Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan ahamiyati


Download 53.04 Kb.
bet9/10
Sana04.02.2023
Hajmi53.04 Kb.
#1163571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`ZBEKISTON TABIIY SHAROITI VA TABIIY RESURSLARINI XO`JALIK MANFAATLARI NUQTAI – NAZARDAN BAHOLASH

2.2. Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan ahamiyati
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o’rtasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismi Turon pasttekisligini, Janubi va sharqiy qismlari esa tog’li o’lkaldarni o’z ichiga oladi.
O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv km bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 3 o’rinda turadi. Poytaxti – Toshkent shahri. Uning kengligi shimoldan janubga 930 km, g’arbdan sharqqa esa 1400 km cho’zilgan. Respublika Markaziy Osiyo davlatlarining 11,2 % hududini, aholisini esa 45 % tvashkil etadi.
O’zbekistonning geografik o’rni ancha qulay. U shimolda va shimoli-g’arbda Qozog’iston, g’arbda Turkmaniston, janubda Afg’oniston, sharqda esa Tojikiston va Qirg’iziston bilan chegaradoshdir.
O’zbekistonning tabiati boy va juda xilmi-xildir. Huddining katta qismini (78,7%) tekisliklar egallagan, qolgan qismini esa (21,3%) tog’lardan va tog’ oraliq botiqlardan iborat.
O’zbekiston serquyosh o’lkadir. Iqlimi quruq, kontinental. Iqlimining tashkil topishiga geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi va yer yuzining tuzitlishi katta ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonning yozi juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 32 gradus, eng yuqori havo harorati 50 gradusga yetadi. Qishda havo harorati 0 gradusdan past bo’ladi. Yanvar oyida Ustyurtda – 10 gradus, Toshkentda – 1 gradus, Termizda esa 2,8 gradus bo’ladi.
Uning iqlimiga shimoldan Arktika va G’arbiy Sibirdan, g’arbdan esa Atlantika okeanidan keladigan havo massalari katta ta’sir ko’rsatadi. Arktika havo massalari sovuq va quruq bo’lsa, Atlantia havo massalari esa nam va iliqdir. Yog’in miqdori hududlar bo’yicha notekis taqsimlangan. Respublikaning g’arbiy qismlarida o’rtacha 100 mm dan, janubi-sharqda 700-800 mm gacha yogin bo’ladi. Yog’inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga to’g’ri keladi(40-50 %).
O’zbekistonning suv bilan taminlanishida O’rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyat kasb qiladi. Eng uzun daryo Sirdaryo bo’lib uning uzunligi 2981 km. Eng sersuv daryo esa Amudaryodir. Uning uzunligi esa 2660 km dir. Ammo bu daryolar respublikaning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmaydi.
O’zbekiston hududida 250 yaqin ko’llar bo’lib ular asosan mayda ko’llardir. Bu ko’llardan eng yiriklari Orol, Aydarko’llardir. Orol ko’li kattaligi sababli dengiz nomini olgan edi, lekin uning sathi keyingi yillarda keskin pasayib ketdi. Kichik ko’llardan ayrimlari shifobaxshligi bilan ajralib turadi (Tuzkon, Axsikent, Dengizko’l, Qurbonko’l, Baliqko’l va boshq).
Ohirgi yillarda ko’plab suv omborlari bunyod etildi. Bularga Ohangaron, Janubiy Surhon, CHimqo’rg’on va boshqalar misol bo’ladi. Bu suv omborlari Asosan daryo rejimini tartibgi solib, bahorgi, qishki, kuzgi svlarni to’plab yozda suv tanqis bo’lgan davrda ekin dalalrini suv bilan tahminlaydilar.
Respublikada xilma-xil o’simliklar o’sadi. Ayniqsa tog’li mintaqalarda dorivor o’simliklar ko’plab uchraydi. Ularning ayrim turlari faqat O’zbekistonda uchraydi xolos.
O’zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan. Bu yerda yonuvchi, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa oltin, volfram, mis, qo’rg’oshin, rux, tabiiy gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining orasida yetakchi o’rinlarda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari (ayniqsa marmar), oyna qumi, sement keyingi yillarda ochilgan yirik fosforit konlari ham alohida ahamiyatga egadir.
O’zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo’yicha MDH davlari orasida, Rossiyadan keyin ikkinchi, jahonda esa 8 o’rinda turadi. Sifatliligi darajasi ham juda yuqori. Oltinning yirik konlari Muruntou, Ko’kpatas, Uchqg’uduq, ulardan tashqari Zarmiton, Marjonbuloq, CHodak, Qo’ytosh kabi konalardan iboratdir. Muruntou oltin koni asosida Qizilqumda yirik sanoat markazi va Zarafshon shahri qad ko’targan.
Rangli metallar Toshkent viloyatida ko’plab topilgan. Rangli metallar qazib chiqarish asosida Olmaliq shahri rivojlangan. U respublika iqtisodiyotida yetakchi rol o’ynaydi.
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yirik gaz konglari tipilgan. Yirik konlardan Muborak, SHo’rtan, jarqoq va boshqalar shu yerda joylashgan. Ayniqsa sho’rtan gaz konining istiqboli porloqdir. Gaz faqat yoqilg’igina bo’lib qolmay balki kimyoviy xomashyohamdir.
Qashqadaryo viloyai gaz zahiralari jahatidan respublikada yetakchidir. Keyingi paytlarda Ustyurt platosi hududida ham yangi gaz konlari ochilgan.
Respublika xo’jaligida ko’mir katta rrol o’ynaydi. Respublikada qazib olinadigan ko’mirning 95 % toshkent viloyatida (Angren ko’mir koni) mavjud. Bu yerda ko’mir ochiq usulda qazib olinadi. SHu sababli mahsulotning narhi ancha arzondir.
Surhondaryo viloyatida sanoatda katta ahamiyatga ega bo’lgan toshko’mir konlari topilgan (SHargun, Boysun konlari), ular kokslanuvchi ko’mir turiga kiradi.
O’zbekistonda ko’plab neft qazib chiqariladi. Dastlabki neft konlari Farg’ona vodiysida 1904 yilda topilgan (CHimyon koni). Keyinchalik bu yerda Polvontosh, So’x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. Mustaqillik yillarida esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni topildi.
Respublikada 1990 yilda 2 mln tonna neft qazib olingan bo’lsa, 1998 yilda esa 8 mln tonnadan oshib ketdi va O’zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Ayniqsa Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Hozirda O’zbekistonda xilma-xil neft maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
O’zbekiston respublikasi ko’p millatli mamlakatlardan biri bo’lib, 120 dan ortig’ millat va elatlar bu yerda istiqomat qiladi. Jami aholisi 26670000 kishini tashkil qiladi. Aholi soni bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida biringchi o’rinda turadi (MDH davlatlar orasida 3 urinda turadi). Respublikada Markaziy Osiyo aholisining 44 % istiqomat qiladi.
Mamlakat aholisi tez ortib bormoqda. Uning ko’payishi asosan tabiiy o’sish hisrobiga ruy bermoqda. Respublika aholisi har yili o’rtacha 450 ming kishiga ko’paymoqda.
Aholining ko’pchiligini o’zbeklar tashkil qiladi (79 %). Ulardan tashqari qozoqlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar va boshqalar istiqomat qilishadi.
O’zbekistonda urbanizatsiya darajasi o’rtacha ko’rsatkichga ega, yahni jami aholining 38 % shaharlarda yashaydi. Bu yerda ayniqsa keyingi paytlarda qishloq aholisi tez ortib bormoqda. Buning asosiy sababi tug’ilishning yuqoriligidir.
Respublika aholisining 45 % dan ko’prog’i 20 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. 55 va undan katta yoshdan kattalar esa aholining 8 % tashkil qiladi.
Aholining jinsiy va yosh tarkibiga oid bo’lgan hususiyatlar mehnat resurslarida ham namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining asosini mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. O’zbekistonda mehnat resurslari 16-60 erkaklar, 16-55 ayollar tashkil etadi. Respublika aholisining 50 % yaqini mehnat resurslarini tashkil qiladi.
O’zbekistonda hozirgi kunda 120 shahar, 113 shaharcha mavjud. SHahar maqomini berish davlatlarda bir-biridan farq qildadi. Qo’shni respublikalarda aholi soni 5000 kishidan oshsa, O’zbekistonda 7000 kishitdan oshsa, aholisning 2|3 qismi qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqlarda band bo’lsa shahar deb ataladi.
Respublikada aholisi 100 mingdan ortiq bo’lgan 17 shahar bo’lib, ularda shahar aholisining 59 % yashamoqda. Eng yirik shaharlari Toshkent (2360 ming), Namangan (413 ming), Samarqand (386 ming), Andijon (376 ming), Qo’qon (224 ming), marg’ilon va boshqalardir.
SHuningdek Samarqand, Andijon, Buxoro kabi shaharlar aglomeratsiyalari shakllanmoqda.
O’zbekiston xo’jaligida qadimdan qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq bo’lib kelgan. So’ngi yillarda sanoatning axamiyati tobora ortib bormoqda. Sanoat ko’p tarmoqli bo’lib-qishloq ho’jalik mashinasozligi, elektroenergetika, neft va gaz, ko’mir, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, aftomobilsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati kabilardir.
Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning asosiysi GRES lardan olinadi. (Sirdaryo, Navoiy, Toshkent, Angren, Taxiatosh). Shuningdek GES lar ham katta ahamiyatga ega, ayniqsa Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi aloxida o’rida turadi.
Mamlakat sanoatida yetrakchi tarmoq - mashinasozlikdir. Mashinasozlik sanoatida paxta teruvchi mashinalar, chigit ekuvchi, yigiruvchi, sug’oruvchi mashinalar, avtomobillar, samolyotlar va boshqa sanoat mashinalari ishlab chiqariladi. 1996 yilda, Janubiy Kareya bilan hamkorlikda, Andijon viloyatida ishga tushurilgan Uz DEU avto qo’shma korhonasi katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston dunyoda avtomobillar ishlab chiqaradigan 28 ta mamlakatning biriga aylandi. Ushbu korhonadf «neksiya, tiko, damas, lasetti, matiz» avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Respublika mashinasozlik tarmog’ida ko’plab korxona va birlashmalar ishlab turibdi. Bulardan asosiylari Toshkent Agregat zavodi, TTZ, Uz QQMZ, Chirchiq kimyo mashinasozligi, Andijon IRMASH va boshqalardir.
Neft sanoati hozirgi zamon yoqilg’i sanoatining samarali turlaridan biridir. Neft sanoati respublika yoqilg’i sanoatining bosh tarmog’i hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillik yillarida neft mustaqilligiga ham erishdi. Asosiy neftni qayta ishlash zavodlari Farg’ona vodiysidagi Farg’ona,Oltiariq va Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari hisoblanadi.
Respublikada qora metallurgiya zavodi Bekobod shahrida mavjud bo’lib, u 1946 yildan beri ishlab kelmoqda. Bu korxona asosan metallalom asosida ishlaydi.
Kimyo sanoati markazlari Toshkent, Samarqand, Chirchiq, Andijon , Farg’ona, Navoiy, Olmaliq, Pop, Jizzax kabi qator shaharlar hisoblanadi. SHuningdek respublikada elektrotexnika, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham ancha yaxshi rivojlangan.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi alohida ahamiyatga egadir. Yerlarning ko’pchiligini cho’llur va chala cho’llar egallagan. Dehkonchilikda barcha ekinlar ekilada, asosini paxtachilik tashkil qiladi. Paxtachilik bilan almashlab makka jo’xori va bug’doy ekiladi. Shuningdek, sholikorlik, bog’dorchilik, uzumchilik ham yaxshi rivojlangan.
O’zbekistonda g’alla, asosan bug’doy keng ekiladi. Yaqin vaqtlargacha chetdan ko’plab miqdorda don olib kelingan. Reschpublikada olib borilgan agrar siyosat tufayli bu narsa asta sekin barham topmoqda. Hozirgi kunda respublikada 4,5 mln tonnaga yaqin bug’doy yetishtirilmoqda. Bu esa o’z navbatida g’alla mustaqilligiga erishishga olib kelmoqda. Qallachilikda sholi yetishtirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Sholi yetishti rishda Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyatlari yetakchilik qilishadi.
SHuningdek O’zbekistonda kanop yetishtirish (Toshkent viloyati), tamaki yetishtirish (Samarqand viloyati), mahsar (yog’ olish uchun, Samarqand viloyati), qand lovlagi (Xorazm viloyati), poliz ekinlari (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari), kartoshka (Samarqand, Toshkent viloyatlari) yetishtirish ham yaxshi rivojlangan.
O’zbekiston iqlim sharitlari bog’dorchilik uchun ham qulaydir. Bog’dorchilik va uzumchilik ihtisoslashagn tarmoqlarildan biridir. O’rik yetishtirish Farg’ona vodiysida, anor Qashqadaryo viloyatida (Varganza), Farg’ona viloyati (Quva), Surhondaryo viloyati (Doshnovvot), larda ko’plab yetishtiriladi.
Uzumchilik barcha viloyatlarda rivljlangan. Bu sohada ayniqsa, Samarqand, Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilishadi.
CHorvachilik dehqonchilikdan keyitn ikkinchi o’rinda turadi. Unda yetakchi tarmoq - qo’ychilikdir. Ayniqsa respublikada qorako’l qo’ylari boqilishi yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, xalqaro ihtisoslashgan tarmoqqa aylangan. Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo. Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog’istonda ko’plab qorako’l qo’ylari boqiladi. Surxondaryo, Buxoro Qashqadaryo vilroyatlarida hisori qo’ylariko’p bo’lib, ular asosan go’shti va yungi uchun boqiladi. Namangan viloyati esa mayin yungli angor echkilarini boqishda yetakchilik qiladi. Qoramollar barcha viloyatlarda boqiladi. Eng ko’p Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona, Samarqand viloyatlariga to’g’ri keladi.
Yirik shaharlar atrofida sut-go’sht chorvachilik, cho’l mintaqalarida esa go’sht-sut chorvachiligi rivojlangan. Mustaqillik yillaridan boshlab yilqichilik ham ko’paya boshladi. SHuningdek, respublikada parrandachilik, darrandachilik ham keng rivojlanmoqda.


Download 53.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling