Yodkraxmal qog‘ozi bilan reaksiyasi. Erkin xoldagi yod kraxmal eritmasini ko‘k rangga bo‘yaydi. Reaksiya juda sezgir va spetsifikdir.
Reaksiyani bajarish:
Yodkraxmal qog‘oziga bir tomchi NaNO2 yoki KNO2 eritmasi kislotali muhitda KJ eritmasidan bir tomchi va ustiga yana nitritlardan bir tomchi tomiziladi. Bunda ko‘k rang hosil bo‘ladi. Qanday reaksiya boradi?
SCN- TIOTSIONAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI
Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush nitrat kaliy yoki ammoniy tiotsionat bilan AgSCN oq cho‘kmasini hosil qiladi. Cho‘kma mineral kislotalar va ammoniy karbonatda erimaydi, lekin ammiak, Na2S2O3, KCN va mo‘l NH4SCN eritmalarida erib, kumush ioni bilan kompleks birikmalar hosil qiladi, masalan:
SCN- + Ag+ = AgSCN ↓
AgSCN ↓+ 3SCN- = [Ag(SCN)4]3-
Reaksiyani bajarish
Probirkaga 2-3 tomchi kaliy yoki ammoniy tiotsionat solib, ustiga tomchilatib kumush nitrat eritmasidan qo‘shiladi va cho‘kmaning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Keyin esa cho‘kmani ustiga mo‘l kaliy yoki ammoniy tiotsionatdan qo‘shiladi va cho‘kmaning erishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |