Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o
Zamonaviy ingliz she’riyati namoyondalari
Download 45.94 Kb.
|
Zamonaviy ingliz she\'riyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUN DARSLIGI
3.Zamonaviy ingliz she’riyati namoyondalari
Sharlotta Bronte (1816-1855) Sharlotta Bronte (Charlotte Brontë) atoqli ingliz yozuvchisi hamda shoirasi, o‘smirlik chog‘idanoq adabiyotga dadil qadamlar bilan kirib kelib, ingliz adabiyotida yaratgan durdona romanlari tufayli dovruq qozongan mashhur opa-singil Brontelarning eng to‘ng‘ichidir. Sh.Brontening Kurrer Bell taxallusi ostida yaratgan “Jeyn Eyr” nomli romani yozuvchi nomini butun dunyoga tanitgan eng shoh asari hisoblanadi. 1849 yili “Sherli” nomli kitobi dunyo yuzini ko‘rgach, adabiy jamoatchilikda erkakcha “Karrer Bell” taxallusi bilan oddiygina o‘qituvchi ayol ijod qilayotgani haqida mish-mishlar tarqaladi va Sharlotta adabiy davralarda mashhur bo‘lib ketadi. 1853 yili “Villett” romanining chop etilishi xalq orasida uning obro‘sini yanada oshiradi. Brontelar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Merkuriydagi kraterga ularning nomi berilgan. TUN DARSLIGI O, inson yuragi, inson yuragi, Sen buncha betizgin, abadiy jumboq. Xayolu umidi, orzu istagi – Qadimdan olamga javobsiz so‘roq. Kunlari o‘tsa-da kulguga lim-lim, Tunlari boshlanar vijdonda isyon: “O, inson, sen nahot boylik tufayli O‘tgan kunlaringni unutmoqchisan?” Kechalar shundayin berahm hakam, Oromin o‘g‘irlar havoyi qalbning. Sodiq qushchalarday hislar bo‘lib jam – Yurakka yog‘ilib kelishar keyin. Keyin dil to‘kilar, hasrat to‘kilar, Dard g‘anim bo‘lmagay ko‘ngilga hech vaqt. Tunlari vijdonga azob yog‘ilar, Tunlari ko‘zlardan quyiladi dard. Tuyg‘ular, qayg‘ular jo‘sh urar shiddat, Xotirga tushadir insof, diyonat. Nahot oniylik bir lazzat etib zabt Inson o‘z qalbiga etsa xiyonat… O! Ko‘ngil yarador, ko‘ngil qon to‘kar, Axir u yaralgan edi-ku oppoq! Ko‘mib borar uni tumanli yillar, Og‘ir, juda og‘ir endi yashamoq! Endi yurakning bir hamrohi xilol, Unsiz kechalar va g‘arib yolg‘izlik. Valek tun solmagay ko‘ngilga malol, Va chekinib borar shum umidsizlik. Faqat ko‘ngilning eng chuqur yerida Xo‘rsinib yashaydir yagona niyat. Faqat tunlarimas, endi har onda Odamday yashasin bor Insoniyat! Download 45.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling