Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Download 45.94 Kb.
bet6/8
Sana22.02.2023
Hajmi45.94 Kb.
#1221067
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy ingliz she\'riyati

AFRIKADA XALOK BO‘LGAN HINDLARGA
Odamniig takdiri – o‘zining jonajon qishlog‘ida
Uyi-o‘lan to‘shagida, xotin bergan rizqin yeb;
Kunbotar pallasida, cho‘kib zinapoyaga
Nabiralari va qo‘shni nabiralariga boqqan nigohlarida,
Hovlida chug‘urlashib o‘rtoq-o‘rtoq o‘ynashar.
Chandig‘i ko‘p, lek beziyon bo‘lgan odamning
Bisyor bo‘lar suhbat chog‘i uyg‘onguvchi xotiralari
(Salqin chog‘mi va yoki iliq — bu tomoni iqlimga bog‘liq)
Begonalar haqida, begona yo o‘rtoq bo‘lishib
O‘zga yerda qanday jang qilganlari.
Yo‘q, aslo aniq emas odamzotning qismati,
Bir odamga Vatan bo‘lar har qanday yurt
Boshqaga begona. Ammo qayda o‘lsang mardlarcha,
Peshonangga yozgani shu, endi o‘sha yerliksan.
O‘sha qishloq — sening qishlog‘ing.
O‘sha zamin sizniki ham, bizniki emas edi –
ammo bizning Midlendda
Va sizning Beshdaryoda qabriston bir xil.
Uyiga kaytganlar siz hakda ham bir xil so‘zlasin, mayli
Ulug‘ maqsad yo‘lidagi harakatlar haqida,
O‘sha samaralar haqida birday sizga ham, bizga ham
Anglamoq yo‘q toki Mahsharga qadar
Xarakatlar samarasi o‘zi ne ekanin.

Paskal Peti (1953)


Paskal Peti (Pascale Petit) Parijda tug‘ilgan, bolalik va yoshlik yillari Frantsiyada va Uelsda kechgan. Hozir Londonda yashaydi. Uning uchta to‘plami va ikkita she’riy pamfletlari chop etilgan. 2004 yilda u Kelajak shoirasi deb tan olingan. Uning ikki to‘plami “Hayvonot bog‘i asoschisi” (Seren, 2001), “Ovchi ayol” (Seren, 2005) T.S. Eliot mukofotiga loyiq ko‘rilgan va “Times Literary Supplement” nashrida “Yil kitoblari” deb e’tirof etilgan. “Hayvonot bog‘i asoschisi” Badiiy kengashning Ingliz yozuvchilari mukofotiga , shuningdek, Yangi London yozuvchilari mukofotiga sazovor bo‘lgan.11U ilk marotaba nashr etilgan she’riyat maktabi antologiyasining muharrirlaridan biri hisoblanadi. Royal San’at kollejida haykaltaroshlikdan saboq olgan. Paskal “London poeziyasi”ning muharriri hamda hammuallifi sanaladi va ushbu nashrda 1989 yildan 2005 yilgacha she’riyat bo‘limi muharriri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Uning she’rlari bir necha marta Bi-bi-si radiosining dasturlarida yangragan, Buyuk Britaniya, AQSh va Avstraliyada chop etiladigan Poetry Review, Modern Poetry in Translation, American Poetry Review, Kenyon Review, Poetry Wales va Quadrant kabi ko‘plab jurnallarda e’lon qilingan.
Uning she’rlari xitoy, litva, fors, portugal, ispan, nemis, dat va rumin tillariga tarjima qilingan. “Hayvonot bog‘i asoschisi” asarining ikki tildagi, ya’ni ispan va ingliz tillaridagi nashri Mexikoda chop etilgan.
She’rlari o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilinmoqda.

Download 45.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling