Kobalt (II) tuzlari bilan reaksiyasi. Tiotsionat-ionlari to‘yingan eritmada kobalt (II) kationlari bilan [Co(SCN)4]2- kompleks ionini hosil qiladi va amil spirtida ekstraksiyalanib, organik qatlamni ko‘k rangga bo‘yaydi:
4SCN- + Co2+ = [Co(SCN)4]2-
Reaksiyani bajarish:
Probirkaga 2-3 tomchi kobalt (II) tuzlari solib, ustiga 3 tomchi ammoniy yoki kaliy tiotsionat to‘yingan eritmasi va 5 tomchi amil spirti qo‘shiladi. Aralashma chayqatiladi. Organik qatlamda ko‘k rangning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Temir (III) tuzlari bilan reaksiyasi. Temir (III) ionlari kislotali muhitda tiotsio-natlar bilan qizil yoki pushti rangni beradi va natijada temir (III) kompleks ionini hosil qiladi:
SCN- + Fe3+ = [Fe(SCN)]2+
[Fe(SCN)]2+ + SCN- = [Fe(SCN)2]+ yoki [Fe(SCN)6]3-
hosil bo‘lgan kompleks efir yoki amil spirti bilan yaxshi ekstraksiyalanadi. Reaksiyani bajarishda S2-, SO32-, S2O32-, C2O42-, I-, PO43- - anionlari xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish:
Filtr qog‘ozi ustiga bir tomchi ammoniy yoki kaliy tiotsionatidan tomiziladi va markazda hosil bo‘lgan dog‘ga FeCl3 eritmasidan qo‘shiladi. Qizil rangning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |