Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash
Download 240.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig’ma birliklarni va detallarni tozalash.
Yuvish qurilmalari. Xo’jaliklarning ta’mirlash ustaxonalarida detallarni tashqarisini
tozalash uchun kichik o’lchamli suv sarfi 3...3,5 m 3 /s, bosimi 1,1 MPa gacha bo’lgan M-1100, M- 1111, M-1112 (elektr dvigatelidan yuritma oluvchi) shlangli suv nasoslari qo’llaniladi. M-107 va OM-830 yuvish qurilmalari elektr dvigatelidan yuritma oluvchi uch-plunjerli nasosdan iborat bo’lib, bosimi 2,2 MPa gacha, suvning sarfi 1,4-1,6 m 3 /s. OM-3360A va OM-5285 suv oqimli tozalagichlari zamonoviy hisoblanadi. M-203 yuvish qurilmasi dvigatel va boshqa agregatlarni stastionar sharoitda tashqarisini yuvishga mo’ljallangan. Suyuqlikni 90...95 °S temperaturagacha isitish uchun elektr isitgich ko’zda tutilgan. 0,5...0,7 MPa lik bosim siqilgan havo bilan hosil qilinadi. Agregatlar dastlab eritma bilan tozalanadi, so’ng issiq suvda chayqab olinib, siqilgan havo bilan purkaladi. Ta’mirlash korxonalarida mashinalar yuvish kameralarida ikki bosqichda tozalanadi: yig’ilgan holatda va kabina, gusenistalar, yonilg’i baklari va b. ajratib olingandan so’ng. Bunday kameralarga yuzani oqim bilan tozalovchi OM-1438M i OM-8036M yuvish mashinalari o’rnatiladi. Yuvuvchi suyuqlik sifatida MS, «Labomid», «Temp» tipidagi preparatlarning 75-85 ºS temperaturadagi 10-15% lik suvdagi eritmasi qo’llaniladi. Aravachaga o’rnatilgan traktor, maxsus chig’iriq bilan yuvish kamerasiga o’natiladi, u erda traktor yuqorgi va pasti dush qurilmalari soplosidan uzatiladigan suyuqlik oqimi bilan tozalanadi. Yuvuvchi suyuqlik hajmi 5 m 3 bo’lgan vannada suyuq yonilg’i bilan isitiladi. Tozalash jarayonini kuzatish maxus nazorat oynasi orqali olib boriladi. Yuvuvchi suyuqlikni uzatish 128 m 3 /s ga etadi, dush qurilmasining 0,4-0,5 MPa bo’lganda, tozalash muddati 10... 15 min ni tashkil qiladi. Yig’ma birliklarni va detallarni tozalash. Ta’mirlash ustaxonalarida yig’ma birliklar va detallarni tozalash uchun ko’p hollarda bir kamerali oqimli qurilmalar va yuvish vannalaridan foydalaniladi. Ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalarida konveyer xilidagi bvish mashinalaridan foydalaniladi. OM-947I, OM-837G, OM-1366G i OM-4610 bir kamerali oqimli yuvish mashinalarining tuzilishi bir xil. Ular umumiy massasi 0 6...1,5 t kameralardan, 0,7...1,2m 3 s ig’imga ega bo’lgan yuvish suyuqligi uchun vannalardan tuzilgan. Yuvuvchi eritmaning temperaturasi 75...85 °S, elektrodvigatel bilan harakatlantiruvchi nasosning bosimi 0,4...0,5 MPa. Eritmaning tarkibi MS-6 20 g/l yoki «Labomid» 20-25 g/l. Dvigatelning yoki bir marta kiritiladigan detalning tozalash muddati tashqi tozalashda 8-12 min, ichki tozalashda esa 6-10 min ni tashkil qiladi. OPR-1600 qaynatish vannalari detallarniuglerodli iflosliklardan va konservativ moylovchi materiallardan tozalash uchun qo’llaniladi. Eritma vannada MS-8 yoki «Labomid» kukunlarini kiritish bilan tayyorlanadi. Eritmaning temperaturasi 60...70ºS, miqdori 25-30 g/l bo’lganda ushlab turish vaqti 2-4 soatni tashkil qiladi. Tozalash jarayonini tezlashtirish uchun vannadagi eritma truba, yoki tebrantirish orqali siqilgan havo beriladi. Organik erituvchilar yordamida isitmasdan tozalash maxsus stastionar yoki harakatlanuvchi vannalarda bajariladi. Ushbu usulning avfzalligiga eritmaning isitilmasligi, kamchiliklariga qiymatining yuqoriligi, zaharliligi va o’t olishga havfliligi. Erituvchilar sifatida benzindan, kenosindan, dizel yonilg’isidan, AM-15 va «Labomid» preparatlaridan foydalaniladi. AM-15 preparati tozalashda samaraliroq hisoblanadi. Preparatga ifloslangan detallar tushirilganda ulardagi moy va smolalar eriydi, detal sirtida qolgan qattiq erimaydigan zarrachalar (korbonitlar, karboidlar, eyilish maxsulotlari va b.) yuza aktiv moddalar pardasi bilan o’rab olinadi. Undan so’ng detallarning sirti kuchsiz ishqorda tozalanadi. Ta’mirlash amaliyotida 2287V modeldagi satstionar, OM-1316 va RO-1616A ko’chib yuruvchi vannalar qo’llaniladi.. Konveyer yuvish mashinalari ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalarida, oqim usulda tashkil qilingan tamirlashda yig’ma birliklarni va detallarni tozalash uchun xizmat qiladi. Bunday yuvish mashinalarining xususiy tomonlariga tozalash jarayonining to’xtovsizligi va yuqori ish unumga ega ekanligi kiradi. AKTE xildagi mashinalar plastinkali yoki osma konveyer bilan jihozlangan. AKTE-114 va AKTE-118 yuvish mashinalari plastinkali transportyor bilan jihozlangan. Undagi detallarning harakatlanish tezligi 0,1...0,6 m/min ni tashkil qiladi. Yuvish kamerasiga kirish va chiqish himoya pardalari bilan jihozlangan. Yuvish suyuqligi sifatida 20-25 g/l konstentrastiyali 75- 85°S temperaturaga ega bo’lgan «Labomid-102» va MS xildagi preparatlarning suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Yuvish-chayqab olish mashinalari yirik ixtisoslashgan korxonalarda qo’llaniladi. OM-4267M mashinasi bug’li isitish qurilmasiga ega bo’lgan vanna bilan jihozlangan. Osma konveyer 0,21; 0,43 va0,85 m/min tezlikda harakatlanadi. Yuvish kamerasi besh sekstiyaga bo’lingan. Yuvuvchi eritmalar AKTB xilidagi mashinalardagidek. OM-5299 va OM-5287 kinematik harakatlanuvchi yuvish mashinalari ichiga yuklovchi aravacha joylashtirilgan yuvish vannalari bilan jihozlangan. Tozalangan detallar aravachaga taxlab qo’yiladi va u bilan birgalikda vannadagi yuvish suyuqligiga tushiriladi va qopqoq bilan yopib qo’yiladi. Eritma bug’ bilan 20-30°S temperaturagacha isitiladi. Pnevmatik yuritma yuklash aravachasini chiqarib olish, uni tushirish 50...200 mm amplitudada va 90... 120 harakat/min chastotada tebrantirish uchun xizmat qiladi. Yuvish suyuqligi sifatida organik erituvchilar va AM-15 va «Labomid-315» preparatlaridan foydalaniladi. Tozalash muddati 15... 20 min ni tashkil qiladi. Цiklli ta’sirga ega bo’lgan MMI-1 yuvish mashinasidan foydalanilganda buriluvchi stol savatiga taxlanadi va parakli vint tomonidan hosil qilinadigan eritmaning turbulent oqimida yuviladi. Aylanuvchi barabanlli OM-6068A va OM-6470 qurilmalari mayda detallarni (masalan klapanlarni) tozalash uchun mo’ljallangan. Detallar barabanga solinib, baraban 1/2- 2/3 balandligigacha yuvuvchi suyuqlikka (kerosin, dizel yonilg’isi AM, «Labomid-315» preparati) botiriladi. Maxsus yuvish mashinalari OM-887 va OM-3600 motor ta’mirlash korxonalarida texnologik iflosliklardan tozalash uchun qo’llaniladi. Ushbu mashinalarda oqim tasirida detallarning tashqi sirtlari, moy kanalari esa suyuqlikni oqib o’tishi natijasida tozalanadi. Qurilmalar turli xildagi dvigatellarning bloklaridagi va tirsakli vallaridagi kanallarni yuvish uchun moslamalar to’plami bilan komplektlangan. Yuvish uchun MS-6 va «Labomid-102» yuvuvchi suyuqliklardan foydalaniladi. Ultratovish qurilmalari oqayotgan suvda sovitiladigan PMS-7 magnit o’zgartirgichdan, UZG-6, UZG-197 ultratovish generatoridan, yuvuvchi suyuqlik uchun zanglamaydigan po’latdan yasalgan vannadan tuzilgan. Yuvish suyuqligi sifatida kerosindan, benzindan, AM-15, «Labomid- 315» preparatlaridan, hamda MS preparatlarining suvdagi eritmasidan foydalaniladi. Qurum va qasmoqdan tozalash murakkab va kata mehnat sarfi talab etadigan operastiya hisoblanadi. Qurumdan tozalash birnecha usullarda olib boriladi: metall shchetkalari bilan mexanik usulda, 600...700 °S temperaturagacha qizdirish bilan termik usulda, OM-3181 mashinasida abraziv zarrachalari va maydalangan meva po’choqlari bilan. Qasmoqdan tozalash qora metalldan yasalgan detallarni 100...150 g/l kalstiyli sodadan va 8...9% xlorid kislotasidan iborat bo’lgan qaynoq eritmaga botirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Qasmoq yumshagandan so’ng uni qaynoq suvda yuvib tashlanadi. Alyuminiydan yasalgan detallardagi qasmoq 1-2 soat davomida 30-40°S temperaturada sut kislotasining 6% lik eritmasida botirilib, OM-4265 yoki OM-4944 qurilmalarida tozalanadi Korroziya izlaridan va bo’yoqlardan tozalash mexanik yoki kimyoviy usullarda olib boriladi. Buning uchun sulfat, xlorid yoki fosfor kislotalari eritmalaridan, hmda AFT-1 yoki SD yuvgichlaridan foydalaniladi. Jarayonni faollashtirish uchun standart yuvgichga fosfor kislotasi qo’shiladi. Download 240.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling