Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakulteti


Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini shakllari bo`lgan ertalabki badantarbiya ishlarini yo`lga qo`yish


Download 162.26 Kb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi162.26 Kb.
#1600485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pardayev Baxriddin. kurs ishi

2.3. Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini shakllari bo`lgan ertalabki badantarbiya ishlarini yo`lga qo`yish
Ertalabki badantarbiya har bir insonga foydali va uni yosh yoki jismoniy rivojlanishdan qat’inazar doimiy ravishda qilish darkor. Ertalabki badantarbiyani bolalikdan o’zlashtirish lozim, shu bilan foydali ishga odatlaniladi, chunki badantarbiya yurak va o’pka ishini yaxshilaydi, suyakmushak to’qimalarini rivojlantiradi, tananing umumiy salomatligini mustahkamlaydi va bolada irodani shakllantirib, intizomga o’rgatadi.
 
Sir emaski, ertalabki oddiy badantarbiyadan so’ng, inson kun mobaynida o’zini tetik his qilishiga yetarli quvvat oladi – o’zini his qilish yaxshilanadi, ertalabki badantarbiya go’yoki tanani «silkitadi» va shunchaki ajoyib kayfiyat baxsh etadi.
Bolani qanday qiziqtirish mumkin? Aslida, eng gapyuqmas bolalarni ham ertalabki jismoniy tarbiyaga o’rgatsa bo’ladi. Buning uchun zerikarli jismoniy mashqlarni quvnoq o’yinga aylantirish kerak, buni har bir oila a’zosi bajara oladi.
Dastavval, farzandlari badantarbiya qilishni xohlamaydigan barcha ota-onalar anglab olishlari kerakki, bolani mashq qilishga majburlash emas, o’rgatish kerak. Farqi bormi? Agar, hali ham «unchalik bo’lmasa», tezda ota-onangiz ham sizni o’z irodangizga qarshi biror ishni qilishga majburlaganini xotirlay olasizmi? (Ko’pikli sutni ichish?.. Skripka chalish?). Endi tahlil qiling, katta bo’lgach, o’sha ishlarning qaybirini davom ettirmoqdasiz?!
Ertalabki badantarbiyadan maqsad, u uzoq yillar mobaynida sog’lom odatga aylanishidir.
Shuning uchun ham tarbiya maqsadlarida hech qanday bosim, ayniqsa jazolash (agar bajarmasang, konfet yo’q) haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bolakay tonggi oson jismoniy mashqlarni og’ir vazifa sifatida emas, balki (yuvinish va tishni yuvish singari) shunday bo’lishi lozim ish deb qabul qilishi kerak.
Mashq qilishni o’zgaruvchan stolda boshlash muhim. Agar hayotning ilk oylaridanoq qiziq hirgoyilar qilib, bolaning qo’l-oyoqlarini ohangga mos ravishda harakatlantirsangiz, bunda o’z harakatlaringizni hayajon bilan «mana bizning bolakay qanday qila oladi!» deb davom ettirsangiz, siz shartli refleksga poydevor qo’yasiz: tong otdi — mashq boshlandii. Agar siz, 2-3 yilgacha kichkintoyingizga ertalab uyg’onishi bilan «qushcha qanotlarini qanday silkitishi» yoki «chigirtka qanday sakrashi»ni ko’rsatsangiz va undan sizning harakatlaringizni takrorlashni so’rasangiz, siz unda eng to’g’ri refleksni mustahkamlaysiz va uning dunyoqarashini kengaytirasiz.
Hatto, oddiy sayrni ham sport bilan shug’ullanishga aylantirish mumkin. Buning uchun sakrash, yugurish va shu kabilarni bajarish mumkin. Biroq, barchasini farzandingiz bilan birga bajaring va unga sog’lom turmush tarzi borasida namuna ko’rsating. Va nihoyat, rag’batlantirish muhim shart hisoblanadi, ammo bu ham ma’lum bir chegaradan chiqmasligi shart, deb qayd etishadi mutaxassislar.
Ruhlantiramiz. Ammo, aytaylik, bola biroz katta bo’ldi, ertalablari badantarbiya qilish masalasi sizni o’ylantira boshladi. Farzandingiz 5-7 yosh atrofida va siz nima bo’lsa bo’lsin, u ertalablari mashq qilishini xohlayapsiz. Bunda bolani to’g’ri ruhlantira olish lozim. Hech qachon u bilan «bozor munosabatlari»ni o’rnatmang: «sen mashq qilasan, men o’yinchoq olib beraman» va b. kabi. Bunday tarbiyalash shu bilan yakunlanadiki, bola salomatligi uchun emas, ortiqcha yana bir sovg’a uchun mashq qiladigan bo’ladi. Keyinchalik umuman qilmay qo’yadi.
Eng to’g’risi – shaxsiy namunada ko’rsatish. U bilan birga mashq qiling. Mashq turlari bo’yicha musobaqalashing. Bu ham quvnoq, ham foydali bo’ladi. Agar siz shug’ullanib, biror sport turida ilgarilab ketgan bo’lsangiz, farzandingiz bu haqda bilishi va faxrlanishi lozim. Mukofotlarni ko’rinadigan joyga qo’ying, muvaffaqiyatlaringizni namoyish qiluvchi fotosuratlar yoki videolavhalarni tomosha qiling.
«Maqtanish» imkonini qo’ldan boy bermang: «Ko’ryapsanmi, qanday qila olaman? Bilasanmi, bu qanday zo’r! Men tanamni tayyorlash uchun ertalabki oddiy mashqlardan boshlaganman. Xohlasang, sen ham shunday qila olasan».
Bolaning har qanday harakati ota-onalar qalbidan joy oladi, shuning uchun ham ertalabki badantarbiya mashlari oiladagi o’ziga xos voqelik bo’lishi darkor: barcha jismoniy mashq qilayotgan bolaga diqqat qaratishi, chaqqonligi uchun maqtashi, kerakli jihozlar (yaltiroq koptok, arg’imchoq, multfilmlar qahramonlari tushirilgan original gilamcha va b.) ni xarid qilishi kerak. Va albatta, u xalaqit qilayotgani, «oyoq ostida o’ralashayotgani» yoki sadolari ostida o’tirib-turayotgan musiqa juda balandligi va qo’shnilarni uyg’otib yuborishini aytib koyish kerak emas.
Mashqni to’g’ri bajaramiz. Bola uchun ertalabki badantarbiyaning odatdagi fitnes-yuklama bilan hech qanday umumiyligi yo’q. Shuning uchun bola har kuni kundalik me’yordan ko’proq qilib, shpagat o’tirishini talab qilish kerak emas. Mashqlar qanchalik sodda bo’lsa, shuncha yaxshi va quvnoqroq. Asosiysi – tananing har bir qismi uchun barqarorlik va muvozanatni ta’minlashga erishish. Mashqlar shunday tanlanishi kerakki, unda asosiy mushaklar guruhi va bola organizmi tizimlari qatnashsin. Mashg’ulotlar chog’ida tayyor to’plamlardan foydalanish yoki ularni bola salomatligining o’ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda tuzib chiqish ham mumkin.
Ertalabki gimnastikaning taxminiy to’plami quyidagicha bo’lishi lozim:
 tortilish;
 yurish (joyida yoki harakatda);
 bo’yin, qo’l va yelka sohasi mushaklari uchun mashqlar;
 gavda va qorin sohasi uchun mashqlar;
 oyoq mushaklari uchun mashqlar (o’tirib-turish, sakrash);
 oyoq-qo’l mushaklari ishtirokidagi umumiy ta’sir etuvchi mashqlar (silkitish, old-orqaga, yon tomonga egilish);
 kuch ishlatish zarurati bo’lgan mashqlar;
 bo’shashtiruvchi mashqlar;
 nafas olish uchun mashqlar

Xulosa
Bugungi kunda jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri va samarali tashkil etishda sportning o`rni bеqiyos. Jismoniy tarbiya, talabalar hayotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda, chunki u kishi salomatligini saqlash va mustaxkamlash uni jismoniy jihatdan rivojlantirish hamda bo`sh vaqtdan oqilona foydalanish vositasi bo`lib kеlmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi yosh avlodni jismoniy barkamol inson qilib tarbiyalash vositasidir.
Ta'lim muassasalarida sport turlari bo`yicha to`garaklar ham faoliyat ko`rsatib, bu to`garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan talabalar jalb etiladi. Sport to`garaklari ta'lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi talabalarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg`ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To`garak mashug`lotlari haftasiga 3-4
marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o`tkaziladi. Sport turi bo`yicha zaruriy jihozlar va mutaxssis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg`ulot o`tish joylari talabga javob bеrishi ta'lim muassasalari sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini bеradi.

Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish


Laboratoriya mashg`uloti davomida talabalar jismoniy tarbiya tadbirlarining xamda sport mashg`ulotlarining shakllari va uslublari hamda mе'yoriy xujjatlarini tayyorlashni o`rganadilar.
Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar ham tashkil etiladi. Bu tadbirlarga quyidagi sinfdan tashqari ishlar kiradi:
Ertalabki badan tarbiya mashg`ulotlari. Bu mashg`ulotlarning maqsadi o`quvchilar organizmini o`quv mashg`ulotlariga tayyorlash. Tartib intizomga o`rgatish.
Tanaffuslardagi harakatli o`yinlar va jismoniy tarbiya daqiqalari maqsadi o`quvchilarni nazariy mashg`ulotlarda aqliy charchashlarni bartaraf etish hamda kеlgusi darslarga tayyorlash.
Kuni uzaytirilgan guruhlardagi sayrlar va ekskursiyalarda o`quvchilarni tabiat omillari yordamida chiniqtirish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va Sport to`garaklaridagi mashg`ulotlarda o`quvchilarda jismoniy tarbiyaga qiziqishlar ortirish bilan birga, jismoniy fazilatlari va jismoniy qobiliyatlari rivojlantirish, sport turlari bo`yicha mutaxassislikka erishish.
Sport musobaqalar va bayramlarda o`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy rivojlanish darajasi nazorat qilib turiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda sport to`garaklari mashg`ulotlari jismoniy tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan to`garak mashg`ulotlari yillik rеjasiga muvofiq olib boriladi.
Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: o`quvchilarni sog`lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish jarayoni uzluksizligini ta'minlash maqsadida maktabda o`quvchilar kun tartibida jismoniy tarbiya tadbirlari bеlgilanadi va amalga oshiriladi. Kun tartibidagi tadbirlar mazmuni Jismoniy tarbiya dasturi asosida tuziladi va rеjalashtiriladi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda maktab jismoniy madaniyat jamoasi tashkilotchilik va rahbarlik vazifasini boshqaradi. Jismoniy tarbiyaning o`quvchilar kun tartibidagi tadbirlari o`quvchilarni jismoniy rivojlanishga sog`ligini mustahkamlashga va chiniqtirishga aqliy qobiliyatlarni oshirishga tartib intizomni mustahkamlashni amalga oshiradi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini muntazam o`tkazib borish o`quvchilarni o`zini-o`zi nazorat qilish, kun tartibiga rioya qilish hamda faolligini mustahkamlashga o`rgatadi. Jismoniy tarbiya tadbirlari maktabning ta'lim va tarbiyaviy ishlari shakllaridan bo`lib o`quv mashg`ulotlari bilan muvofiq holda tashkil etilishi kеrak.


Download 162.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling