Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Xelitseralilar kenta tipi sinf vakillari


Download 1.03 Mb.
bet5/13
Sana30.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1309599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
“Xelitseralilar Chelicerata kenja tipi sistematikasi, filogeniyasi

Xelitseralilar kenta tipi sinf vakillari.
Xelitseralilar kenja tipi 3 ta sinfga bo’linadi.
1. Xanjardumlilar (Xiphosura ) sinfi.
2. O’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi.
3. Dengiz o’rgimchagi (Pantopoda)sinfi.

3-rasm:
Bir qancha turlarining nafas oh'sh organlari bo'lmaydi. Ko'pchilik kanalarda esa traxeyalar rivojlangan. Qon so'ruvchi kanalarning ichagi juda kengayib, yon xaltalarni hosil qiladi. Kanalar xilma-xil usulda oziqlanadi. Ko'pchilik vakillari tuproqda, to'kilgan barglarning ostida va moxlarda hayot kechirib saprofit oziqlanadi, boshqalari yirtqichlik qiladi yoki turli hayvonlarda parazitlik qiladi. Parazit kanalar o'z xo'jayinining qoni, tana suyuqligi, teri yoki pati bilan oziqlanadi. Kanalar odam va hayvonlaraing terisiga yopishib qonini so’radi, mexanik jarohatlab yaralar hosil qiladi, zaharli so’laklarini organizmga yuborib zaharlaydi va kuchli bezovtalanishga olib keladi. Qichima, ya'ni qo’tir kanalari esa terida kuchli qichishni vujudga keltirib, organizmni darmonsizlantiradi. Ayrim kanalarning erkaklarida haqiqiy kopulyativ organ bo'ladi. Ko'pchilik hollarda urg'ochi kana spermatofor yordamida urug'lanadi.
1.3. Qilichdumlilar (Xiphosura) sinfi tavsifi va o‘rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi umumiy belgilari
Qilichdumlilar (Xiphosura ) sinfi - vakillari hozirgi zamondagi eng yirik xelitseralilardir. Ularning kattaligi 75 sm gacha bo’ladi. Xanjardumlilar yer yuzida silur davridan buyon yashab kelib, ularni aksaryat turlilari qirilib ketgan.Tipik dengiz hayvonlaridir. Hozirgi zamon faunasida 4 ta turi uchraydi. Bitta turi Atlantika okeanining Shimoliy Amerikaning sohillarida, 3 ta turi Osiyo, Koreya,Yaponiya va Filippin, Indoneziya qirg’oqlarida tarqalgan. Boshko’krak qismi tuzilishi ot taqasi shakliga o’xshaydi. Xanjardumlilar sohilga chiqib 1000 tagacha tuxum qoyib ko’payadi.Tuxum rivojlanishi trilobitlarning lichinka rivojlanishini eslatadi. Hozirgi paytda juda kam qolgan xanjardumlilar xeletseralilarni kelib chiqishini o’rganishda juda katta nazariy ahamiyatga ega . Qilichdumlilar - juda kam uchraydigan qadimgi dengiz hayvonlari. Paleozoy erasida keng tarqalgan, keyinchalik qirilib ketgan. Hozirgi davrda ulardan faqat 5 tori tarqalgan. Uzunligi 50-90 sm ga yetadi.
Tashqi tuzilishi.
Qilichdumlilaming keng va yassi tanasi ikki bo'lim: yaxlit boshko'krak va qorindan iborat. Qorin boshko'krak bilan harakatchan qo'shilgan bo‘lib, 6 juft plastinkasimon jabraoyoqlarga ega. Qomining keyingi uchida harakatchan uzun dum o'simtasi joylashgan Boshko‘krak keng va qalin qalqon bilan qoplangan bo‘lib, qalqonning oldingi tomonida, ya’ni ikki juft ко‘zlari joylashgan. Boshko'krakning ostki tomonida og‘zining oldingi qismida uch bo‘g ‘ixnli kichkina xelitserasi, og‘iz atrofida 5 juft yurish oyoqlari bo‘ladi. Xelitseralilaming pedipalpasiga mos keladigan birinchi juft oyoqlari kichik qisqich bilan ta’minlangan, lekin tuzilishi bilan boshqa yurish oyoqlaridan deyarli farq qilmaydi. Hamma oyoqlari bir shoxli bo‘lib, asosiy bo‘g ‘imida qilga o ‘xshash chaynash о‘simtasi bo‘ladi. Oxirgi beshinchi juft oyoql arida rudimentar jabra о ‘ simtasi bo‘ladi. Shunday qilib, oyoqlar o ‘rmalash bilan birga, oziqni ushlash va maydalash funksiyasini ham bajaradi. Qorin bo'limida 6 juft bargsimon rudimentar oyoqlar bor. Bu oyoqlaming birinchi jufti jabra qopqoqchalarini hosil qiladi. Qolgan qorinoyoqlarda juda ко‘p plastinkasimon jabra yaproqchalari joylashgan. Dum o‘simtasi telson bilan qorin bo‘limining keyingi uchta bo‘g ‘imining qo‘shilishidan hosil bo'lgan.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling