Termiz Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti
Download 448.17 Kb.
|
2- signal.Zumrad
Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan so’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi «qo’ng’iroq» so’zi ishlatilsa, bola qo’ng’iroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa, ko’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martadayoq xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyati asosida shartli refleks hosil bo’lishi odam oliy nerv faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan hususiyatidir. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar po’stloq prosesslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa, odam bosh miyasi po’stlog’ida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi o’sha qonunlarga bo’ysinadi. I.P.Pavlov ko’rsatib o’tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo’lgan hususiyati, ya’ni birinchi signal sistemasi orqali tushadi- gan signallarni ajratib olib, mulohaza qilish va umumlashtirish qobiliyati ikkinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib turishi natijasidir.Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo’lib rivoj-lanadi. Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so’zni ayta oladi, ikki yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga, 5 yoshda 2500 taga etadi, Bolaning so’z boyligi uning sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va boshlang’ich sinf o’quvchilarida hosil bo’lgan shartli reflekslar, o’rgangan so’zlar miya hujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iming markaziy nerv tizimining tuzilishi va funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog’lom bo’lishi kerak. Chunki boshqalarning so’zini eshitish uchun uning eshitish qobiliyati normal bo’lishi lozim. Shu bilan birga miya yarim sharlari po’stlog’idagi nutq markazi normal rivojlangan, sog’lom bo’lishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlangan bo’lmasa, bolada nutq paydo bo’lmaydi. Kar-soqovlarning eshitish qobiliyati bo’lmaganligi uchun ham ularda nutq yo’q.Download 448.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling