Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta
Download 262 Kb.
|
02.06.2022 Biofizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshirdi._________________________________________________________ Qabul qildi: ____________________ TERMIZ-2022.
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Chiziqli emas jarayonlar termodinamikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI TUPROQSHUNOSLIK TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS 120-GURUH 1-ZVENOSINING MALAKAVIY AMALIYOTIDA TAYYORLAGAN HISOBOTI Topshirdi._________________________________________________________ Qabul qildi: ____________________ TERMIZ-2022. Mavzu: Chiziqli emas jarayonlar termodinamikasi, muvozanatdan uzoqdagi sistemalar statsionar holati. Sinergetika konseosiyasi. Reja: Chiziqli emas jarayonlar termodinamikasi. Muvozanatdan uzoqdagi sistemalar statsionar holati. Sinergetika konseosiyasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Chiziqli emas jarayonlar termodinamikasi Kuchli darajada muvozanatlanmagan termodinamik oqimlar bilan kuchlar o’rtasidagi aloqa chiziqli bo’lmaydigan, demak, Ongazer aloqadorligiga bo’ysunmaydigan sistemalar termodinamikasi bir qator tadqiqotchilar, birinchi navbatda I.Prigojin va P.Glensdorf tomonidan rivojlantirildi. Mazkur yangi, hali ham oxiriga etkazilmagan nochiziq jarayonlar termodinamikasi deb nom olgan ta’limot turli tabiatga ega, kuchli darajada muvozanatlanmagan ochiq sistemalarda o’zligidan tartiblangan strukturalar paydo bo’ladi, ya’ni ularda o’zligidan tashkillanish ro’y beradi, deb ta’kidlaydi. Nemis olimi G.Xaken, shu xil o’zligidan tashkillanish jarayonlari uchun umumiy bo’lgan, "sinergetika" atamasini taklif etadi (sinergetika- yunoncha birgalikdagi yoki kooperativ harakat). Sinergetikaning fizikaviy mohiyati shundan iboratki, muvozanatdan uzoqdagi nochiziq sohada, sistema o’z barqarorligini yo’qotadi, katta bo’lmagan fluktuasiyalar, sistemani ko’p sonli zarrachalarning birgalikdagi harakati orqali yangi rejimga olib chiqadi. Kuchli darajada muvozanatlanmagan sistemalarda bunday o’zligidan tashkillanishning qaror topish hodisasi fizika, kimyo, ayniqsa, biologiyada muhim ahamiyatga ega. Chunki, tirik organizmlar va ularning organsistemalari kuchli darajada muvozanatlanmagan mikrosistemalar bo’lib, ularda har doim turli gradientlar konsentrasiya, harorat, elektr va bosim gradientlari mavjud. Mazkur xulosa, dunyoqarash nuqtai-nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Sinergetika, tabiat qonunlari asosida betartib sistemalarda qanday qilib muayyan bir tartiblanganlikning paydo bo’lishi va paydo bo’lgan tartiblanganliklarning murakkablasha borib rivojlanishini izohlab beradi. M.Eygen, kuchli darajada muvozanatlanmagan murakkab sistemalarda kodlar tarzida ezilgan informasiya shakllangan strukturalarning o’ziga o’xshaganni yaratish jarayonini boshqarib turiladi, deb ko’rsatdi. Nochiziq jarayonlar termodinamikaning rivojlanishi natijasida, hayotning paydo bo’lishiga doir fizikaviy gipotezani ilgari surishga imkon yaratildi. Nochiziq termodinamika ikkinchi qonunining statusini tubdan o’zgartdi. Haqiqatdan ham, bu qonun, ko’rib o’tganimizdek, muvozanatga yaqin qaytmas jarayonlar faqat strukturaning inqirozigina emas, muvozanatdan uzoqdagi qaytmas jarayonlar tufayli ham strukturalar paydo bo’lishini bashorat etadi. Termodinamikaning ikkinchi muqaddimasi barcha o’zida real jarayonlarning qaytmasligini aks ettirish bilan birga materiyaning taraqqiyot qonunini ham ifodalaydi. Ikkinchi muqqadimaning mana shu tarzda tushunilishi, mazkur qonun (berk sistemalarda entropiyaning oshishi, demak, tartiblanmaganlikning oshishi haqidagi qonun) bilan tirik tabiatda, murakkablasha boruvchi va o’z-o’zini hosil qiluvchi strukturalar paydo bo’lishi va ularning rivojlanishi hoqidagi Darvin ta’limoti o’rtasidagi jo’z’iy zidlikka barham berdi. Ta’kidlash lozimki, bu erda so’z tirik sistemaning ochiq emas, balki uning tashqi muhit bilan birgalikda yopiq sistema hosil qilishi haqida, ya’ni tirik sistema murakkablik darajasining oshishi barobari sistema entropiyasining oshib borishi haqida boryapti. Glensdorf-Prigojin kriteriyasiga binoan, muvozanatdan uzoqdagi ochiq sistemalarda tartiblanganlik qaytmas jarayonlar tufayli, nochiziq sohada, sistema parametrlari ma’lum bir kritik darajadan oshganda paydo bo’ladi. Prigojin bunday tartiblangan strukturani dissipativ struktura deb atadi. Dissipativ strukturalarning fazoviy, zamonaviy va fazo-zamoniy strukturalar deb ataladigan turlari mavjud. Agarda gorizontal holatdagi suyuqlik qatlami tagidan kuchli darajada qizdirilsa, suyuqlikning pastki yuzasi bilan ustki yuzasi o’rtasidagi harorat farqi paydo bo’ladi. Haroratlararo farq kritik haroratdan oshganda, suyuqlikda konveksiya sodir bo’lad: sovuq suyuqlik pastga, issig’i esa yuqoriga ko’tariladi. qarama- qarshi yo’nalishdagi ikki oqim o’zligidan tartiblanib, natijada to’g’ri olti burchakli yacheykalardan iborat sistema paydo bo’ladi. Har bir yacheykaning chetlaridan oqim pastga, o’rtasidan esa yuqoriga ko’tariladi. Kritik oldi rejimdan kritik orti rejimiga o’tish munosabati bilan sistemaning simmetriyasi buziladi va bunday hol termodinamik faza o’tishiga o’xshaydi. Shuning uchun muvozanatlanmagan sistemalardagi bunday o’tishlar kinetik-fazo o’tishlar, . deb ataladi. Qayd qilib o’tilganidek, dissipativ strukturalar faqat kuchli muvozanatlanmagan, ko’p zarrachali sistemalarda yuzaga kelib, ularning holati makroskopik kattaliklarga oid nochiziq tenglamalar vositasida tasvirlanadi. Suyuqlikda Bernar yacheykalarining paydo bo’lishini tasvirlash uchun gidrodinamikaning nochiziq tenglamalari ishlatiladi. Bunda taniqli matematik A.M. Lyapunov tomonidan tavsiya etilgan diffirensial tenglamalar yechimining beqarorlik kriteriyasi jalb etiladi. Download 262 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling