Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Fosfor o`g`itlarining Ekalogik sharoitga ta`siri


Download 233.43 Kb.
bet3/9
Sana05.11.2023
Hajmi233.43 Kb.
#1748636
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va (1)

Fosfor o`g`itlarining Ekalogik sharoitga ta`siri

Fosforli o'g'itlar qishloq xo'jaligida keng foydalaniladigan o'g'itlardan biri hisoblanadi. Ular superfosfat, qo'shsuperfosfat ham da m urakkab o'g'itlar: ammofos, diammofos, nitroam m oska, karboammofoska ko'rinishida bo'lib, o'sim liklar tom onidan tez o'zlashtiriladi.
Fosfor biogen elem ent hisoblanib, organizm ning unga bo'lgan talabi azotga nisbatan 10 barobar kam bo 'lsad a, o'sim liklarning ko'payishi, massa hosil qilishi va energiya almashinishida m uhim rol o'ynaydi. Fosfor azot singari eng m uhim hayotiy elem en td ir. Fosfor nukleoproteidlar, fosfatidlar, fitin, qandli fosfatlar va boshqa birikmalar tarkibiga kiradi. Fosfor asosan o'simlikning o'sish nuqtalari va donlarida ko'proq to'planadi, ildiz va poyalarida uning miqdori unchalik ko'p bo'lmaydi. O'simliklarning turi va talabiga qarab, har gektar yerdan m e’yorida hosil olish uchun sarf bo'ladigan fosfor 15 kg dan 50 kg gacha va undan ko'proq bo'lishi kerak. Biologik yo'l bilan to'plangan fosforning uchdan ikki qismini qishloq xo'jalik mahsulotlari sifatida odam iste’mol qilib, tuproqqa uchdan bir qismi qaytadi.
Fosfor muammosi uning tabiiy zaxiralarining tugab borayotganligi bilan bog'liqdir. M a’lumki, tuproqqa solinadigan mineral o'g'itlarning bir-biriga nisbati (N; P;K) — 1; 1; 1 dan 1;2;2,5 gacha bo'lishi kerak. Agar azotning fosforga nisbati birdan past bo'lsa, u vaqtda qishloq xo'jalik m ahsulotlarida azotning qayta tiklangan birikm alarining m iqdori ortib, uning konsentratsiyasi zaharli darajagacha yetishi mumkin.
Shuning uchun N ,P ,K elem entlarining mineral o 'g 'it hamda oziq moddalari tarkibidagi nisbati bir biriga to'g'ri kelishi juda katta ahamiyatga ega. Fosfor elem entining azot singari biologik manbayi bo'lmagani uchun, uni hamisha tuproqqa mineral o'g'it sifatida solinib, yetishmagan qismi to id irib boriladi. Fosforli o'g'itlarning foydali koeffitsienti azotnikiga qaraganda deyarli ikki barobar kamdir. Fosforli o'g'itlar tarkibidagi fosfor, tuproqdagi kalsiy, magniy, tem ir va am m oniy elementlari bilan tezda birikib, suvda yomon eriydigan fosfatlarni hosil qiladi. Bundan tashqari, fosfor tuproqning mineral va organik qismi orqali kimyoviy singdirilishi mumkin.
Fosforga xos bo'lgan bu xususiyatga asosan fosforli o'g'itning tuproqdagi yetishmaydigan miqdoriga nisbatan bir necha bor ortiq solish kerak bo'ladi. Shu bilan birga fosforli o'g'itni yerga solish m e’yorini belgilashda uning tuproqdagi harakatchan shakldagi m iqdorini ham hisobga olish kerak bo'ladi.
Fosforli o'g'itlar, odatda, o'simlik ildizlariga yaqinroq qilib solinadi. Amerikalik olimlarning hisoblariga qaraganda yem-xashak tayyorlash uchun sarflangan 10 qism fosforning bir qismini odam oziq mahsulotlari bilan iste’mol qilsa va uch qismi tuproqda singib qolsa, qolgan olti qism chiqindi va suv orqali suv havzalariga yuvilib ketadi. Shuning uchun odam lar zich joylashgan va chorva mollar to ‘plangan yerlar fosfor bilan ifloslantiriladigan asosiy manba hisoblanadi.
Fosforli birikmalar suvda yomon erishiga qaramay, ularning asosiy geokimyoviy aylanma harakati ko'llar, daryolar, dengizlar va okeanlar orqali ro'y beradi. Hisoblarga qaraganda, hozir har yili 4 mln t ga yaqin fosfor yerdan okeanlarga yuvilib chiqib ketadi. Shu bilan birga turli dengiz hayvonlari-baliqlar, moluskalar, suv o ‘tlarini dengizlardan quruqlikka chiqarilishi, quruqlikda dengiz mahsulotlarini ko'p ishlatilishi bir qism fosforning dengizdan quruqlikka ko‘chishiga, ba’zi yerlarda fosfor miqdorini m e’yordan ortib ketishiga olib kelyapti. Tuproq va suv havzalarini yana bir ifloslantiruvchi manba fosfor organik birikmalarning biosidlar sifatida ko'plab qo‘llanilishidir. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi birikmalardan yana biri, u ham bo‘lsa detergentlardir. Detergentlarga yuvish (tozalash) mahsulotlari kiradi.
Detergentlar orqali atrof-muhitga har yili 5 mln t ga yaqin fosfor tushadi. Bu muhitga tushadigan zaharli fosforning 46% ini tashkil qiladi. Detergentlar neft distillatsiyasi mahsulotidir. Mahsulot olishda dastlab ular ferm entlar ta’sirida parchalanm ay, tozalash inshootlari orqali osongina o‘tib tuproq va suvlarni ifloslantiradi. Bundan tashqari, fosforli o ‘g‘itlar bilan toksik elem entlar tuproqqa tushadi. Mis, kobalt, nikel, selenlardan tashqari toksik birikmalardan ftor ham bo'ladi. Tuproqda qolgan fosfor kalsiy, aluminiy va tem ir bilan bog‘lanadi.
Yerga berilgan fosforli o ‘g‘itning 34% i transport bilan tashish va saqlash jarayonida, 26% i tuproqdan yuvilib ketsa va eroziya jarayonida yo‘qoladi. Fosforli o ‘g‘itlardan foydalanilganda ularning xomashyo birikmalari, tuproqning og‘ir m etallar va toksikantlar bilan ifloslanish darajasi, o ‘g‘itni yerga berilganda ekologik yom on oqibatlarga olib kelmaslik yo‘llarini bilish shart. 0 ‘simliklarning o ‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun fosforning ham ahamiyati kattadir.
Turli tuproqlarda 150, 180, 200 kg azot va 50, 100, 150, 200 kg fosfor o‘g‘iti ishlatilgan. Superfosfat solingan tuproq tarkibida harakatchan fosfor miqdori bahorda ko‘p bo‘lib, keyinchalik g‘o‘zani o‘zlashtirishi tufayli uning miqdori kamayadi. Fosforning m e’yori gektariga 150—200 kg bo‘lgan taqdirda 0‘simlik yaxshi rivojlanadi, hosil gektariga 34,4—34,8 s ni tashkil qiladi (Majidov, Zokirov,1991). Tuproqdagi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning nisbatini o‘zgartirib turish kerak, aksincha tuproqda ortiqcha m oddalar to ‘planadi va shu yerda o'sadigan o ‘simliklarga salbiy ta ’sir qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham m a’lum tadbirlar ko‘riladi.
Ya’ni, tuproqda yig'ilgan fosfordan biologik usul bilan foydalanishda, yerga oraliq ekinlari ekiladi, ularni ko'k o'g'it sifatida haydab yuboriladi. Oraliq ekinlar ichida ildizidan nordon moddalar chiqarib, tuproqdagi eruvchi fosfatlarni eritib, g'o'za va boshqa o'simliklar o'zlashtirishi mumkin holga keltiriladi. Oraliq o'simliklarga rangut, javdar va raps kabilar kirib, ular tanlab olinadi. Raps oraliq o'simligi sifatida ekilib, gektaridan 20—30 s dan hosil olinganda, shu o'simlik o'zi bilan 25 kg dan ortiq kalsiyni tuproqdan olib ketadi. Undan tashqari raps tuproqda juda ham ko'p ildiz qoldiradi.
Uning ildizlari chirib, tuproqni organik birikmalar bilan boyitadi. Oraliq ekinlari ekilgan yerda paxta yetishtirilsa, fosforli o 'g 'it bermasa yoki kamroq bersa ham bo'ladi. Tuproqdagi fosforni yaxshi eritadigan oraliq ekinlariga rango't bilan shabdor qo'shib ekilsa, yaxshi natija beradi. Ular ekilgan yerga paxta ekilsa, uning hosili 4,6 s ga yuqori bo'lib, vilt bilan kasallanish 30—40% ga kamayadi.


    1. Download 233.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling