Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


-rasm. Tuproq-o‘g‘it-o‘simlik tizimining o‘zaro munosabati sxemasi


Download 0.8 Mb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo\'shgan hissalari kurs ishi

1-rasm. Tuproq-o‘g‘it-o‘simlik tizimining o‘zaro munosabati sxemasi.
O‘simlik, tuproq va o‘g‘itlarning o‘zaro ta’sirini o'rganganda iqlim va boshqa sharoitlar hisobga olinadi hamda bu bog‘lanishni quyidagicha tasvirlash mumkin.
2-rasm. Tuproq-iqlim-o‘g‘it-o‘simlik tizimining o‘zaro munosabati sxemasi.
Agrokimyo faninmg asosiy maqsadi, shu fanning asosiy quroli bo‘lgan o‘g‘itlar yordamida eng aw alo tuproq meliorativ holatini, unumdorligini yaxshilash va shu orqali o'simliklar hosilining miqdorini ko‘paytirib, sifatini oshirishdan iboratdir. Shu maqsaddan kelib chiqib, agrokimyoning asosiy vazifasi quyidagicha aniqlanadi: turli tuproq sharoitlarida har xil o‘g‘itlar samaradorligini aniqlash, dehqonchilikda oziq moddalar aylanish doirasini o‘rganish, tuproq va o ‘simliklarda borayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir qilish tadbirlarini ishlab chiqishdir. 7 0‘simliklar oziqlanishini o‘rganish agrokimyoni awalo o'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi bilan uzviy bogiaydi.
Tuproqda o‘g‘itlarni o‘zgarishi tuproqning xossalariga, kimyoviy va mikrobioiogik jarayonlariga bog‘liq bo‘lib, agrokimyo fanini tuproqshunoslik, tuproq kimyosi, biologiyasi va mikrobiologiya fanlari bilan bogMaydi. Agrokimyo dehqonchilik va tuproq melioratsiyasi, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, mexanizatsiya hamda iqtisod fanlari bilan bog'langan holda ish olib boradi. Agrokimyo fani o'z oldiga qo‘ygan vazifalarni hal qilishda o‘zining maxsus tadqiqot usullaridan foydalanadi. Agrokimyoviy tadqiqotlar qo'yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda laboratoriya, vegetatsion, lizimetr, dala va ishlab chiqarish tajribalari usullari bilan amalga oshiriladi. Bu usullar birgalikda qo'llaniladi va bir-birini to‘ldiradi. Laboratoriya yordamida asosan tuproq, o‘simlik va o‘g‘itlar kimyoviy analiz qilinadi hamda kichik laboratoriya tajribalari o‘tkaziladi. Vegetatsion tajribalar-maxsus uychalar, issiq xona, fitotron va vegetatsion maydonchalarda amalga oshiriladi va albatta o'simlik o ‘stirish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Vegetatsion tajribalar yordamida ayrim omillarning, shujumladan, oziq elementlarni o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, modda almashinuvi va hosildorligi ta’siri o‘rganiladi. Lizimetr tajribalar maxsus qurilmalarda tabiiy sharoitga yaqinroq bo‘lgan muhitda olib boriladi. Bu usul yordamida tuproqdagi oziq elementlar migratsiyasi, transformatsiyasi, tuproq xossalarining o‘zgarishi hamda izotop usullar yordamida o‘simliklarning modda almashinuvi va mahsulotning sifatini o‘zgarishi kabi masalalar o‘rganiladi. Dala tajribasi usuli ishlab chiqarish sharoitiga yaqin bo‘ladi va to ‘g‘ridan-to‘g‘ri dalada har xil kattalikdagi maydonchalarda olib boriladi. Maydonning katta-kichikligiga qarab makro va mikro dala tajribalari bo‘ladi. Hali katta maydonlarga chiqarish erta bo'lgan masalalar oldin mikro-dala tajribalarida o'rganiladi, undan keyin esa katta dalalarda makrodala tajribalari usuliga o‘tiladi. Shunday masalalar borki, ularni mikro-dala tajribalarida o‘rganish yetarli hisoblanadi.
Agrokimyo fani ishlab chiqarish tajriba usulidan ham foydalanadi. Bunda tajriba uchun olingan yer maydoni kattaligi jihatdan ishlab chiqarish maydonlariga yaqin bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish tajribasi natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni to ‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish sharoitida foydalanilsa bo‘ladi. Bulardan tashqari, agrokimyo fani kimyo, fizika, o‘simliklar fiziologiyasi, mikrobiologiya, amaliy matematika va boshqa fanlar uslubiyatlaridan ham foydalanadi.
Agrokimyo asoslari o‘simliklarning ildiz orqali oziqlanish nazariyasini, o‘simliklarning oziqlanishi nuqtayi nazaridan tuproqning holati va xossalari, ularni yaxshilash, o‘g‘itlarning xossalari haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi.
Agrokimyo yashil o‘simliklarning funksiyasini, o'simliklar organizmining hayotiy jarayonlari qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo‘lib, o‘simliklar fiziologiyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Agrokimyoning tarkibida o'simliklar organizmining xususiyatlari, oziqlanishi haqidagi bilimlar asosiy qismni tashkil qiladi. 0‘simliklardan yuqori hosil olish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar o‘simlik organizmini chuqur bilish, tashqi muhit sharoitlarini o‘simlik talabi darajasida moslashtirish haqidagi bilimlarga asoslanadi. Tashqi muhit xususiyatlarini iqlimshunoslik, tuproqshunoslik fanlari o‘rganadi. Ammo bu fanlarning kimyoviy jarayonlar bo‘limlarini agrokimyo fani ham o‘rganadi va yuqorida aytilgan fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir
1-jadval. Agrokimyoning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni
Bundan tashqari, agrokimyo fani dehqonchilik fani bilan ham qattiq aloqada, chunki uni «o‘g‘itlar qo'llash» bo‘limini agrokimyo fani ishlab chiqadi. 0‘g‘itlar tizimini tuproq sharoitiga, o‘simliklar turi va naviga qarab o‘zgartirib turadi. Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agrokimyo, agrofizika, agrobiologiya fanlari uslubiy fanlarga kiradi.
Ya’ni, bu fan o‘zining mavjud uslublari bilan o‘simlikni, havoni, tuproqni o'rganib, shu bilimlar asosida o‘g‘it qo‘llash tizimini ishlab chiqadi. Tuproqqa ishlov berish, o‘simlikni parvarishlash, namlik, karbonat angidrid gazi bilan ta’minlash, o‘sishni susaytiruvchi va kuchaytiruvchi moddalarni qo‘llash kabilar foydalaniladigan o‘g‘itlarning turlari, shakli, miqdori tuproqqa solish uslublari, muddatlari bilan o‘zaro moslashtirilishi lozim. Bunday o‘zaro moslikka putur yetishi, yuqorida qayd etilgan ekinni parvarish qilish usullarining samarasini juda pasaytiradi. 0‘z vaqtida K.A. Timiryazov «mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish zamonaviy dehqonchilik fanining asosi bo‘lishi bilan birga u agronomik kimyo va o‘simliklar fiziologiyasiga tayangan bo'lishi lozim» — degan edi.
Agrokimyo — ham kimyoviy, ham biologik va qishloq xo‘jalik fanidir. Agrokimyogar muayyan ekin navidan yuqori hosil yetishtirish uchun o‘g‘itlardan foydalanib, dehqonchilikda qo'llaniladigan hamma ta’sir etish usulublaridan bir yo'la foydalanadi. Lekin bunda ta’sir etish doirasining oqibatini qay darajada bo'lishini inobatga olinishi lozim.
Masalan, azotli o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanmaslik yer osti suvlarini nitratlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Ichiladigan suv, sabzavot va boshqa o‘simliklarda nitratlarning tez to'planishi odam va hayvon organizmidagi modda almashinuvini ham izdan chiqaradi.



    1. Download 0.8 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling