Termiz davlat universiteti tadqiqodchisi Nurmamatov Zuxriddin Shavkat


Download 111.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.03.2023
Hajmi111.33 Kb.
#1280214
Bog'liq
DALOLATNOMA



Termiz davlat universiteti tadqiqodchisi Nurmamatov Zuxriddin Shavkat 
o’g ’lining 13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta'lim) 
ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini 
olish uchun tayyorlangan “B o’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion 
faoliyatga tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi natijalarining 
Termiz davlat Pedagogika institutida amaliyotga tadbiq etilganligi to'g'risida
DALOLATNOMA
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 
Termiz davlat universiteti tadqiqotchisi Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o ’g’lining 
“Bo’lajak texnologiya fani o ’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash 
texnologiyasi” mavzusidagi 13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini 
olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarini amaliyotga joriy etilishi 
bo'yicha dalolatnomalar va rasmiy - me'yoriy hujjatlari mavjudligi aniqlandi.
Z.Sh.Nurmamatovning 
tadqiqot 
ishida 
60112300-Texnologik 
ta'lim 
yo'nalishi talabalari uchun tayyorlagan “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” nomli 
o ’quv-qo’llanmasi Oliy, o ’rta maxsus va professional ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 
o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash Rayosatining 
2022-yil 27-dekabrdagi 7-sonli majlis qaroriga muvofiq tasdiqlangan. Bundan 
tashqari 
“Texnologiya 
fani 
o ’qituvchilarining 
kasbiy 
kompetensiyalarini 
rivojlantirishning nazariyasi va amaliyoti” nomli monografiyasi Termiz davlat 
universiteti Kengashining 2022-yil 29-sentyabrdagi “2”-sonli bayonnomasiga 
asosan nashrga va amalda foydalanishga tavsiya etilgan.


Shuningdek, 
“Mahsulot tayyorlash 
texnologiyasi” 
fanidan 
m a’ruza 
mashg’ulotlarini bajarish b o ’yicha mobil ilova O'zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining DGU 16868 raqamli 
guvohnomasi olingan, undan tashqari “Innovatsion va kreativ qobiliyatlarini 
rivojlantirish” mavzusida mobil ilova O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
huzuridagi Intelektual mulk agentligining DGU 2022 5282 raqamli guvohnomasi 
olingan. Bundan tashqari “Texnik ijodkorlik va dizayn” fanidan amaliy 
mashg’ulotlami bajarish uchun uslubiy ko’rsatma va “Texnik ijodkorlik va 
konstruksiyalash” fanidan amaliy mashg‘ulotlami bajarish uchun uslubiy 
ko’rsatma, “Zamonaviy tikuv mashinalari va jixozlari” fanidan amaliy 
mashg’ulotlami bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma, “Xalq hunarmandchiligi va 
badiiy loyihalash” fanidan amaliy mashg’ulotlami bajarish bo ’yicha uslubiy 
ko’rsatmalar tayyorlangan.
Tadqiqotchi tomonidan tadqiqotning quyidagi ilmiy yangiligi ishlab 
chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan:
innovatsion ta'lim muhitida bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini 
innovatsion faoliyatga tayyorlashning taraqqiyot strategiyasi taqqoslash, psixologik 
omillarini aniqlash, funksiyalarini belgilash, ta'riflash, amaliyotda sinab ko'rish 
kabi texnologik jarayonlarini bosqichma-bosqich qo'llash asosida ishlab chiqilgan;
bo'lajak 
texnologiya 
fani 
o'qituvchilarini 
innovatsion 
faoliyatga 
tayyorlashning metodik modeli ta'lim bosqichlarining uzluksizlik va uzviylik 
tamoyillari asosida qurilib ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi 
jarayonlariga moslashtirilgan;
pedagogika 
oliy 
ta'lim 
muassasalarida 
bo'lajak 
texnologiya 
fani 
o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning interfaol metodlari (“Asalari 
galasi”, “Gugurt donalari”, “Yagona davra” va “Reja” texnologiyalari) amaliy ish 
jarayonlarida konstruktorlik operatsiyalarini bajarish algoritmi va konstruktorlik 
operatsiyalarini bajarish nazariyasiga oid innovatsion yondashuvlami qo'llash 
tamoyillarining gorizantalligi va vertikalligini belgilash orqali takomillashtirilgan;


bo'lajak 
texnologiya 
fani 
o'qituvchilarini 
tayyorlash 
jarayonida 
mutaxassisning innovatsion faoliyatini belgilovchi reproduktiv, produktiv, qisman 
izlanuvchan va innovatsion faoliyatini baholash mezonlarini belgilashda ta'lim 
oluvchining shaxsiy fazilatlariga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan.
Shuningdek, tadqiqotda innovatsion yondashuv asosida bo'lajak texnologiya 
fani o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning o'quv-uslubiy ta'minoti 
takomillashtirilgan bo'lib, mutaxassisning innovatsion faoliyatini (metodik- 
tashkiliy innovatsion faoliyatni)ni baholash mezonlari (ijtimoiy, kommuniktiv, 
intellektual, axborotli) pedagogik-psixologik asosida takomillashtirishga oid ishlab 
chiqilgan. Dissertant Z.Sh.Nurmamatov tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy 
qo'llanmalar va ilmiy-uslubiy tavsiyalar innovatsion yondashuv asosida bo'lajak 
texnologiya fani o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi, 
shuningdek o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini baholash tahlili Termiz 
davlat pedagogika instituti o'quv jarayonlarida ta'lim sifati va samaradorligini 
oshganidan dalolat beradi.
“Pedagogika va
“Texnologik
Q.B.Qodirov
X.Ch. D o’syarov
Jim Zolovtsu' tafoL
OCocLc yn la /t 
Iw 'ta',
rru

Download 111.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling