Detallarini tozalash sifatini tekshirish. Mashinani yuvish va tashhizlash


Download 240.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana05.10.2023
Hajmi240.97 Kb.
#1692554
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Detallarini tozalash sifatini tekshirish 3 maruza

Tozalash turlari. Tozalashning fizik-kimyoviy, elektr-kimyoviy, ultratovush, termik va 
mexanik usullari mavjud.
Fizik-kimyoviy usulda detallarni tozalash oqim yordamida va vannalarda olib boriladi. Detal 
sirtidagi iflosliklar muayyan sharoitda turli xildagi preparatlarning suvdagi eritmasi yoki maxsus 
erituvchilar bilan tozalanadi. Bularga kimyoviy eritmaning yuqori (75-95 °S) temperaturasi, sezilarli 
darajadagi bosimga ega bo’lgan tebranuvchi oqimning mavjudligi, samarali yuvuvchi vositalarning 
qo’llanilishi kiradi. Ushbu usul texnik servisda ta’mirlash korxonalarida ko’proq qo’llaniladi. 
Elektr-kimyoviy usulda tok o’tkazuvchi elektrolitdan foydalaniladi. Tozalash o’zgrmas va 
o’zgaruvchan tokda olib boriladi. Ushbu jarayonda ko’p hollarda zichligi 3-10 A/dm

ga ega bo’lgan 
tokdan foydalaniladi. Yog’sizlantirish jarayonining muddati ortib borishi bilan tozalangan detalning 
faolligi ortib boradi. Elektrokimyoviy tozalash detallarni galvanik, polimer va lok-bo’yoq materiallari 
bilan qoplashda keng qo’llaniladi. 
Ultratovush usuli tozalanadigan sirtga suyuq muhit orqali energiyani uzatishga asoslangan. 20-
25 kGst tebranish chastotasida kata tezlanish hosil bo’ladi, bu suyuq muhitda mayda ko’piklar 
hosil bo’lishiga olib keladi, ularning yorilishi natijasida mikrohajimda katta kuchga ega bo’lgan 
gidravlik zarblar paydo bo’ladi. Ular uglerodli yopishmalarni 2-3 minut, moylik pardalarni 30-40 
s davomida buzilishiga olib keladi. Ultratovush usuli murakkab shaklga ega bo’lgan (karbyurator, 
yonilg’i nasoslari va elektr jihozlari) detallarni tozalashda qo’llaniladi 
Termik usuldan eng barqaror bo’lgan uglerodli yopishmalar (qurum, asfalten va b.)dan tozalashda 
foydalaniladi. Buning uchun detal termik pechga joylashtiriladi, unda 600-700 ºS da 2-3 soat davomida 
ushlab turiladi, undan so’ng pech bilan birgalikda sovitiladi. Bukilmagan detallardan qurum gaz 
alangasida kuydirish bilan bartaraf etiladi. 



Download 240.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling