Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 53.04 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi53.04 Kb.
#1163571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`ZBEKISTON TABIIY SHAROITI VA TABIIY RESURSLARINI XO`JALIK MANFAATLARI NUQTAI – NAZARDAN BAHOLASH

Mavzuni maqsadi:Farg‘ona soyligi (vodiysi) shimoldan Chotqol va Qurama tizmalari, sharqdan Farg‘ona tumani, Janubdan Oloy tizmasi va uning davomi bо‘lgan Turkiston tizmasi bilan о‘ralgan. Barcha yirik tizmalarning suvayirg‘ich qismi respublikadan tashqarida Farg‘ona soyligining о‘rta qismini sertepa qirlar egallagan. Turkiston tizmasi Molguzar tizmasi orqali Nurota tog‘lari bilan tutashgan Nurota tog‘laridan Zarafshon botig‘i orqali ajralib turadi. Ularning eng baland joylari sharqda Tojikiston chegarasi yaqinida 2800 metrdan ziyod.
Kitob – Shahrisabz soyligidan janubda kenglik yо‘nalishida Hisor tizmasi yotadi. Hisor tog‘ining Qoldirg‘a tizmasidagi Xazrati Sulton (4688 m) chо‘qqisi О‘zbekistonning eng baland nuqtasidir.

Kurs ishining vazifalari:O`zbekistonning yer usti tuzilishi va iqlimi Mineral boyliklar va yoqilg`i – energetika resurslari
Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai – nazardan baholash
Tabiiy resurslarni xo`jalik manfatidagi ahamiyati.
Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan baholash
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 ta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 33 sahifani tashkil etadi


    1. O`zbekistonning yer usti tuzilishi va iqlimi

О‘zbekiston о‘ziga xos yog‘in nam, quruq, issiq kontinental iqlimga ega. Mamlakatning katta qismi mо‘tadil iqlim mintaqasiga, janubiy chekka qismiga subtropik mintaqaga mansub. Iqlim 3 asosiy omil quyosh radiasiyasi, miqdori, atmosfera sirkulyasiyasi xususiyati va relyef bilan kerak tayyorlanadi. Shu jihatdan hisobga olgan holda О‘zbekiston hududini 3 ta iqlim zonasiga ajratish mumkin: chо‘l va dasht zonasi, tog‘ oldi zonasi va tog‘ zonasi. CHо‘l va dasht zonasi О‘zbekistonning jami tekisliklari Ustyurt platosi, Qizilqum, Qarshi, Dalvarzin va Mirzachо‘l chо‘llarini, tog‘ oldi zonasi Tyanshan va Hisor – Oloy tog‘ tizmalarining dengiz sathidan 300 – 400 m dan 600 – 1000 metrgacha bо‘lgan balandliklarini, tog‘ zonasi dengiz sathidan 600 – 1000 m dan yuqori bо‘lgan hududlarni о‘z ichiga oladi.
Ma’dan (mineral) resurslari. Respublikamiz hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bо‘lib, unda turli geologik davrlarda paydo bо‘lgan xilma – xil qazilma boyliklarining xо‘jalik ahamiyati kattadir.
О‘zbekiston qazilma boyliklari kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan. О‘rta asrlarda. Xususan, VI – XII asrlarda yer osti boyliklaridan foydalanish taraqqiy qilingan, qazilma ma’danlarni qidirib topish va qazib olish anchagina takomillashgan. IX – X asrlarda Toshkent vohasi. Farg‘ona vodiysi, Nurota tog‘lari va Samarqand atroflarida oltin, kumush va feruza – yoqut qazib olinganligi ma’lum. Olmaliq, Lashkarak konlarida qazib olingan ma’danlar hatto chet ellarga ham chiqarilgan. Qazilma xom ashyo asosida misgarlik, chilangarlik, zargarlik va boshqa hunarmandchilik rivoj topgan.
О‘zbekiston mis, oltin, qо‘rg‘oshin, rux, molebden, volfram, tabiiy gaz qimmatbaho tosh va boshqa qazilma boyliklari jihatdan dunyoda oldingi о‘rinlardan birida turadi. Respublikada tuz, fosforid, oltingugurt, alyuminiy xom ashyosi, pardozlovchi va qurilish materiallarining ancha katta zahiralari bor.
Yoqilg‘i – energetika resurslari. О‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari bor. Ularning asosiylari 3 ta mintaqada joylashgan:

  1. Farg‘ona mintaqasi – Shimoliy Sux, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Shursuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bо‘lib, bu hududda asosan neft va yо‘ldosh gaz qazib olinadi. Bu konlar antikalinal tuzilishda bо‘lib, yura – neogen va paleogen qatlam (yotqiziq)larda joylashgan. Bu konlarning nefti yengil, unda oltingugurt kam uchraydi.

  2. Surxondaryo mintaqasi – Amudaryo, Xovdog‘, Qoshhar, Kokaydi va boshqa konlardan iborat. Bu konlarning ham asosan neft qazib olinadi, ular ham antiklinal tuzilishda bо‘lib, yuqori qatlamlarida joylashgan. Bu konlarning nefti og‘ir tarkibli, uning oltingugurti kо‘p.

  3. Qashqadaryo – Buxoro mintaqasi – о‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur bо‘lib, mamlakat yoqilg‘i – energetika bazasi hisoblanib kelajagi porloq mintaqadir.

SHо‘rtan, Zevarda, Muborak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi vaqtlarda aniqlangan Kо‘kdumaloq gaz koni katta istiqbolga ega.
О‘zbekiston tabiiy gaz zahirasi jihatdan Rossiya Federasiyasi va Turkmanistondan keyin Hamdо‘stlik mamlakatlari о‘rtasida 3 chi о‘rinda turadi.
О‘zbekiston kо‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega. Ularning eng muhimlari Toshkent viloyatlaridagi Angren qо‘ng‘ir kо‘mir, Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un va Boysun toshkо‘mir konlaridir.
Kо‘mir qatlamlari orasida xо‘jalik ahamiyatiga ega bо‘lgan turli jinslar – gil, kaolin, qum, betonit, slanes va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren koni daryo vodiysida, kaolin qatlamilari ustida yotadi, kо‘mir qatlamlari ancha qalin (ba’zan 40 – 60 metrga yetadi), kо‘mir qatlamlari kо‘proq yer yuzasiga yaqin joylashgani uchun uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Angren havzasining kо‘miri qо‘ng‘ir bо‘lib, kaloriyasi pastroq, lekin zahirasining kattaligi va yirik. Asosiy iste’molchisi bilan ajralib turadi. Toshkent shahri bо‘lib, unga yaqin joylashganligi tufayli alohida iqtisodiy ahamiyatga ega.
Sharg‘un koni Hisor tog‘i etaklarida, tog‘kembrining gneys va slaneslari ustida joylashgan. Sharg‘un kо‘miri yuqori kaloriyali, ammo qatlamlari yupqa, о‘rtacha qalinligi 2,5 metr bо‘lib, ayrim joylarida 12 metrga yetadi. Kо‘mir qatlamlari baland va qiya tog‘ yonbag‘irlarida joylashganligi uchun ularni о‘zlashtirish ancha murakkab, 28 km osma yо‘l orqali Uzun temir yо‘l bekatiga tashib kelinadi.
Boysun konining kо‘miri yuqori sifatli bо‘lib, yura davrining yotqiziqlari ustida joylashgan. Kо‘mir qatlamlarining qalinligi va qazib chiqarish sharoitlari Sharg‘un toshkо‘mir koniga о‘xshashdir.
Rudali resurslar. О‘zbekiston hududida aniqlangan temir rudasining zahirasi uncha katta emas. Keyinchalik magmatik temir rudaning bir necha konlari topildi. Ularning ancha ahamiyatlisi Qoralpog‘istondagi Tebinbuloq (Sulton Uvays tog‘i) konidir. Bundagi temir rudasi tarkibida nikel, kobalt, xrom planita, palladiy va boshqalar yо‘ldosh bо‘lib uchraydi.
Surenota (Nurota), Susengen (Chotqol), Jaoraz, Mingbuloq va boshqa konlar ham magmatik temir ruda konlaridir.
CHо‘kindi jinsli temir ruda konlari bir va uchlamchi davrlarning yotqiziqlarida joylashgan bо‘lib, bunday konlar orol bо‘yi va Qizilqumda uchraydi. Ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q.
О‘zbekistonda marganesning bir necha konlari ma’lum. Ular asosan Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, Dovtosh, Taxtaqoracha, Tersaksoy, CHо‘ponota konlari bо‘lib, ularning rudasida 8 – 28% gacha marganes bor. Bulardan tashqari marganes rudasining kichik konlari Qorjantov va Morguzar tog‘larida ham topilgan. Marganes rudasining zahirasi 8 mln. tonna atrofida bо‘lib, bu konlar ham hali о‘zlashtirilgan emas. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog‘ va Uvays tog‘idan topilgan, ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q. О‘zbekiston mis rudasining zahirasi bо‘yicha Hamdо‘stlik mamlakatlari о‘rta Qozog‘iston va Rossiya federasiyasidan keyin uchinchi о‘rinda turadi. Ularning yirik konlari asosan Qalmoqqir, Dalniy Sarigekuv konlari hisoblanadi.
О‘zbekiston polimetall (qurg‘oshin, rux) konining bir necha yirik konlari topilgan. Surxondaryo viloyatidagi Xondiza, Qurama tog‘idagi Qо‘rg‘oshin kon va Koshmansoy konlari shular jumlasidandiryu bu konlarda galenit, sifalerit, xalkopirit, sheyelit va molibdenit minerallari uchraydi.
Bulardan tashqari polimetallning Uchquloch, Sariqon, Kunyaylov, Qulchо‘loq va boshqa konlari ma’lum. Bular ichida Shimoliy Nurota tizmasidagi Uchquloch koni alohida ahamiyatga ega. Bu konning asosiy minerallari galenit sfalerit va piritdir. Lashkarak (Qurama tizmasi) polimetall rudasi tarkibida vismut va kumush ham uchraydi.
О‘zbekistonda qiyin eriydigan metallardan volfram rudasi bо‘lib, ular Nurota, Zirabuloq, Qoratepa, Chakalikkalon tog‘larida volfram rudasi qatlamlari paleozoyning magmatik jinslari orasida uchraydi. Volframning yirik konlari Quytosh, Ingichka, Qoratepa va Yakton konlaridir. Shuningdek Choshtepa, Kamangaron, Jom, Sarikо‘l kabi qator zahirasi u qadar katta bо‘lmagan konlar bor. Bulardan tashqari, G‘arbiy Tyanshanda Sargardon, Maydontol, Ogayn atrofida ham volfram konlari topilgan. Hozirgi kunda Ingichka va Quytosh konlaridan volfram rudasi qazib olinmoqda.
Molibdenning bir qancha konlari, chunonchi, G‘arbiy Hisorning Obizarang, Chotqolning Chavatisoy, Ung‘irtosh, Oygayin, Qurama tizmasining Shovgaz, Olmaliq konlari ma’lum. Hozircha molebden faqat Olmaliqda, mis – pofir rudalaridan yо‘ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda. Respublikada qalayning bir qancha konlari ma’lum, ulardan qalayi hozirgacha qazib olinayotgani yо‘q.
О‘zbekiston qimmatbaho asl metallardan biri bо‘lgan oltinga ancha boydir. Respublikamiz oltinining sifati va zahirasi dunyo ahamiyatiga ega. uning muhim konlari Qizilqumdagi Muruntov va Kuupatos, Chotqol – Qurama tog‘ tizimidagi Sarichekuv, Kuchbuloq va Chodak, Nurota tizmasidagi Marjonbuloq, Zarmiton va boshqalardir.
Alyuminiy xom ashyosi – alunit konlari Qurama va Hisor tizmalaridan topilgan. Qurama tog‘idagi Gushsoy konining rudasi bir muncha yaxshi sifatli. Angren havzasidagi kо‘mir qatlamlari tagida tarkibida alyuminiy bо‘lgan kaolin qatlamining qalinligi 2 metrdan 46 metrgacha yetadi. Bu konlar ham hali ishga tushirilgan emas. Kaolindan hozirgacha Angren kulolchilik zavodida sopol buyumlari ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Kaolin yuqori sifatli chinni buyumlar ishlab chiqarishda keng qо‘llanilishi kerak. Keramika sanoati tarmoqlarida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari kombinati barcha turdagi sopol koshinlar (yiliga 3436 ming m3/, sanitariya – qurilish fayansi, gips, kanalizasiya turbalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Respublikada tog‘ kimyosi xom ashyosidan osh tuzi, kaliy tuzi va fosforitning katta zapaslari aniqlangan. Osh tuzining asosiy konlari Xujaykon, Oqtosh, Boybichakon kabilar bо‘lib, ulardan qisman foydalanilmoqda. Kaliy tuzining Tubegatandagi yirik koni hali ishga tushirilgani yо‘q.
Qashqadaryo viloyatidagi Tepakuton kaliy tuzi hisobidan Germaniya Respublikasi bilan hamkorlikda kaliy о‘g‘it ishlab chiqaradigan kombinat ishga tushiriladi, bu bilan mamlakat agrosanoat majmuasini yanada rivojlantirish imkoniyati bо‘g‘iladi. Fosforidning katta zahirasi Qizilqumda topildi, uni ishga solish rejalashtirilmoqda. Respublikamizda Oltingugurtdan foydalanish imkoniyati kengdir. Oltingugurt Farg‘ona vodiysidagi Shersuv konidan qazib olinadi, О‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodida ajratib olinmoqda, ma’lumki bu zavod MDK davlatlarida eng yirik korxona bо‘lib, har yiliga yarim million tonnadan kо‘p oltingugurt ishlab chiqaradi, uning asosiy hom ashyosi Buxoro – Xuva provinsiyasidagi oltingugurtli tabiiy gaz hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida oltingugurtdan keng foydalaniladi.
Flyuorit (plavik shtaplardan qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi vositalari tayyorlashda va oyna sanoatida foydalaniladi. Flyuorit – Qurama tog‘ tizimida Oqota, Chibargota, Novshekon, Novgarzon konlaridan olinmoqda. Talkdan ham qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari va tibbiy dorilar tayyorlashda foydalaniladi. Uning katta zahirasi Sulton Uvays tog‘ida joylashgan.
Xilma – xil qurilish va pardozlash xom ashyolari О‘zbekiston hududida keng tarqalgan. Ohaktosh, bur, gil, bentonit va silanes, sement, ohak, gips, albastir kabi qimmatli mahsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bularning yaxshi sifatli navlari Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Jizzax, Qoravulbozor va boshqa joylarda uchraydi. Mustaqillik yillarida Boysun tumanida va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanlarida kichik korxonalari qurilgan.
О‘zbekiston marmarining shuhrati jahonga keng tarqalgan. G‘ozg‘on, Omonquton, Jom, Sharaksoy, Orkutsoy, Aqcha, Oqtog‘ va boshqa joylarda marmar konlari bor. Geologlar Bukantovda marmarning juda katta konini aniqladilar. О‘zbekiston marvaridan Moskva metrosi va imoratlaridan ishlatilgan. Bu soha tez rivojlanmoqda chet el sarmoyalaridan keng foydalanmoqda. О‘zbekistonning bir necha joyidan shifobaxsh ma’dun suvlar chiqadi. Vodorod sulfidli suv Chimyon, Polvontosh, Xо‘jaobod, SHо‘rsuv, Uchqizil, Kukaydi, Jayronona va boshqa joylarda topilgan. Yodli suv Chortoqda, randali suv Arashanbuloqda, kam ma’danlashgan ishqorli termin suvlar Toshkent va Oltiariqda, sulfat – xlorid va natriy suv Sitorayi Moxi Xosa, Qorakо‘l, Gazli va boshqalar.
Eng muhim tibbiy resurslardan biri О‘zbekistonning yer fondi bо‘lib, uning kattaligi 40 mln. gektardan oshadi. Buning 1/10 qismidan ortiqrog‘idan foydalanilmoqda. Mutaxassislar hisobiga kо‘ra о‘zlashtirish mumkin bо‘lgan hali ancha maydonlar bor. Ularni о‘zlashtirish suv resurslariga bog‘liqdir. Hozir 4 mln. gektar yerda obikor dehqonchilik qilinmoqda. Respublikaning mavjud suv resurslaridan tо‘liq va oqilona foydalanilsa, 5 mln. gektar yerni sug‘orish mumkin. Qolgan yerlarni sug‘orish uchun qо‘shni hududlardan qо‘shimcha suv keltirish talab etiladi.

Download 53.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling