Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash


Download 240.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana05.10.2023
Hajmi240.97 Kb.
#1692554
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza



DETALLARINI TOZALASH SIFATINI TEKSHIRISH. 
MASHINANI YUVISH VA TASHHIZLASH,
DVIGATELGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH 
 VA TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI
 
2.1. Mashinalarni yuvish va tozalash 
Ifloslantiruvchilarning turlari va ularning tavsifi. Ma’lumki detal sirtlari talab darajasida 
tozalanmasa ularning resursi 20...50 % ga pasayadi.
Tozalash usuli ifloslantiruvchilarning turiga bog’liq. Ular shartli ravishda quyidagi 
turlarga bo’linadi: uglerodli yopishmalar (qurum, lakli pardalar va asfaltsmolali moddalar); 
mashina va agregatlarning tashqi sirtiga yog’siz tabiatga ega bo’lgan yopishmalar; moylovchi 
materiallar (chang, suv, qasmoq) qoldiqlari. 
Yonilg’i va moy yonganda qurum hosil bo’lib, ular yonish kamerasi devorlariga, 
klapanlarga, uchqunli yondirish svechalariga, forsunkalarga va chiqarish kollektorlariga o’tirib 
qoladi. 
Shatunlarda, porshenlarning ichki sirtlarida, tirsakli vallarda va b. yuqori temperatura 
ta’sirida lokli pardalar hosil bo’ladi. 
Asfaltsmolali moddalar asfaltenlardan, karbonlardan va karboidlardan iborat. 
Qasmoq dvigatellarning sovitish sistemasiga kalstiy va magniy tuzlari ko’rinishida 
yopishib qoladi. Qasmoqning issiqlik o’tkazuvchanligi metallnikidan 60-100 marta kichik 
bo’ladi. Qasmoq tarkibiga kalstiy va magniy karbonatlari, gipslar, silikatlar kiradi. 
Texnologik ifloslantiruvchilar (metall qirindisi, sayqallovchi pastalarning, shlifovkalash 
toshining qoldiqlari va b.) ta’mirlashda, yig’ishda, moslashtirishda hosil bo’lib, detal sirtlarini 
jadal eyilishiga sabab bo’ladi. 
Ifloslanishni oldini olish usullariga: 
nefet maxsulotlarining korrozion faolligini kamaytiruvchi qo’shimchalardan foydalanish;
cho’kmalarni detal sirtini yopishib qolishini kamaytirishga olib keluvchi qoplamalar bilan 
qoplash; 
toza suv, yonilg’i, sifatli moylovchi materiallardan foydalanish bilan mashinalardan 
texnik foydalanish darajasini oshirish.

Download 240.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling