Termiz Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti
Download 448.17 Kb.
|
2- signal.Zumrad
Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog’lashning yangi shakllari paydo bo’ladi. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo’shimcha qo’shildi». Bu qo’shimcha odamda nutq paydo bo’lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Organik dunyo taraq- qiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog’lashning yangi faqat odamgagina xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi. «Homo sapens» oilasi paydo bo’lguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil reseptor mexanizmlarga ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga yetib boradigan turliagentlaridan kelib chiquvchi bevosita ta’surotlari orqaligina o’sha dunyo bilan aloqa qilar edi. Bu taa’ssurotlar tashqi obyektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali-talaf-fuz etiladigan, eshitiladigan, ko’riladigan so’zlar ko’rinishda paydo bo’lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so’z alohida ahamiyat kasb etdi. So’z, deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo’lib, voqyelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Nutqning rivojlanishi odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini ko’paytirishga, ongning rivojlanishiga sabab bo’ldi. I.P. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi» - degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’ssurot bilan mustahkamlanib borishi asosidagina emas, balki nutq yordamida ham hosil bo’lishi mumkin.Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan so’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi «qo’ng’iroq» so’zi ishlatilsa, bola qo’ng’iroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa, ko’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martadayoq xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyati asosida shartli refleks hosil bo’lishi odam oliy nerv faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan hususiyatidir. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar po’stloq prosesslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa, odam bosh miyasi po’stlog’ida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi o’sha qonunlarga bo’ysinadi. I.P.Pavlov ko’rsatib o’tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo’lgan hususiyati, ya’ni birinchi signal sistemasi orqali tushadi- gan signallarni ajratib olib, mulohaza qilish va umumlashtirish qobiliyati ikkinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib turishi natijasidir.Download 448.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling