Termiz Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti

Download 448.17 Kb.
bet3/6
Sana23.09.2023
Hajmi448.17 Kb.
#1685127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2- signal.Zumrad

Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa faqat birinchi signal sistemasi mavjud. Odamning oliy nerv faoliyati o’ziga xos anglash, abstrakt fikrlash; so’zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliya-tining taraqqiyoti natijasida voqyelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so’zlardan iborat bo’lib, predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni vujudga keltirish hususiyatiga ega. Tashqi muhitning ko’rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari orqali qabul qilinadigan ta’sirlari birinchi signal siste-masi bo’lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o’xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og’zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. 

Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog’lashning yangi shakllari paydo bo’ladi. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo’shimcha qo’shildi». Bu qo’shimcha odamda nutq paydo bo’lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Organik dunyo taraq- qiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog’lashning yangi faqat odamgagina xos bo’lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi. «Homo sapens» oilasi paydo bo’lguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil reseptor mexanizmlarga ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga yetib boradigan turliagentlaridan kelib chiquvchi bevosita ta’surotlari orqaligina o’sha dunyo bilan aloqa qilar edi. Bu taa’ssurotlar tashqi obyektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali-talaf-fuz etiladigan, eshitiladigan, ko’riladigan so’zlar ko’rinishda paydo bo’lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so’z alohida ahamiyat kasb etdi. So’z, deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo’lib, voqyelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Nutqning rivojlanishi odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini ko’paytirishga, ongning rivojlanishiga sabab bo’ldi. I.P. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi» - degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’ssurot bilan mustahkamlanib borishi asosidagina emas, balki nutq yordamida ham hosil bo’lishi mumkin.

Download 448.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling