbiya vositasi qilib asosiy gimnastika (kichik yoshdagilarga nisbatan og`irroq mashqlar bilan), tanani boshqarish mashqlari, “Alpomish va Barchinoy” maxsus testi mashqlari, to`siqlardan oshish, jamoa bo`lib o`ynaladigan harakatli o`yinlar (osonlashtirilgan qoidada) va boshqalar olinadi. Bu yoshda sport o`yinlariga, gimnastika, yengil atletika, rolikli konkida yurish, yugurishdek sport turlarida bolalar yuqori natijalariga erishishlari mumkin. Bulardan tashqari ularda turistik poxodlar, piyoda yurish, krosslar hamda dalada o`ynaladigan va harbiylashtirilgan o`yinlar o`tkazilishi mumkin. 16-18 yoshdagilar uchun (litseylar) asosiy va sport gimnastikasi va boshqa sport turlari vosita bo`ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarligining ko`rsatkichlari “Alpomish va Barchinoy” kompleksi talablari va normalari darajasida bo`lishi lozim. Bulardan tashqari sayir va poxodlar uyushtirilishini tarbiya jarayonidagi samarasi katta bo`lishi mumkin. Download 162.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling