Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti filologiya va tillarni o


Download 45.94 Kb.
bet5/8
Sana22.02.2023
Hajmi45.94 Kb.
#1221067
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy ingliz she\'riyati

Uilyam Bleyk (1757-1827)


Uilyam Bleyk (William Blake; 28 noyabr 1757, London — 12 avgust 1827, London) — ingliz shoiri va rassom.
Daqiqada mangulik shoyon,
Ulkan dunyo — qumning zarrasi.
Cheksizlik — bir hovuchdir, ayon,
Osmon — misli gulning kosasi.
QILICh VA O‘ROQ
Qilich so‘ylar jangda o‘limdan har dam,
O‘roq so‘ylar hayot, mangu o‘choqdan.
Ammo qilich qancha qahhor bo‘lsa ham
Ustun kelolmagan hech vaqt o‘roqdan.

Tomas Eliot (1888-1965)


Shoir, dramaturg va adabiy tanqidchi — Tomas Sternz Eliot (Thomas Stearns Eliot) she’riyatda modernizm oqimining yirik vakillaridan biridir. U 1888 yil 26 sentyabrda Sent-Luis (AQSh) shahrida badavlat va martabali lrotestantlar oilasida dunyoga keldi. Uning bobosi cherkov qurgan va universitet kollejiga asos solgan, o‘z davrining ma’rifatlarvar ruhoniylaridan edi. Otasi ishlab chiqarish komlaniyasining lrezidenti, onasi adabiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Eliotlar xonadonidagi an’analar: e’tiqodlilik, talabchanlik, odob-axloq me’yorlariga, o‘z xatti-harakatlariga mas’ullik tuyg‘ularining shakllanishi bo‘lajak adibga katta ta’sir o‘tkazgan. Yangi Angliyaning puritanlarga xos qat’iy tamoyillari va o‘z burchiga sadoqat, e’tiqodga sodiqlik yillar davomida yosh Eliotning hayotiy yo‘lini belgilab berdi. Ayni vaqtda u muhtaram ota-bobolari yo‘lidan boshqa so‘qmoqlarga ham o‘tib ketganini, ammo o‘z yo‘lini topa olganligini ta’kidlash joiz.
1910 yilda Garvard universitetini to‘rt yillik tahsilini uch yilda tamomlab, ikkinchi vatani bo‘lib qolgan Yevropaga yo‘l oldi. Bu davrda u falsafa, din va ma’lum tarixiy davrlar (Italyan tiklanish davri, Yelizaveta davridagi Angliya va XVII asr) ga bo‘lgan qiziqishlari ortgan edi. Eliotning ilk to‘plamlariga burjua jamiyatining soxtaliklari, shaharning shovqin-suronli hayotida inson shaxsining yemirilishi haqidagi fojeaviy she’rlar xos bo‘ldi. Chinakam puritanlar avlodi sifatida u muntazam ibodat,intizom va tinimsiz mehnat bilan oldidagi mashaqqatli to‘siqlarni yengib o‘tdi.
Bo‘lguvchi avangard shoir o‘z zamoni adabiyot maydoniga isyon bilan kirib keldi. Uning jodidagi asosiy mavzu — ruh inqirozi bo‘ldi. Eliot o‘sha davrda moddiy qadriyatlarga ruju qo‘ygan insoniyatning Xudo tomonidan berilgan ilohiy ne’matlarni mensimasligini tanqid qilish, dahriylikni qoralash g‘oyalariga suyandi.
Uning ilk she’rlari 1916 yilda Amerikaning “Littl revyu” jurnalida chol etildi.Birinchi jahon urushi davrida adabiyotda muntazam ravishda yangi she’riy yo‘llarni ochishga intildi. Bu yillarda yaratilgan ko‘plab asarlari uning ruhiy va ijodiy yo‘lini qat’iy belgilab olganligidan dalolat berardi. 10Masalan, “Xoval odamlar” (1925) she’rlar turkumi Eliotga “umidsiz shoir”degan laqab keltirdi. “Alfred Prufrokning sevgi qo‘shig‘i” (1917) to‘llamiga esa ijodining ilk bosqichida yaratilgan, zamondoshlari tomonidan anglo-amerika modernizmining manifesti sifatida e’tirof etilgan she’rlari kiritilgandi. 1919 yilda uning “She’rlar” kitobi chol etildi.1922 yilda Eliotning Injil vaDanteona ruhdagi satrlari jamlangan, urushdan keyingi yillarning “Yo‘qotilgan avlod”i qarashlarini mujassam etgan “Hosilsiz yer” poemasini e’lon etdi. Bu yillarga kelib Eliot adabiyotshunos, tanqidchi sifatida ham shuhrat qozondi. 1920 yilda uning estetik qarashlari jamlangan “Muqaddas o‘rmon”to‘plami nashr qilindi. Unda Eliot unutilayozgan Jon Donne, shuningdek, “metafizik shoirlar» Endryu Marvell va Jon Zebster kabi ingliz adabiyotining namoyandalarini yuqori baholab, zamondoshlarining yodiga solishga intildi.
1927 yilda T.Eliot Buyuk Britaniya fuqaroligiga qabul qilindi. Taraqqiyotining burjua-kalitalistik yo‘lini rad etgan holda, Eliot ruhiy jihatdan nasroniylikning ixloqiy me’yorlariga amal qilishni (“Kul bosgan muhit”, 1930), ibtidoiy diniy e’tiqodga qaytishni targ‘ib etdi, ijodini konservatizm tomon yo‘naltirdi Shuningdek u tarjimon sifatida frantsuz shoiri Sen Jon Persning “Anabasis” poemasini ingliz tiliga o‘girdi. Ijodining so‘nggi bosqichlarida (“To‘rt kvartet”, 1943) baqo va fano, avlodlarning ruhiy rishtalari mavzulariga muntazam murojaat etib turdi.
Eliot yuksak tafakkur shoir edi, uning asarlari zamondosh ijodkorlarning ijodidan tubdan farqlanadi. Shoir o‘z ijodida murakkablikni maqsad qilib olmadi, balki bu murakkablik uning anglangan va hal etilgan muammolarining serqirraligi bilan belgilanadi.
1948 yilda “Zamonaviy poeziyaga qo‘shgan katta novatorlik hissasi uchun” Eliotga Nobel mukofoti berildi. 1948 yilda Britaniyaning Xizmatlari uchun ordeni, 1954 yilda frantsuzlarning Faxriy legion ordeni va olmonlarning Ganzey ittifoqi ta’sis etgan etgan mukofoti bilan taqdirlandi.Tomas Eliot 1965 yil 4 yanvarda Londonda vafot etdi va Vestminster abbatligiga qarashli Ist-Koker hududida — Somerset qishlog‘ida dafn etildi. Xuddi shu yerdan bobosi Endryu Eliot XVII asr o‘rtalarida Amerikaga yo‘l olgan edi…

Download 45.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling