Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta
Download 262 Kb.
|
02.06.2022 Biofizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar N.A. Ablakulova “Biofizika” Guliston 2017-yil.
- Internet saytlari www.referat.uz www.ziyonet.uz www.pedagog.uz
Sinergetika konseosiyasi
Zamoniy va fazo-zamoniy dissipativ strukturalar. Belousov - Jabotinskiy reaksiyasi. Vaqtda (zamonda) tartiblangan dissipativ strukturalarning paydo bo’lishiga olib keladigan, o’zligidan tashkillanish jarayoni ba’zi bir nochiziq kimyoviy reaksiyalarda yuz berib, reaksiya mahsulotlarining hosil bo’lish tezligi reaksiyaga kirishuvchi birikmalar konsentrasiyasiga kvadratli bog’liq bo’ladi. 1951 yil B.P.Belousov limon kislotasining kaliy bromat (KBr03) va seriy sulfat Ce(SO4)2 aralashmasida amalga oshadigan gomogen davriy kimyoviy oksidlanish reaksiyasini kashf etadi. Reaksiya davomida eritma rangining qizildan Ce4Q) va aksincha davriy o’zgarishi bilan namoyon bo’ladiganko’k rangga (Ce3Q zamoniy struktura paydo bo’ladi. Rang o’zgarishi (almashinishi) taxminan 4 min. davr bilan tebranib, u reagentlar tamom bo’lmaguncha, ya’ni sistemada termodinamik muvozanat qaror topmaguncha davom etadi. Umuman, dissipativ strukturalar bu zamonda yoki fazoda yoki ham zamon ham fazoda tashkillangan holatlar bo’lib, ular termodinamik muvozanatga faqat sakrashlar orqali qaytadigan sistemalar sifatida ta’riflanadi. Bu xil fazo o’tishlar natijasida materiyaning o’zligidan tashkillanish jarayoni, hayotning paydo bo’lishi va hayotiy fermalar evolyusiyasiga bevosita daxldordir. Sinergetika mavqeidan tasodif zaruriyatga faqat qo’shimchagina emas, zaruriyat ham tasodifga qo’shimchadir. Sistemaning bifurkasiya nuqtasidan o’tib (ya’ni yo’nalish "tanlab" olinib), navbatdagi bifurkasiyagacha bo’lgan evolyusiya yo’nalishi, fluktuasiyalarning tasodiflarning yo’nalishi, korrelyasiyalanishining yakuni hamda bir- birini kuchaytirish natijasi ma’nosida, I.Prigojin, I.Stengers:- "Kuchli muvozanatlanmaganlik sharoitida o’zligidan tashkillanish jarayoni, tasodif bilan zaruriyat, hamda fluktuasiya bilan deterministik qonunlari aro yuzaga keladigan nozik ta’sirlanishlarga mos keladi. Bifurkasiya yaqinida fluktuasiyalar yoki tasodif elementlar asosiy rol o’ynasa, bifurkasiyalar oralig’ida deterministik tomonlar ustunlikka ega bo’ladi". Keyin esa:" Bir jinslilik beqarorligi- tashkillanish yaratuvchisidir" deb ta’kidlaydi. Xulosa Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki biofizika ayrim makromolekulaning tuzilishi va funksiyasidan tortib, biosfera darajasigacha bo’lgan gradatsiyalarda kechadigan jarayonlarni tekshirib, ularning mexanizmlari va ichki dinamikasini tushuntirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Adaptatsiya mexanizmlari, energiya almashinish, ion gomeostazining boshqarilishi, hujayra ichi signalizasiya jarayonlari, fotomorfogenezni sistemalar darajasida tekshirish, ixcham ekologik modellar tuzish va boshqalar ham biofizikaviy tadqiqotlarning aktual yo’nalishlarini tashkil etadi. Shunday qilib, biofizikaning hozirgi zamon biologiyasi gormonik qiyofasining shakllantirishga qo’shadigan salmoqli ulushi, hayot faoliyatining asosini tashkil etuvchi eng muhim fizikaviy va fizika- kimyoviy jarayonlarning mohiyatini ochishdan iborat. Biofizika jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va u hozirgi zamon biologiya dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Hozirgi davrda, biofizikaviy yondashishlarning taraqqiy etishi, ekologiya biologiyaning bir qator amaliyoti 5 sohalari, nazariy va amaliy- tibbiyot hamda qishloq xo’jaligidagi yutuqlarning zaruriy sharti sifatida tan olinmoqda. Shubhasizki, biologik muammolar sohasiga biofizikaning kirib kelishi, u bilan mahkam bog’langan ko’pgina fanlarni har tomonlama favqulodda darajada boyitdi. Tirik organizmda sodir bo‘ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o'zaro bog'liqligiga qaramasdan, ular ichidagi fizik jarayonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, qon aylanishi bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar bo'ylab elastik to‘lqinlarning tarqalishi (akustika), yurakning ishi va quvvati (mexanika). biopotensiallar generatsiyasi (elektr), nafas olishda gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug‘lanish (fazoviy o‘tishlar) va hokazo bo'limlarda organiladi. Bunday mikrojarayonlaming fizikasini tushunish organizm holati, ba'zi bir kasalliklarning labiatini anglash, dorilarning ta'sirini va shu kabilarni to‘g‘ri baholasli uchun zarurdir. Kasalliklarga tashxis qo‘yish biologik tizimlami tadqiq qilishning fizik usullari, tamoyillari va g‘oyalaridan foydalanishga asoslangan. Foydalanilgan adabiyotlar N.A. Ablakulova “Biofizika” Guliston 2017-yil. E. Ismoilov., N. Mamatqulov., G’. Xodjayev., N.Norboyev., Biofizika 2013-yil. A. N. Remizev “Tibbiy va biologik fizika” Toshkent. Ibn Sino nashriyoti 1990-yil. Internet saytlari www.referat.uz www.ziyonet.uz www.pedagog.uz www.tdpu.uz Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling