Termiz davlat universiteti


II GURUH ANIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI


Download 161.13 Kb.
bet20/25
Sana29.12.2021
Hajmi161.13 Kb.
#183733
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Namuna kurs ishi

II GURUH ANIONLARINING ANALITIK REAKSIYALARI

3- jadval


Reagentlar



Cl-


Br-


I-


S2-



AgNO3(HNO3 ishtiroki)

kumush tuzlarining

NH4OH ga munosabati


oq cho`kma AgCl Kompleks birikma hosil kilib eriydi

Och-sarg`ish ch`kma AgBr sezilarli darajada eriydi

Sariq cho`kma AgI

Amalda eriymaydi.



qora cho`kma

Ag2S

Erimaydi.


Kuchli oksidlovchilar (KMnO4, K2Cr2O7, MnO2)

Cl2

Ajraladi.




Br2

Ajraladi.



I2

Ajraladi.



S ajraladi.



Xlorli suv

(benzol ishtirokida)






Br2 ning qizil-qo`ngir rangi

I2 ning binafsha rangi




NaNO2 yoki KNO2 (H2SO4 ishtirokida)








Ajraladi kraxmalning ko`karishi




Pb(CH3COO)2







Tillarang kristallar-PbI2




HCl(15% li)










H2S ajraladi(palag`da qolgan tuxum hidi)

Natriy nitroprussid

Na2[Fe(CN)5NO]












Na2[Fe(CN)5NOS] binafsha rangli

IKKINCHI ANALITIK GURUHI ANIONLARIGA XOS BO`LGAN XUSUSIY REAKSIYALAR

4- jadval

Ion

Reagent



Reaksiyaning molekulyar va ion tenglamasi

Ilova


Cl-

AgNO3

Clionlarning analitik reaksiyalari

NaCl+ AgNO3=AgCl+NaNO3

Na+ + Cl- + Ag+ + NO3- = AgCl + Na++ NO3-

Cl-+Ag+=AgCl



Oq suzmasimon cho`kma, NH4OH Na2S2O4 larda eriydi

Cl-

H2SO4

NaCl+ H2SO4= NaHSO4 +HCl

Cl-+H+=HCl



Quruq xoldagi xloridlardan HCl gaz xolida ajraladi, hidli, ho`llangan ko`k lakmusni qizartiradi.

Cl-

KMnO4

H2SO4



10HCl + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O + 5Cl2

10Sl- + MnO4- + 8H+ = Mn2+ + 4H2O + 5Cl2



Eritma rangsizlanadi

Br-

AgNO3, Zn

Br-ionlarining analitik reaksiyalari.

NaBr + AgNO3 = AgBr + NaNO3

Na+ + Br- + Ag+ + NO3- = AgBr+ Na++ NO3- Br-+Ag+= AgBr

2AgBr + Zn= ZnBr2+2Ag


Oq cho`kma, AgBr cho`kmaga Zn bo`lakchasi qo`shganda yaltiroq Ag qaytaradi.

Br-

H2SO4

kons.


KBr+H2SO4=KHSO4+HBr

K++Br-+2H++SO42-=KHSO4+HBr



Quruq bromidlarga H2SO4 ta'sir ettiril-ganda HBr gaz ajralib chiqadi.

J-

AgNO3

Jionlarining analitik reaksiyalari

KJ+ AgNO3=AgJ+KNO3


K+ + J- + Ag+ + NO3+ = AgJ+K+ + NO3-

J- + Ag+ = AgJ




sariq cho`kma HNO3 va ammiakda eriydi.

J-

Pb(NO3)2

2KJ+ Pb(NO3)2 = PbJ2 + 2KNO3


2K+ + 2J- + Pb2+ + 2NO3-= PbJ2 + 2K+ + 2NO3-

2J-+Pb2+=PbJ2



Tillarang kristall cho`kma

SCN-

Hg(NO3)2

SCNionlarining analitik reaksiyalari.

2NH4SCN + Hg(NO3)2 = Hg(SCN)2 + 2NH4NO3

2SCN-+ Hg2+=Hg(SCN)2


Oq cho`kma, ortiqcha reagentda erib, kompleks birikma hosil qiladi.

SCN-

FeCl3

3NH4SCN + FeCl3 = [Fe(SCN)3] + 3NH4Cl

3SCN-+Fe3+ = [Fe(SCN)3]



Eritma qizil rangga o`tadi.

SCN-

AgNO3

2NH4SCN+ AgNO3=AgSCN+NH4NO3

SCN-+Ag+=AgSCN




Oq cho`kma.


[Fe(CN)6]4-

FeCl3

[Fe(CN)6]4-- ionlarining analitik reaksiyalari.

4FeCl3+3K4[Fe(CN)6]=Fe4[Fe(CN)6]3+12KCl

4Fe3++3[Fe(CN)6]4-=Fe4[Fe(CN)6]3


pH=7, ko`k tusli berlin lazuri,cho`kma.



[Fe(CN)6]4-

AgNO3

4AgNO3+K4[Fe(CN)6]=Ag4[Fe(CN)6]+4KNO3

4Ag++[Fe(CN)6]4-=Ag4[Fe(CN)6]



Oq cho`kma.


[Fe(CN)6]4-

CuCl2

2CuCl2+K4[Fe(CN)6]=Cu2[Fe(CN)6]+4KCI

2Cu2++[Fe(CN)6]4-=Cu2[Fe(CN)6]



Qizil-qo`ng`ir cho`kma.

[Fe(CN)6]3-

AgNO3

[Fe(CN)6]3-- ionlarining analitik reaksiyalari

3AgNO3+K3[Fe(CN)6]= Ag3[Fe(CN)6]+3KNO3

3Ag++[Fe(CN)6]3-=Ag3[Fe(CN)6]


To`q sariq cho`kma NH3 da eriydi.


[Fe(CN)6]3-

ZnCI2

3ZnCI2 + K3[Fe(CN)6] = Zn3[Fe(CN)6] + 6KCI

3Zn2+ + [Fe(CN)6]3 -= Zn3[Fe(CN)6]




Sariq cho`kma.


[Fe(CN)6]3-

FeCl2

3FeCl2+ 2K3[Fe(CN)6] = Fe3[Fe(CN)6]2 + 6KCl

3Fe3+ + 2[Fe(CN)6]3 - = Fe3[Fe(CN)6]2



pH  7, ko`k tusli trunbul ko`ki cho`kmasi

I.3. Cl-, Br, J- ionlari aralashmasidan ularni aniqlash

a) Cl- ionini aniqlash. Probirkadagi 3-5 tomchi tekshiriluvchi eritma ustiga 0,5ml 2n HNO3 kislota va to‘liq cho‘kma hosil bo‘lgunicha tomchilatib AgNO3 eritmasidan solinadi. Cho‘kmani sentrifugalab ajratiladi va to‘yingan (NH4)2CO3 eritmasi bilan ishlanadi. Bunda AgCl cho‘kmasi erib, eritmaga ammiakatli kompleks xolida o‘tadi. Eritma ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism eritmaga konsentrlangan nitrat kislota, ikkinchisiga esa KJ qo‘shiladi. Eritmaning birinchi qismida oq, ikkinchi qismida esa sariq cho‘kmaning hosil bo‘lishi xlorid ionining borligini ko‘rsatadi.

b) J- va Br- ionlarini aniqlash

Probirkadagi 2-3 tomchi tekshiriluvchi eritmaga 5-6 tomchi xloroform tomiziladi va aralashtirilib turib, yangi tayyorlangan xlorli suv solinadi. Agar eritmaning organik qatlami binafsha rangga bo‘yalsa, u xolda tekshiriluvchi eritmada J- ionlari borligini ko‘rsatadi. Shu probirkaning ustiga tomchilatib xlorli suvdan mo‘lroq qo‘shilganda, molekulyar yod rangsiz, yodat ionigacha oksidlanadi, natijada organik qatlamdagi sariq yoki olov rangda molekulyar brom borligi ma’lum bo‘ladi

5-jadval

galogenid-ionlar aralashmasining sistematik analiz bosqichlari





Cl, Br, I




Bosqichning

t/r

Analiz bosqichlari

1

Boshlang’ich eritmaning alohida-alohida ulushiga HNO3 bilan nordonlashtirilgan AgNO3 ta’sir ettirib Cl, Br, I, ionlarini cho’k-tirish:

Cl AgCl↓

Br AgBr↓

I AgI↓

Sentrifugalab cho’kma ajratiladi. Sentrifugat analiz qilinmaydi.


2

1 cho’kmaga 12% li (NH4)2CO3 eritmasi ta’sir ettirb, Cl ionlarini ajratish:

AgCl↓ [Ag(NH3)2]+, Cl

Sentrifugalab AgBr, AgI cho’kma ajratiladi va analiz qilinmaydi.


3

2 sentrifugatga HNO3 eritmasi ta’sir ettirib, Cl ionlarini topish:[Ag(NH3)2]+, Cl AgCl↓

4

Boshlang’ich eritmaning alohida ulushiga xloroform ishtirokida xlorli suv ta’sir ettirib, I va Br ionlarini topish:

I I2



(xloroformli qatlam qizg’ish-binafsha rangga bo’yaladi)

Br Br2

(xloroformli qatlamning qizg’ish - binafsha rangi yo’qoladi va zarg’aldoq rang paydo bo`ladi)

1-sxema



galogenid-ionlar (Cl, Br, I) aralashmasining analiz sxemasi

Cl, Br, I

4



1

AgNO3,

Cl2 (aqua), HNO3 (2M)




↓AgCl, ↓AgBr, ↓AgI
CHCl3


2

I2
(NH4)2CO3 (12%)



↓AgBr, ↓AgI ↓SrSO4

Cl, [Ag(NH3)2]+
Cl2 (aqua),

CHCl3




Br2, IO3




3




↓AgCl


II. TAJRIBAVIY QISM

II.1 Kerakli reaktivlar va asbob uskunalar

Reaktivlar:

Natriy xlorid, kaliy bromid, kaliy yodid, kaliy radonid, ammoniy sulfid, ;

qo`rg`oshin (II) nitrat, sulfat kislota, kaliy permanganat, xlorli suv va boshqa oksidlovchilar, kumush nitrat, natriy nitrit, kobalt (II) xlorid, temir (III) xlorid, kadmiy (II) nitrat, ammoniy gidroksid va ammoniy xlorid, natriy nitroprussid, xlorid, nitrat va sirka kislotalar.

Kerakli asbob va uskunalar: probirkalar, spirt lampasi, shtativ

Reaktivlar: AgNO3; NaCl; indikator – 5% li K2CrO4, o`lchov kolbasi, shtativ, byuretka, pipetka, tomizgich, analitik tarozi va toshlari, voronka, konussimon kolba.

Reaktivlar: AgNO3 0,05 M; NaCl ning kontrol eritmasi; 5% li K2CrO4. o`lchov kolbasi, shtativ, byuretka, pipetka, tomizgich, analitik tarozi va toshlari, voronka, konussimon kolba.


2.2 Cl- ionining sifat analizi

Cl- XLORID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush nitrat xlorid ioni bilan AgCl oq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu cho‘kma konsentrlangan ammiak, ammoniy karbonat va natriy tiosulfatda eriydi:

Cl- + Ag+ = AgCl

AgCl+ 2NH3 = [Ag(NH3)2]+ + Cl-

AgCl+ 2NH4+ + 2CO32- = [Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2HCO3-

AgCl+ 2S2O32- = [Ag(S2O3)2]3- + Cl-

Kumushning ammiakatli komplekslariga konsentrlangan nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa, AgCl oq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:



[Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2H+ = AgCl + 2NH4+

Kaliy yod ta’sirida esa bu eritmalarda AgJ sariq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:



[Ag(NH3)2]+ + J- = AgJ + 2NH3

Reaksiyani bajarish:

Probirkaga 2-3 tomchi natriy xlorid eritmasidan solib, ustiga 3-5 tomchi kumush nitratdan tomizing. Bunda oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaga 5-10 tomchi konsentrlangan ammiak eritmasi yoki ammoniy karbonatdan qo‘shing. Cho‘kmaning erishini kuzating. Keyin esa probirkadagi cho‘kmani 2 qimsga bo‘ling va birinchisiga 5 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasi, ikkinchisiga esa 5 tomchi kaliy yod eritmasidan tomizing. Bunda ikkala probirkada cho‘kmalarning hosil bo‘lishini kuzating.

2.3. Cl- ionining miqdor analizi

Cho’ktirish metodlari

Cho’ktirish usullarida titrlash ayrim qiyin eriydigan birikmalar hosil bo’ladigan reaksiyalardan foydalaniladi. Hajmiy analizning cho’ktirish usullarida foydalaniladigan reaksiyalar quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak.

1. Cho’kma amalda erimaydigan bo’lishi zarur;

2. Cho’kma yetarli darajada tez hosil bo’lishi kerak;

3. Birlashib cho’kish singari omillar analiz natijasiga ta’sir etmasligi lozim;

4.Titrlash vaqtida ekvivalent nuqtani belgilash uchun imkoniyat bo’lishi kerak.

Kumushning qiyin eriydigan tuzlarini quyidagi tenglama bo’yicha cho’ktirish reaksiyalariga asoslangan metodlar ayniqcha muhim ahamiyatga ega:

Ag+ + An = AgAn

bu yerda An – Cl; Br; I; CNS va boshqalar.

Bu reaksiyaga asoslangan metodlar hajmiy analizning argentometriya bo’limini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda, galogenlar qiyin eruvchan HgCl2 va HgI2 holida cho’ktirish orqali ham aniqlanadi. Bu metod merkurometriya deb ataladi.



Argentometriya

Argentometriya usuli xlorid va bromid ionlarini kumush ionlari bilan cho’ktirish reaksiyalariga asoslangan. Bunda qiyin eriydigan kumush galogenidlar hosil bo’ladi: Ag+ + Cl = AgCl↓; Ag+ + Br = AgBr↓

Bu metodda ishchi eritma sifatida AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Agar biror eritma tarkibidagi kumush ioni miqdori aniqlanayotgan bo’lsa, ishchi eritma sifatida NaCl (yoki KCl) ning titrlangan eritmasi ishlatiladi.
AgNO3 ning titrlangan ishchi eritmasini tayyorlash

1. AgNO3 ning standart eritmasini tayyorlash. Ish uchun 250 ml 0,05 M AgNO3 yetarli. Kumush nitrat tarkibida ba’zi bir qo’shimchalar bo’lgani uchun uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi. So’ngra uning aniq ekvivalent molyar konsentratsiyasi va titri kimyoviy toza NaCl (yoki KCl) yordamida aniqlanadi. AgNO3 ning ekvivalent molyar massasi 169,89 g ga teng.

Tortimning massasini hisoblaymiz:



Texno-kimyoviy tarozida hisoblanganiga yaqin tortim olinadi va sig’imi 250 ml li o’lchov kolbasiga solinadi, kolbaning 3/4 qismiga qadar distillangan suv quyib to’liq eritiladi. Eritma to’q-qoramtir rangli shisha idishda saqlanadi (yoki qora qog’oz bilan o’ralgan kolbada), chunki kumush nitrat yorug’lik ta’sirida parchalanib erkin kumush hosil qiladi.



2. NaCl ning standart eritmasini tayyorlash. Eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NaCl (yoki KCl) tuzidan foydalaniladi. NaCl ning ekvivalent molyar massasi uning molyar massasiga, ya’ni 58,44 g ga teng. 100 ml 0,05 M eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan NaCl tortimining massasi:

Analitik tarozida hisoblanganiga yaqin tortim oling, uni sig’imi 100 ml li o’lchov kolbasiga o’tkazing, eriting, kolbaning belgisiga qadar distillangan suv bilan to’ldiring. Tayyorlangan standart eritmaning titri va ekvivalent molyar konsentratsiyasini hisoblang.



3. AgNO3 eritmasining ekvivalent molyar konsentratsiyasi va titrini aniqlash. Tozalab yuvilgan byuretka kumush nitrat eritmasi bilan chayib tashlanadi, shundan so’ng unga AgNO3 eritmasi to’ldiriladi va byuretka titrlash uchun tayyorlanadi. Sig’imi 10 ml bo’lgan toza pipetka natriy xlorid eritmasi bilan chayib tashlanadi va NaCl eritmasidan 10,00 ml o’lchab olib konussimon kolbaga solinadi, so’ngra 2-3 tomchi (0,5 ml) K2CrO4eritmasi qo’shiladi. Ana shundan so’ng aralashmaning sariq rangi kumush nitratning ortiqcha bitta tomchisidan qizil-qo’ng’ir rangga o’tguncha titrlanadi. AgNO3 eritmasining oxirgi tomchilari sekin, suyuqlikni qattiq chayqatib turgan holda qo’shiladi. Titrlash 3 marta takrorlanadi va hisoblash uchun AgNO3 eritmasi hajmining o’rtacha arifmetik qiymati olinadi.
Eritmadagi osh tuzi miqdorini aniqlash( Mor usuli)

O’qituvchidan kontrol vazifa sifatida 100 ml sig’imli o’lchov kolbasida olingan osh tuzi eritmasining hajmi distillangan suv bilan kolbaning belgisigacha yetkaziladi. Kolba probka bilan berkitilib, yaxshilab aralashtiriladi. Pipetka yordamida kontrol eritmadan 10,00 ml olib konussimon kolbaga solib, so’ngra 0,5 ml K2CrO4 qo’shing. Kumush nitratning ishchi eritmasi bilan aralashmaning sariq rangi qizil-qo’ng’ir tusga o’tguncha titrlang. Titrlashni 3 marta takrorlang va hisoblash uchun AgNO3 eritmasi hajmining o’rtacha arifmetik qiymatini oling. Natijalarni ish jurnaliga namunadagidek yozing.


Cho’ktirish metodi. Argentometriya hisoboti
1. 100 ml 0,005 M NaCl eritmasini tayyorlash.

Soat oynasining NaCl bilan massasi 12,5692 g

Soat oynasining massasi 12,2756 g

NaCl ning tortimi 0,2936 g



2. NaCl eritmasining titrini hisoblash:


3. NaCl eritmasining ekvivalent molyar konsentratsiyasini hisoblash:

4. AgNO3 eritmasining ekvivalent molyar konsentratsiyasini va titrini aniqlash.



Titr-lash

V (NaCl),

ml


C (NaCl)

mol/l


V (AgNO3)

ml


C (AgNO3)

mol/l


T (AgNO3), g/ml

Indikator

5% li K2CrO4



1.

2.

3.



10,00

10,00


10,00

0,05023

0,05023


0,05023








0,5

0,5


0,5









=













; C(AgNO3)amal = KC(AgNO3)nazar

5. 100 ml eritmadagi NaCl massasini aniqlash



Titr-lash

V (NaCl),

ml


C(AgNO3)

ml


V (AgNO3)

Ml


C (NaCl)

mol/l


M (AgNO3), g

ω (NaCl)

%


Indikator

5% li K2CrO4




1.

2.

3.



10,00

10,00


10,00

0,4896

0,4896


0,4896









0,5

0,5


0,5









=

















1-usul. 100 ml eritmadagi NaCl massasini hisoblaymiz:





2 usul. T (AgNO3/NaCl) ni hisoblaymiz



100 ml eritmadagi NaCl massasini hisoblaymiz:



m (NaCl) = T (AgNO3/NaCl)· ( AgNO3)·10 g

C(NaCl)amal = KC(NaCl)nazar



2.2 Cl- ionining sifat analizi hisoboti.

Cl- XLORID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI

Kumush nitrat bilan reaksiyasi.

Probirkaga 2-3 tomchi natriy xlorid eritmasidan olinib, ustiga 3-5 tomchi kumush nitratdan tomizildi. Bunda oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzatdik. Cho‘kmaga 5-10 tomchi konsentrlangan ammiak eritmasi yoki ammoniy karbonatdan qo’shilganida,cho‘kmaning erishini kuzatildi. Keyin esa probirkadagi cho‘kmani 2 qimsga bo’linib, birinchisiga 5 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasi, ikkinchisiga esa 5 tomchi kaliy yod eritmasidan tomizildi. Bunda ikkala probirkada cho‘kmalarning hosil bo‘lishini kuzatdik.

Kumush nitrat xlorid ioni bilan AgCl oq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu cho‘kma konsentrlangan ammiak, ammoniy karbonat va natriy tiosulfatda eriydi:

Cl- + Ag+ = AgCl

AgCl+ 2NH3 = [Ag(NH3)2]+ + Cl-

AgCl+ 2NH4+ + 2CO32- = [Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2HCO3-

AgCl+ 2S2O32- = [Ag(S2O3)2]3- + Cl-

Kumushning ammiakatli komplekslariga konsentrlangan nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa, AgCl oq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:



[Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2H+ = AgCl + 2NH4+

Kaliy yod ta’sirida esa bu eritmalarda AgJ sariq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:



[Ag(NH3)2]+ + J- = AgJ + 2NH3

2.3. Cl- ionining miqdor analizi hisoboti

Argentometriya

Argentometriya usuli xlorid va bromid ionlarini kumush ionlari bilan cho’ktirish reaksiyalariga asoslangan. Bunda qiyin eriydigan kumush galogenidlar hosil bo’ladi: Ag+ + Cl = AgCl↓; Ag+ + Br = AgBr↓

Bu metodda ishchi eritma sifatida AgNO3 eritmasi ishlatildi. Agar biror eritma tarkibidagi kumush ioni miqdori aniqlanayotgan bo’lsa, ishchi eritma sifatida NaCl (yoki KCl) ning titrlangan eritmasi ishlatiladi.

AgNO3 ning titrlangan ishchi eritmasini tayyorlash

1. AgNO3 ning standart eritmasini tayyorlash. Ish uchun 250 ml 0,05 M AgNO3 yetarli. Kumush nitrat tarkibida ba’zi bir qo’shimchalar bo’lgani uchun uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlandi. So’ngra uning aniq ekvivalent molyar konsentratsiyasi va titri kimyoviy toza NaCl yordamida aniqlandi. AgNO3 ning ekvivalent molyar massasi 169,89 g ga teng.

Tortimning massasini hisoblaymiz:



Texno-kimyoviy tarozida hisoblanganiga yaqin tortim olindi va sig’imi 250 ml li o’lchov kolbasiga solindi, kolbaning 3/4 qismiga qadar distillangan suv quyib to’liq eritildi. Eritma to’q-qoramtir rangli shisha idishda saqlanadi (yoki qora qog’oz bilan o’ralgan kolbada), chunki kumush nitrat yorug’lik ta’sirida parchalanib erkin kumush hosil qiladi.



2. NaCl ning standart eritmasini tayyorlash. Eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NaCl tuzidan foydalanildi. NaCl ning ekvivalent molyar massasi uning molyar massasiga, ya’ni 58,44 g ga teng. 100 ml 0,05 M eritma tayyorlash uchun kerak bo’ladigan NaCl tortimining massasi:

Analitik tarozida hisoblanganiga yaqin tortim olindi, uni sig’imi 100 ml li o’lchov kolbasiga o’tkazib, eritildi, kolbaning belgisiga qadar distillangan suv bilan to’ldiridi. Tayyorlangan standart eritmaning titri va ekvivalent molyar konsentratsiyasini hisoblandi



3. AgNO3 eritmasining ekvivalent molyar konsentratsiyasi va titrini aniqlash. Tozalab yuvilgan byuretka kumush nitrat eritmasi bilan chayib tashlandi, shundan so’ng unga AgNO3 eritmasi bilan to’ldirildi va byuretka titrlash uchun tayyorlandi. Sig’imi 10 ml bo’lgan toza pipetka natriy xlorid eritmasi bilan chayib tashlandi va NaCl eritmasidan 10,00 ml o’lchab olib konussimon kolbaga solindi, so’ngra 2-3 tomchi (0,5 ml) K2CrO4 eritmasi qo’shildi. Ana shundan so’ng aralashmaning sariq rangi kumush nitratning ortiqcha bitta tomchisidan qizil-qo’ng’ir rangga o’tguncha titrlandi. AgNO3 eritmasining oxirgi tomchilari sekin, suyuqlikni qattiq chayqatib turgan holda qo’shiladi. Titrlash 3 marta takrorlandi va hisoblash uchun AgNO3 eritmasi hajmining o’rtacha arifmetik qiymati olindi.
Cho’ktirish metodi. Argentometriya hisoboti

1. 100 ml 0,005 M NaCl eritmasini tayyorlash.

Soat oynasining NaCl bilan massasi 12,5681 g

Soat oynasining massasi 12,2757 g

NaCl ning tortimi 0,2924 g

2. NaCl eritmasining titrini hisoblash:



3. NaCl eritmasining ekvivalent molyar konsentratsiyasini hisoblash:



4. AgNO3 eritmasining ekvivalent molyar konsentratsiyasini va titrini aniqlash.



Titr-lash

V (NaCl),

Ml


C (NaCl)

mol/l


V (AgNO3)

Ml


C (AgNO3)

mol/l


T (AgNO3), g/ml

Indikator

5% li K2CrO4



1.

2.

3.



10,00

10,00


10,00

0,05003

0,05003


0,05003

9,9

10

9,9



0,0504

0,00856



0,5

0,5


0,5









=9,93















; C(AgNO3)amal = KC(AgNO3)nazar=1,008*0,05=0,0504



Eritmadagi osh tuzi miqdorini aniqlash( Mor usuli)

O’qituvchidan kontrol vazifa sifatida 100 ml sig’imli o’lchov kolbasida olingan osh tuzi eritmasining hajmi distillangan suv bilan kolbaning belgisigacha yetkazildi. Kolba probka bilan berkitilib, yaxshilab aralashtirildi. Pipetka yordamida nazorat eritmadan 10,00 ml olib konussimon kolbaga solib, so’ngra 0,5 ml K2CrO4 eritmasi qo’shidi. Kumush nitratning ishchi eritmasi bilan aralashmaning sariq rangi qizil-qo’ng’ir tusga o’tguncha titrlandi. Titrlashni 3 marta takrorlandi va hisoblash uchun AgNO3 eritmasi hajmining o’rtacha arifmetik qiymatini olindi.

5. 100 ml eritmadagi NaCl massasini aniqlash


Titr-lash

V (NaCl),

ml


C(AgNO3)

ml


V (AgNO3)

Ml


C (NaCl)

mol/l


M (AgNO3), g

ω (NaCl)

%


Indikator

5% li K2CrO4




1.

2.

3.



10,00

10,00


10,00

0,0504

0,0504


0,0504

10,2

10,3


10,2

0,0492

169,89


0,984



0,5

0,5


0,5









=10,23





0,0492

169,89

0,984





1-usul. 100 ml eritmadagi NaCl massasini hisoblaymiz:



2 usul. T (AgNO3/NaCl) ni hisoblaymiz



100 ml eritmadagi NaCl massasini hisoblaymiz:



m (NaCl) = T (AgNO3/NaCl)· ( AgNO3)·10 g=0,00294*10=0,0294

C(NaCl)amal = KC(NaCl)nazar=0,984*0,05=0,0492
XULOSA

Olingan natijalarga asosan quyidagi xulosalarga kelindi:

1.Ikkinchi analitik guruhiga kislorodsiz kislotalarning anionlari: xlorid–Cl-, bromid-Br-, yodid– I- , va sulfid–S2- anionlari kiradi. Bundan tashqari rodanid-CNS-, ferrotsianid ion– [Fe(CN)]4-, ferritsianid ion– [Fe(CN)]3-, tsianid ion-SN-, bromat ion – BrO3- yodat ion – IO3-, gipoxlorit ion – ClO- ham 2-guruh anionlariga kiradi.

2.Ikkinchi guruh anionlarining kumush bilan hosil qilgan tuzlari suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydi. Ikkinchi guruh anionlariga nitrat kislota qo`shilgan AgNO3 kumush nitrat eritmasi guruh reaktividir.

3.Birinchi guruh anionlarining ko`pchiligi ham kumush nitrat bilan suvda erimaydigan tuzlar hosil qiladi, lekin ularning hammasi nitrat kislotada eriydi va ikkinchi guruh anionlarini topishga halaqit bermaydi. Ikkinchi guruh anionlarining bariyli tuzlari birinchi guruh anionlarining tuzlaridan farqli o`laroq suvda eriydi, shuning uchun bariy xlorid ikkinchi guruh anionlari bilan cho`kma hosil qilmaydi. Ikkinchi guruh anionlariga yuqoridagi ko`rsatilgan anionlardan tashqari, selenid – Se2-, tellurid –Te2- , nitrid – N3- , arsenid – As3-, kabi anionlar ham kiradi.

4. Xlorid ioni sifat analizi natijalari hisoblandi. Miqdoriy analiz natijalari Mor usulida topildi. Namunadagi tuzning tozaligi 0,984 yoki 98,4% ligi aniqlandi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I.A. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” Toshkent “O’zbekiston” 2009.



  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” NMIU, 2017.-488b

  2. Fayzullaev O. Analitik kimyo asoslari. Toshkent, A.Qodiriy nashriyoti. 2003, 444 b.

  3. Fayzullaev O. Analitik kimyo. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2006, 488 b.

  4. Fayzullaev O. Turabov N., Ro’ziev E., Quvatov A., Muhamadiev N. Analitik kimyo. Laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2006, 448 b.

  5. Vasilev V.P. Analiticheskaya ximiya. M.: Vыsshaya shkola, 1989, V 2 kn.

  6. Pilipenko A.T., Pyatniskiy I.V. Analiticheskaya ximiya. V 2 t. M.: Ximiya 1990

  7. Vasilev V.P. Analiticheskaya ximiya. M.: Vыsshaya shkola, 1989, V 2 kn.

  8. Pilipenko A.T., Pyatniskiy I.V. Analiticheskaya ximiya. V 2 t. M.: Ximiya 1990

  9. Download 161.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling